Rahmonov Rizvan Chaqiriqqa qadar boshlang’ich tayyorgarlik va uni


DOKTRINANING HARBIY-STRATEGIK JIHATLARI


Download 226.56 Kb.
bet15/24
Sana18.06.2023
Hajmi226.56 Kb.
#1555603
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24
Bog'liq
Rahmonov R Kкурс ишини бажариш намуна new 1

DOKTRINANING HARBIY-STRATEGIK JIHATLARI
1. Zamonaviy harbiy mojarolarning xususiyati
13. Xalqaro harbiy-siyosiy vaziyat beqaror rivojlanayotgan sharoitlarda O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligiga turli ko‘rinishdagi harbiy mojarolarga uning jalb etilishi ehtimolini istisno etmaydigan tahdidlar saqlanib qolmoqda.
14. Zamonaviy harbiy mojarolarning o‘ziga xos bo‘lgan asosiy xususiyatlari quyidagilardan iborat:
ziddiyatlarni hal etish uchun harbiy kuch ishlatish zarurligi to‘g‘risidagi siyosiy vajlarni va xalqaro jamoatchilik fikrini shakllantirish uchun oldindan axborot-psixologik ta’sir ko‘rsatish;
harbiy kuch bilan bir qatorda noharbiy tusdagi (siyosiy, iqtisodiy, axborot-psixologik va boshqa) chora-tadbirlardan faol foydalanish;
yuqori aniqlikka ega qurollarni, radioelektron kurash vositalarini, uchuvchisiz uchish apparatlarini va robotlashtirilgan komplekslarni, tarmoqli avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlarini qo‘llash;
qarshi kurashayotgan tomonlarning butun hududida obyektlarning aniq nuqtalarini nishonga urishga qodirlik;
qo‘shinlar turkumlarining yuksak darajada harakatchanligi va yetarli darajadaligi;
maxsus operatsiya kuchlarining, noqonuniy qurolli tuzilmalarning, xususiy harbiy kompaniyalar va boshqa yollanma shaxslarning kurash olib borishning qo‘poruvchilik hamda terrorchilik usullaridan foydalanib harbiy mojarolarda faol ishtirok etishi;
mahalliy aholining harbiy mojarolarga keng jalb etilishi va o‘ta zaifligi;
vayron qilinishi keng ko‘lamli favqulodda vaziyatlarni, shu jumladan transchegaraviy favqulodda vaziyatlarni keltirib chiqarishi mumkin bo‘lgan muhim davlat infratuzilmasi obyektlariga aniq yo‘naltirilgan holda zarba berish (faoliyat ko‘rsatishini buzish);
bir shakldagi harbiy mojaroning tez orada boshqa shakldagisiga o‘zgarishi ehtimolining yuqoriligi.
2. Mamlakatni ehtimol tutilgan harbiy mojarolarga tayyorlashning asosiy yo‘nalishlari
15. Harbiy sohada O‘zbekiston Respublikasining milliy xavfsizligini ta’minlash davlatning bosh vazifalaridan biridir va u ehtimol tutilgan harbiy mojarolarga oldindan tayyorgarlik ko‘rishdan, ularni jilovlash hamda ularning oldini olishdan iboratdir.
16. Mamlakatni ehtimol tutilgan harbiy mojarolarga tayyorlashning asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
mudofaa vazifalarini hal etish uchun harbiy tashkilotning barcha tarkibiy qismlari muvofiqlashtirilishini va o‘zaro hamkorlikda ishlashini ta’minlash;
harbiy-siyosiy vaziyatning rivojlanish tendensiyalarini monitoring va prognoz qilish hamda milliy xavfsizlikka harbiy sohadagi tahdidlarni neytrallashtirish borasida o‘z vaqtida monand chora-tadbirlar ko‘rish;
mudofaa vazifalarini hal etish uchun qulay siyosiy va iqtisodiy shart-sharoitlarni saqlab turishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish;
mamlakatning safarbarlik tayyorgarligi, hududni tezkor jihozlash va harbiy infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish;
davlat harbiy tashkilotini mamlakatning iqtisodiy imkoniyatlariga muvofiq mudofaa vazifalarini samarali hal etishni ta’minlaydigan tarzda rejali rivojlantirish;
O‘zbekiston Respublikasining Davlat chegarasini himoya qilish va qo‘riqlash tizimini takomillashtirish;
muhim davlat (harbiy) obyektlarini qo‘riqlash va mudofaa qilish tizimini takomillashtirishga doir kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish;
hududiy mudofaa va fuqaro muhofazasi tizimlari ishining samaradorligini oshirish;
axborot xavfsizligi tizimini shakllantirish, axborot yordamida faol kurashish shakllari, usullari va vositalarini ishlab chiqish;
davlat harbiy tashkilotining boshqaruv tizimiga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish;
Qurolli Kuchlarga vazifalarni o‘z vaqtida qo‘yish va aniqlashtirish, ularning harakatlarini moddiy-texnikaviy jihatdan har tomonlama ta’minlash;
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalash va ularda Vatan taqdiri uchun javobgarlik tuyg‘usini mustahkamlash borasida uzluksiz ish olib borish, shuningdek Qurolli Kuchlarning shaxsiy tarkibini ma’naviy-axloqiy va psixologik jihatdan samarali tayyorlash.

Download 226.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling