Rajabboyev shohzod shodi o’G’li birjinslimas suyuqliklarning g‘ovak muhitlarda anomal sizishi masalalarini sonli tadqiq etish


Download 29.15 Kb.
bet3/4
Sana21.06.2023
Hajmi29.15 Kb.
#1638982
1   2   3   4
Bog'liq
KIRISH DISSIRTATSIYAGA

Tadqiqot obyekti va predmeti. Tadqiqot obyekti – g’ovak muhit va unda sizuvchi suspenziya modellari. Tadqiqot predmeti – g`ovak muhitlarda birjinslimas suyuqliklar anomal sizishi jarayonining matematik modelini tuzish va model parametrlarini identifikatsiya qilish uchun parallel hisoblash algoritmlarini tuzishdan iborat.
Tadqiqotning maqsadi va vazifalari: Tadqiqot maqsadi – g’ovak muhitlarda modda ko’chishi teskari masalalarini sonli yechishda parallel hisoblash algoritmlarini yaratishdan iborat.
Shu maqsadda quyidagi vazifalar qo’yilgan:

  • g’ovak muhitlarda birjinslimas suyuqliklar sizishi matematik modelini tuzish va masalani sonli yechish;

  • g’ovak muhitlarda birjinslimas suyuqliklar sizishi matematik modellari parametrlarini tiklash bo’yicha teskari masalalar yechish;

  • ko’p bosqichli kinetika tenglamalarini hisobga olib suspenziyalarning g’ovak muhitlarda sizishi modeli parametrlarini identifikatsiya qilish uchun parallel hisoblash algoritmlari ishlab chiqish;

  • eksperiment natijalari asosida model parametrlarini tiklash bo’yicha teskari masalalar yechish uchun parallel hisoblash algoritmlari ishlab chiqish.

Adabiyotlar sharhi va tahlili. Ilmiy tadqiqotni olib borish jarayoni va dissertatsiya ishini yozishda foydalanilgan adabiyotlarning tahlilini keltiramiz. [1]-[10] adabiyotlardan mavzuning dolzarbligi uchun foydalanildi. [7]-[10] adabiyotlardan esa qaralayotgan masalaga keltiriluvchi fizik masalalarning matematik modellari olindi. [7], [10], [11] adabiyotlardan ishda foydalanilgan asosiy tushunchalar, ta'rif va teoremalarni bayon qilishda, [11]-[25] adabiyotlarda tadqiq qilingan masalalar va qo`llanilgan usullardan ishning asosiy natijalarini olishda foydalanilgan. Maple tizimida qo‘llanilgan buyruqlar [26]-[29] adabiyotdan foydalanildi. Dissertasiyada olingan natijalar [30] – [32] adabiyotlarda e'lon qilingan. Dissertasiyada foydalanilgan asosiy adabiyotlar va ilmiy tadqiqotning muhim natijalarini olishda [33] – [38] internet manbalaridan foydalanildi.

Download 29.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling