6-modda. Qurolli Kuchlar
Qurolli Kuchlar urushlar va qurolli mojarolarni qaytarish hamda oldini olish, O‘zbekiston Respublikasining milliy manfaatlarini, suvereniteti, hududiy yaxlitligini hamda aholining tinch hayotini himoya qilish uchun davlat tomonidan tashkil etilgan va saqlab turilgan harbiy birlashmalar, qo‘shilmalar va qismlarni, shuningdek boshqa harbiy tuzilmalarni o‘z ichiga oladi.
Qurolli Kuchlar o‘z faoliyatini qonun ustunligi, markazlashgan rahbarlik va yakkaboshchilik, jangovar va safarbarlik borasida doimiy shaylik hamda harbiy intizomga rioya etish asosida quradi va amalga oshiradi.
Harbiy obyektlar, binolar va inshootlar, qurol-yarog‘, harbiy texnikaning barcha turlari, boshqa harbiy mol-mulklar davlat mulki hisoblanadi va Qurolli Kuchlar tasarrufida bo‘ladi.
Qurolli Kuchlarning komplektlanishi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.01.00 Prezident – Oliy bosh qo‘mondon;
2.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.02.00 Davlat boshqaruvi va fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining mudofaa sohasidagi vakolatlari]
7-modda. Qurolli Kuchlarga rahbarlik
Mudofaaga va Qurolli Kuchlarga rahbarlikni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti — Qurolli Kuchlar Oliy bosh qo‘mondoni amalga oshiradi.
Urush davrida O‘zbekiston Respublikasi mudofaa vaziri bir paytning o‘zida Qurolli Kuchlar Oliy bosh qo‘mondoni o‘rinbosari hisoblanadi.
Qurolli Kuchlarning kundalik faoliyatiga rahbarlikni o‘z bo‘ysunuvida Qurolli Kuchlarning tarkibiga kiradigan harbiy tuzilmalari bo‘lgan vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning rahbarlari amalga oshiradilar.
Qurolli Kuchlar oldiga qo‘yilgan vazifalarni bajarish yuzasidan ularga tezkor rahbarlikni Qurolli Kuchlar Bosh shtabining boshlig‘i amalga oshiradi.
Davlat organilarining mudofaa soxasidagi vakolatlari.
DAVLAT ORGANLARINING MUDOFAA SOHASIDAGI VAKOLATLARI. FUQAROLARNING O‘ZINI O‘ZI BOSHQARISH ORGANLARI, KORXONALAR, MUASSASALAR, TASHKILOTLAR VA FUQAROLARNING MUDOFAANI TA’MINLASHDAGI ISHTIROKI
[OKOZ:
1.15.00.00.00 Mudofaa / 15.02.00.00 Mudofaani boshqarish / 15.02.01.00 Prezident – Oliy bosh qo‘mondon]
Do'stlaringiz bilan baham: |