Radiojunalist nutqining uslubiy xususiyatlari” 5А120102-Lingvistika: o’zbek tili mutaxassisligi


II BOB. RADIOJURNALIST NUTQINING LINGVISTIK TAMOYILLARI


Download 156.61 Kb.
bet9/12
Sana16.06.2023
Hajmi156.61 Kb.
#1500192
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
Qobilova M. Magistrlik dissertatsiyasi

II BOB. RADIOJURNALIST NUTQINING LINGVISTIK TAMOYILLARI

Lingvistika” so’zining lug’aviy ma’nosi fransuzchadan “til haqidagi fan”, “til bilimi” ma’nolarini anglatadi. Shundan kelib chiqib aytish mumkinki, radiojurnalist nutqining lingvistik xususiyatlari nafaqat nutq talablari balki radioning texnik imkoniyatlariga ham chambarchas bog’liq. Albatta radiomatn ravon, qiziqarli va kerakli bo’lsa u tinglovchini o’zig jalb etadi. Uning mana shu xususiyati esa musiqa, turli shivqinlar orqali yanada oshirish mumkin. Radioda jurnalist va albatta radiomatn ravon, qiziqarli va kerakli bo’lsa u tinglovchini o’ziga jalb etadi. Uning ana shu xususiyatini esa musiqa, turli shivqinlar orqali yanada oshirish mumkin. Radioda journalist va boshlovchi xuddi she’riyatdagidek so’z va gapdagi urg’uni to’g’ri qo’llash, ohangda jozibadorlikni ta’minlash vositasida tinglovchini maftun eta oladilar. Shu boisdan ham, radio tili va uslubi doimo barcha ommaviy axborot vositalari hodimlari uchun namuna sifatida xizmat qilgan. Unda nutqiy munosabatning erkinligi, o’ziga xosligi, tasviriy ifodadan mustasno holatda aniq, ravshan, obrazlilik kabi xususiyatlar mujassam. “radio tilining aniqligi tinglovchi hayolida ma’lum bir manzarani hosil qiluvchi o’ziga xos tarzda qurilgan matn belgilaydi”28.


Ommaviy axborot vositalarining boshqa shakllari singari texnik vositalar, axborot uzatish, auditoriya bilan aloqa o’rnatish imkoniyatlari kabi omillar ta’sirida shakllangan radioning o’ziga xos tili orqali efir boshlovchisi o’z faoliyatini yuritadi. Dastur boshlovchisining axborot mazmunini va ifoda shaklini aloqa vaziyati mazonlariga muvofiqlashtirish, andozalilik va ta’sirchanlik, umumiylik va shaxsiylik tamoyillari asosida fikr ifodalashni uyg’unlashtirishi gazeta, jurnal, televideniyadan farq qiladi. Chunki axborotni qayta ishlash, uni matniy ifodaga ko’chirishdagi nutqiy vositalarni tanlash biriktirish, auditoriya bilan aloqa o’rnatish omillarida ma’lum talablar mavjud. Aynan mana shu o’ziga xoslik eshittirish ijodkorining shaxsiy ijodiy asoslari bir butunligi nisbatini ham vujudga keltiradi. Muloqotning ommaviyligi, aniqligi, dalillarga asoslanganligi, xabar qilish usulidagi xoslik aqliy vahissiy asoslar nisbatiga ta’sir qiladi. Shunday ekan, radioboshlovchi o’z uslubida til vositalarini, nutq usullarini muloqotning noverbal ahtiyoji talablariga muvofiqlashuvi bilan uyg’unlashtirilishidagi xususiyatlardan farqli qonuniyatlarni qaror toptirgan.



    1. Download 156.61 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling