Rajabboyev shohzod shodi o’G’li birjinslimas suyuqliklarning g‘ovak muhitlarda anomal sizishi masalalarini sonli tadqiq etish


-bob. G’ovak muhitlarda ko’p bosqichli kinetika asosida suspenziya sizishi modeli parametrlarini aniqlashda sonli yechish algoritmlari ………………


Download 29.15 Kb.
bet2/4
Sana21.06.2023
Hajmi29.15 Kb.
#1638982
1   2   3   4
Bog'liq
KIRISH DISSIRTATSIYAGA

3-bob. G’ovak muhitlarda ko’p bosqichli kinetika asosida suspenziya sizishi modeli parametrlarini aniqlashda sonli yechish algoritmlari ………………..59
3.1. Masalalarni sonli yechishning modeli parametrlarni identifikatsiya qilishda hisoblash algoritmlari ……………………………….…………………………...59
3.2. Darsi qoninlaridan hamda dinamik omillarni hisobga oluvchi kinatika tenaglamari asosida masalalar yechiladi ………………….…………………...…65
3.3. Masalalarni sonli yechishning samarali algoritmlari ishlab chiqiladi, hisoblash tajribalari o’tkaziladi va olingan sonli natijalar tahlil qilinadi.……........................74
Xulosa…………………………………………………………………………….80
Adabiyotlar………………………………………………………………………81
KIRISH

Dunyoda qazib olinayotgan neftning katta qismi ba'zi quduqlarga suv haydash va boshqa quduqlarda neftni tortib olish yo'li bilan ishlab chiqariladi. Shu bilan birga, tarkibida turli organik va mineral qo'shimchalarni o'z ichiga olgan tozalanmagan suvni haydash amaliyoti muhitning suv qabul qilish qobiliyatini pasayishiga olib keladi. Quduqqa sifatsiz suv haydash uning o’tkazuvchanlik qobiliyatini pasaytiradi, chunki suyuqlikda mavjud muallaq zarrachalar g'ovak muhitda o'tayotganda ushlanib qoladi va cho’kma hosil qiladi. Biz mazkur dissertatsiyada g’ovak muhitda modda ko’chishining to’g’ri va teskari masalalarini qaraymiz, bu jumladan quduqlarga suv haydash jarayonini prognozlashtirish uchun ham zarurdir.


Filtrlash jarayonlarining matematik modellari oqim sodir bo'layotgan g'ovak muhit yoki suyuqlik xususiyatlarini tavsiflovchi funksiyalarni o'z ichiga oladi. Oqim tajribalarida suyuqliklarning bosimi yoki oqim tezligi kabi miqdorlarni laboratoriya o'lchovlaridan bilvosita tiklash usullari bir nechta mualliflar tomonidan ishlab chiqilgan. Bunday usullar parametrlarni baholash nazariyasida matematik fizikaning teskari masalalarga olib keladi, bular yomon shartlangan chiziqli va chiziqli bo'lmagan optimallashtirish masalalaridir. Regularizatsiya usullari bu muammolarni hal qilish uchun foydalidir, chunki ular taqribiy yechimlarning barqarorligini ta'minlaydi.
G’ovak muhitlarda modda ko’chishining to’g’ri masallari qaysidir darajada yaxshi tadqiq etilgan bo’lsada, teskari masalalar eng sodda modellar uchun ham juda kam o’rganilgan. Yuqorida aytilganlardan kelib chiqib aytish mumkinki, g`ovak muhitlarda birjinslimas suyuqliklar sizishi va modda ko`chishining yangi modellari parametrlarini parallel hisoblash algoritmlari vositasida tadqiq etishga bag`ishlangan ushbu dissertatsiya mavzusi dolzarb hisoblanadi.

Download 29.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling