Rang-barangligi
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
Download 0.92 Mb. Pdf ko'rish
|
223-230
Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari
www.pedagoglar.uz 17-to’plam aprel 2023 225 mazkur to‘plamlarning barchasini olish birmuncha noqulaylik tug‘diradi. Vaholanki, shoir bir she‘rini ba‘zan ikki yoki undan ziyod to‘plamiga kiritganlik holatlariga ham duch kelamiz. Shu kabi sabablarni inobatga olib, janr va shakllar klassifikatsiyasida shoirning asosan “Saylanma”sidagi she’rlarni o’rganishni lozim topdik. Ushbu to‘plam U. Azimning eng mukammal va keng qamrovli to‘plami ekanligi “Usmon Azim ijodiyoti” uslubiy qo‘llanmasida ham e’tirof etilgan. Albatta, shoirning ijodi adabiyotshunoslikda har doim yuksak baholangan. Biz esa tadqiqotimiz g‘oyaviy maqsadi va mavzu doirasidan kelib chiqqan holda ushbu faslda, asosan, shoir she’riyatidagi janrlar va shakllar xilma-xilligiga e’tibor qaratdik. Buning uchun “Saylanma”dagi she’rlar klassifikatsiyasi hamda statistikasini o‘rgandik. Shuningdek, shoirning “Dars”, “Fonus”, “Jimlik”, “Surat parchalari”, “Uyg‘onish azobi” , “Uzun tun”, “Yurak” to‘plamlari ham tadqiqotimiz obyekti etib olindi. Shoir she’riyatidagi janr va shakllar rang- barangligi xususida bizgacha ham bir qadar fikrlar bildirilgan, albatta. Masalan, adabiyotshunos Mahfuza Davronovaning “Hozirgi o‘zbek she’riyatida individual uslub poetikasi (Usmon Azim, Iqbol Mirzo, Faxriyor, va Abduvali Qutbiddin she’riyati misolida) mavzusidagi filologiya fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun yozilgan dissertatsiyasi 3 da shoir ijodidagi janrlar xususida ham fikrlar bor. Olima shoir ijodidagi 11ta janrni, qo‘shiq, ballada, g‘azal, muxammas, ertak she’rlar, rivoyat she’rlar, doston, drama, bag‘ishlov, nasriy she’r, stans kabilarga to‘xtalib, ularni “Shoir ijodida takomiliga yetkazilib, mahoratini ko‘rsata olgan” janrlar sifatida aytib o‘tadi. 4 Biz bu fikrlarni shoir she’riyati janriy xillari haqidagi ma’lumot sifatida e’tirof etgan holda shoirning janr takomiliga yetmagan yoki janr uchun shakl vazifasini o‘tovchi, vazn(qo‘shma vaznli va erkin she’rlar) yoki qofiyaga nisbatan olingan janrlar(oq she’r) kabilarning ham shoir ijodida alohida ahamiyat kasb etganligini aytishimiz mumkin. Birgina uning “Saylanma”sida 9 ta qo‘shma vaznli 3 Давронова М. Ҳозирги ўзбек шеъриятида индивидуал услуб поэтикаси (Усмон Aзим, Иқбол Мирзо, Фахриёр ва Абдували Қутбиддин шеърияти мисолида) филология фанлари доктори (DSc) илмий даражасини олиш учун ёзилган диссертация. Самарқанд-2019, 296 бет. 4 O‘sha manba,194-bet. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling