Raʼnoguldoshlar oilasi
Download 1.49 Mb.
|
Raʼnoguldoshlar oilasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rezavor mevali olma (Malus baccata Boyerkh.)
Olxoʻri bargli olma (Malus prunifolia Boyerkh) boʻyi 10 m keladigan daraxt. Shox-shabbassi keng, yumaloq shaklda. Yosh novdalari sariq-jigar rangda. Barg kurtaklari choʻziq, gul kurtaklari mayda, tukli, oʻrama tangachali, novvoti-qizil. Barglari tuxumsimon yoki ellipsimon, boʻyi 8-12 sm uchi oʻtkir, cheti tishchali, yuz tomoni toʻq yashil orqa tomoni yashil, tukli yoki tuksiz, yaltiroq, bandi ingichka, tukli qizgʻish rangda boʻladi. Gullari oq, hidli, diametri 3-4 sm, gulbandi uzun, 5-8 ta guli yigʻilib toʻpgul hosil qiladi. Gulyon barglari choʻziq shaklda, kosabargchalari lansetsimon, uzun tukli yoki tuksiz. Sohta mevasi 2-4 tadan boʻlib joylashadi, ular yumaloq yoki tuxumsimon, diametri 2,5 sm, sariq yoki qizil. Eti sariq, sershira, nordon, hidsiz. Urugʻi mayda. Bu olma Xitoyda tarqalgan, Aprel oyida gullaydi, mevasi avgustda yetiladi. Mevasi yetilgan vaqtda daraxt juda chiroyli boʻlib koʻrinadi. Seleksiya ishlarida ham juda katta ahamiyatga ega.
Rezavor mevali olma (Malus baccata Boyerkh.) boʻyi 8-10 m ga, diametri 25-30 sm ga yetadigan daraxt boʻlib shox-shabbasi keng, yumaloq shaklda. Tanasining poʻstlogʻi gʻadir-budir, kulrangda, novdalari jigarrang, yasmiqchali. Kurtaklari tuxumsimon boʻlib, novdaga yopishib joylashadi. Barglarining boʻyi 6 sm, eni 2,5 sm, uzun, oval shaklida, cheti toʻmtoq tishchali, yuz tomoni yashil, orqa tomoni tiniq yashil, tomirlari boʻylab tukli yoki tuksiz, barg bandi 3-8 sm. Gullari oq hidsiz boʻlib, yigʻilib toʻpgul hosil qiladi. Bu olma may-iyun oylarida gullaydi. Mevasi novvoti sariq, yumaloq boʻlib, diametri 1 sm gacha yetadi, 5-6 tadan boʻlib joylashadi. Ular sentyabr-oktyabr oylarida yetiladi. Urugʻi jigarrang teskari tuxumsimon, boʻyi 3,5 mm, eni 2 mm, 1000 dona urugʻining vazni 5 g keladi. Urugʻidan yaxshi koʻpayadi. Bu olma sovuqqa va qurgʻoqchilikka chidamli boʻlganidan duragaylash va seleksiya ishlarida undan foydalaniladi. Bogʻlarda koʻpaytiriladi. Mevasi yetilgan paytda juda xushmanzara boʻlib koʻrinadi. U Xitoy florasiga taalluqlidir. Botanika bogʻida oʻstirilib sinovdan oʻtkazildi. Joylarni koʻkalamzorlashtirish uchun tavsiya qilinadi. Bu turga eng yaqin va oʻxshash boʻlgan sibir olmasi (M.pallasiana) Sharqiy Sibirda va Uzoq Sharqda yovvoyi holda oʻsadi. Uning boʻyi 6-8 m, tanasi qingʻir-qiyshiq oʻsadi, shox-shabbasi yumaloq. Barglari mayda, tuxumsimon yoki oval shaklida, yaltiroq tuksiz, cheti mayda tishchali boʻladi. Aprel-may oylarida gullaydi, gullari oq, 4-8 tadan toʻp-toʻp boʻlib joylashadi. Sohta mevasi sentyabr-oktyabr oylarida yetiladi. U sharsimon, diametri 1-1,5 sm boʻlib uzun bandli avval sariq boʻlib, soʻng qizaradi, taʼmi achchiq. Sovuqqa chidamli, tuproqqa kam talabchan. Yerning quruq va shoʻrtob boʻlishiga chidaydi. Kuzda mevasi yetilgan vaqtda xushmanzara koʻrinadi. Sovuqqa chidamli duragaylar chiqarishda katta ahamiyatga ega. I.V.Michurin bu turdan keng foydalangan. Undan yaxshi natija olinmoqda. Madaniy olma (Malus domestica Borkh) shox-shabbasi yoyiq, tanasi yoʻgʻon katta daraxtdir. Barglari yirik, har xil shaklda, har ikki tomoni tukli, gullari ham yirik, oq va pushti. Mevasi yirik, bandi kalta, turli shaklda boʻlib, taʼmi yaxshi va xushboʻy boʻladi. Shuning uchun isteʼmol qilinadi. Undan murabbo va konditer maxsulotlari tayyorlanadi. Bu turning 10 mingdan ortiq turi bor. Ular oʻsishi va rivojlanishi, ekologik xususiyatlari hamda mevasining sifati bilan bir-biridan farq qiladi. Ularning mevasi 3 muddatda: yozda, kuzda va qishda yetiladi. Ayrim navlarida sohta mevasining vazni (1 donasi) 900 g keladi. Ular tarkibida A, V, S vitaminlar koʻp boʻladi. Bu olma ham duragaylash va seleksiya ishlarida katta ahamiyatga ega. I.V.Michurin shu olma ustida koʻp ish olib borgan va 40 dan ortiq yangi nav chiqargan. Hozirgi vaqtda payvandlash yoʻli bilan olmaning yangi navi koʻpaytirilmoqda, shuningdek vegetativ usul ham qoʻllanadi. Chunki uning irsiy xususiyatlarini saqlab qolishda bu usulning roli katta. Agar olma urugʻidan koʻpaytirilsa uning nav xususiyatilari yoʻqolib ketishi mumkin.Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling