Rang-barangligi


Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari


Download 0.92 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana14.05.2023
Hajmi0.92 Mb.
#1459759
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
223-230

Ta'limda raqamli texnologiyalarni tadbiq etishning zamonaviy tendensiyalari va rivojlanish omillari 
www.pedagoglar.uz
 

 
 
 
 
 
17-to’plam aprel 2023 
 
226 
she’r mavjud bo‘lib, boshqa to‘plamlarida ham bunday vaznga ega she’rlarga duch 
kelamiz. Tuzilishi jihatdan mumtoz adabiyotdagi mustazodlarni eslatuvchi bunday 
she’rlarni vaznga asoslangan she’riy shakl sifatida sanab o‘tishimiz mumkinki, shoir 
bunday tuzilishli she’rlardan, asosan, xalqona ohanglarni, murakkab ruhiy holatlarni 
ifodalashda foydalangan, uning qo‘shiq janridagi she’rlarinig aksariyati shu shaklda 
yozilgan. Ijodkorning “Saylanma”siga kiritilgan, bugungi kunda ayrimlari hofizlar 
tomonidan kuylanib kelinayotgan “Shamollar oqib yotar”
5
, “Bu dunyo bir 
mayxona”
6
, “O‘ynaguncha o‘ynagin”
7
, “Cho‘llar arolab ketma” kabi she’rlari 
shunday asarlar sirasiga kiradi. Shoirlar ijodidagi qo‘shiqlarning faqatgina qoshma 
vaznda yozilmasligini nazarda tutgan holda bunday she’riy tuzilishlarni shakl 
sifatida e’tirof etish lozimligi ko‘rinadi. Umuman olganda, hozirgi zamon shoirlari 
ijodidagi she’rlar shakl va janr deya bo‘lingan holda tasnif etilishi maqsadga 
muvofiqdir. Masalan, U.Azim ijodida ham yetakchi bo‘lgan ikkilik, uchlik, to‘rtlik, 
beshlik, oltilik, yettilik, sakkizlik, shuningdek, ko‘pgina bandsiz she’rlar ba’zan 
ballada, doston, rivoyat, ertak, hikoya, she’riy esse, she’riy ocherklar uchun shakl 
vazifasini o’taydi. Aslida, mumtoz adabiyotda ham musammat janrlari ba’zan 
mustaqil holda kelsa, ba’zan esa janr uchun shakl vazifasini o‘tab kelgan . Masalan, 
Muqimiy sayohatnomalari uchun murabba’ning shakl bo‘lganligi hamda mumtoz 
dostonlarning barchasi uchun masnaviyning shakl bo‘lganligini misol tariqasida 
ayta olamiz. Ya’ni shaklga nisbatan olingan she’riy janrlar ba’zan shaklning o‘zigina 
bo‘lib janr uchun xizmat qiladi. Masalan, shoir ijodida yetakchi mavqega ega 
bo‘lgan balladalar uchun ham turli shakllar tanlangan bo‘lib, bu o‘rinda 
balladalarning janriy xususiyatini uning mazmuni belgilashini aytishimiz mumkin. 
Xuddi shu kabi, ya’ni shaklning janr uchun xizmat qilganligi, mazmungina janriy 
belgining ifodalaganligini shoirning rivoyat, doston, hikoya, ertak janrlaridagi 
asarlarida ham kuzatamiz. Adabiyotshunoslikda shoirlar she’riyatidagi janr va 
5
Азим Усмон. Сайланма. Шеърлар. – “Шарқ” нашриёт-матбаа концерни, 1995.-432 б., 331-bet. 
6
O‘sha manba, 332-bet. 
7
O‘sha manba, 333-bet 



Download 0.92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling