Rang-barangligi
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
Download 0.92 Mb. Pdf ko'rish
|
223-230
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ключевые слова
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
www.pedagoglar.uz 17-to’plam aprel 2023 224 форм, основанных на фольклорных и классических традициях, а также тех, которые вошли в узбекскую литературу через мировую литературу. В статье анализируется поэзия поэта в различных жанрах и формах, даются общетеоретические выводы о них. Ключевые слова: Стихотворные жанры и формы, песня, баллада, газель, сказки в стихах , поэмы-сказки, эпос, поэтическая драма, посвящение, строфа. Ma’lumki, qiyosan olganda she’riyat nasr va dramaturgiyaga nisbatan shakl va janr jihatdan nihoyatda rang-barang va turfadir. Ayniqsa, mumtoz adabiyotda bu yaqqol ko‘zga tashlanadi. Adabiyotshunoslikda mumtoz shoirlar ijodi tadqiq etilar ekan, ko‘pincha ularning necha xil she’riy janr va shakllardan foydalanganliklari haqidagi ma’lumotlar beriladi. Masalan, R.Orzibekovning “O‘zbek lirik she’riyati janrlari” monografiyasida Alisher Navoiyning 18 xil, Ogahiyning 16 xil, Muqimiyning 15 xil janr va shakllarni qo‘llaganligi haqidagi qaydlar uchraydi. 1 Shoirlar ijodi xususida bunday qarash ular ijodidagi mukammallikni belgilovchi me’zonlardan biri bo‘lgan deyishimiz mumkin. Hozirgi zamon shoirlari ijodida esa she’riy to’plamlar mumtoz shoirlarnikiga ko‘ra son jihatdan birmuncha ko‘p bo‘lganligi uchun ular ijodini turli tomondan o‘rganishda asosan mukammal to‘plamlari olinadi. Masalan, U.Azim ijodi haqida nisbatan batafsil ma‘lumot berilgan Tohir Shermurod, Ilyos Ismoil muallifligidagi “Usmon Azim ijodiyoti” 2 nomli uslubiy qo‘llanmada shoirning 19 ta to‘plami xronologik tartibda sanaladi: “Insonni tushunish” (1978), “Holat”(1979), “Oqibat”(1980), “Ko‘zgu” (1983), “Dars” (1986), “Surat parchalari” (1986), “Ikkinchi aprel” (1987), “Baxshiyona” (1980), “Uyg ‘onish azobi”,(1991) ‘G‘ussa” (1994), “Uzun tun” (1994), “Bor ekan-u yo‘q ekan” (1995), “Saylanma” (1995), “Kuz” (2001), “Jodu” (2003), “Soginch” (2007), “Yurak” (2009), “Fonus” (2010), “Adibning umri” (2011) Shoir ijodining janrlar tarkibi haqida so‘z yuritish uchun 1 R.Orzibekov. O‘zbek lirik she’riyati janrlari. T.: O‘zFA “Fan” nashriyoti, 2006. - 14-16-betlar. 2 Шермурод T., Исмоил И. Усмон Aзим ижодиёти. Услубий қўлланма. Тошкент-2011, 204 б. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling