Raʼnoguldoshlar oilasi


Oddiy nok (Pyrus communis L


Download 1.49 Mb.
bet6/9
Sana23.02.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1225940
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Raʼnoguldoshlar oilasi

Oddiy nok (Pyrus communis L.)katta daraxt boʻlib, boʻyi 20-30 m, tanasining poʻstlogʻi qalin,qoʻngʻir rangda, boʻyiga chuqur yorilgan, poʻst tashlab turadi. Shoxlari koʻpincha tikanli boʻladi. Novdasi toʻgʻri, tuksiz, sariq-qoʻngʻir, yaltiroq. Barglari yumaloq yoki ovalsimon, uchi oʻtkir, cheti tekis, bandi uzun, orqa tomoni tukli. Bu nok mart oyida gullaydi va shu bilan bir vaqtda barg yozadi. Gullari oq, nektarli. Mevasi avgust-sentyabr oylrida yetiladi, boʻyi 3-4 sm, eni 1,5 sm, yashil boʻlib, yetilish oldidan sargʻayadi. Urugʻi yirik, choʻziq, tubi uchli, uchi yumaloq, qora. Bu nok urugʻdan yaxshi koʻpayadi. Keng barglai yoki aralash oʻromonlarda, katta daraxtlar tagida oʻsadi. Baʼzan nokzor hosil qiladi. Kichik Osiyoda, MDH ning Yevropa qismida va Oʻrta Osiyo respublikalarida uchraydi. Togʻli rayonlarda dengiz sathidan 2000 m gacha balandlikda oʻsadi.
Bu nok soyaga chidamli, lekin ochiq yerlarda oʻssa yaxshi hosil beradi. Sovuqqa ham chidamli, lekin sharqiy rayonlarda sovuqdan zararlanadi. Quruq va shoʻrtob yerlarda ham oʻsaveradi. Toʻnkasidan koʻkaradi, ildizidan bachkilaydi.
Yogʻochi ogʻir,qattiq, qalin boʻlib, pushti, qizil-qoʻngʻir rangda. Uning mexanikaviy xossalari yuqori. U yorilmaydi, qiyshaymaydi, yaxshi pardozlanadi va arralanadi. Undan turli cholgʻu va chizmachilik asboblari, modellar yasaladi. Mevasi yangiligida yeyiladi, qoqi qilanadi. Nok navlari nihoyatda koʻp boʻlib, odatda ular yovvoyisiga payvandlash yoʻli bilan chiqarilgan. Masalan, “Berezimnyaya Michurina” va “Renet bergamotniy” navlari nok bilan olmani chatishtirish natijasida chiqarilgan vegetativ duragaylardir.
Ussuriya noki (Pyrus ussuriensis Maxim.) boʻyi 15 m ga yetadigan, shox-shabbalari tikanli daraxt. Shox-shabbasi keng, zich joylashgan, barglari yumaloq. Gullari oq, mevasi yumaloq, diametri 2-5 sm, kalta bandli, sariq yoki sariq-yashil, poʻsti qalin va dagʻal. Eti shirali, tosh xujayralari bor, xushboʻy. Bu nok avgust-sentyabr oylarida yetiladi. Mahalliy xalq mevasini isteʼmol qiladi.
U Uzoq Sharqda, Koreyada, Manjuriyada va Yaponiyada uchraydi. U sovuqqa va qurgʻoqchilikka chidamli. Yogʻochi ogʻir, qattiq, pishiq boʻlib, sariq pushti, oʻzagi qoʻngʻir-qizil. MDH ning Yevropa qismida, Moskva va Yekaterinburg shaharlari atrofida ekiladi. Unga nokning yaxshi navlari payvand qilinadi va seleksiya ishida foydalaniladi. Oʻrmonshunoslik ishlarida sinab koʻrish ahamiyatga ega. Botanika bogʻida oʻstiriladi. Mart-aprel oylarida gullaydi. Undan manzarali daraxt sifatida va duragaylash ishlarida foydalanish mumkin.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling