Raʼnoguldoshlar oilasi
Jiyda bargli nok (Pyrus elaeagrifolia Pall.)
Download 1.49 Mb.
|
Raʼnoguldoshlar oilasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- BEHI (CYDONIA) TURKUMI Ushbu turkumga bitta tur-oddiy behi (Cydonia oblonga Mill.)
Jiyda bargli nok (Pyrus elaeagrifolia Pall.) boʻyi 10 m, shoxlari tikanli boʻlib, barglari keng lansetsimon, yuz va orqa tomoni qalin tuk bilan qoplangan. Gullari mayda, mevasining diametri 3 sm. Yetilish oldidan sariq-yashil ranggsha kiradi. Isteʼmol qilinadi. Bu nok urugʻidan koʻpayadi, qurgʻoqchilikka, qattiq sovuqqa va yerning shoʻrtob boʻlishiga, hamda kasalliklarga, zararkunanda va xasharotlarga chidamli. U Qrimda oʻsadi. Togʻli xududlarda dengiz sathidan 1100 m gacha balandlikda uchraydi. Seleksiya va duragaylash ishlarida katta ahamiyatga ega.
Tol bargli nok (Pyrus salicifolia Pall.) kichik daraxt yoki katta buta boʻlib tanasi sertikan, barglari kalta bandli, plastinkasi tor lansetsimon, tol bargiga oʻxshaydi. Yuz tomoni yashil, yaltiroq, orqa tomoni xira kulrang, mevasi mayda. Bu nok yorugʻsevar boʻlib unumdor yerlarda yaxshi oʻsadi. Shoʻrtob tuproqli yerlarda ham oʻsa oladi. Qurgʻoqchilikka chidamli, ildizidan bachkilaydi. Kavkazda togʻli xududlarda oʻsadi. Oʻrmonshunoslik ishlarida maʼlum ahamiyatga ega. U Botanika bogʻida oʻstiriladi.BEHI (CYDONIA) TURKUMI Ushbu turkumga bitta tur-oddiy behi (Cydonia oblonga Mill.) kiradi. Behi mevalari muhim oziq-ovqat ahamiyatiga ega boʻlib, Markaziy Osiyo va Kavkazda koʻplab oʻstiriladi.Uning koʻplab yirik mevali navlari yaratilgan. Mevasida 8-14 tagacha urugʻi boʻlib, urugʻidan oson koʻpayadi. Yirik mevali navlari payvandlash yoʻli bilan koʻpaytiriladi. Behiga yaqin tur yapon behisi yoki xenomeles (Chaenomeles japonica Thunb.Lindl..) chiroyli qizil gullari va limon koʻriniishida sariq mevalari tufayli manzarali buta sifatida koʻplab oʻstiriladi. Sovuqqa chidamli. BODOM (AMYGDALUS) TURKUMI Oddiy shirin bodom (Amygdalus communis L.) doimo seleksiya predmeti boʻlib kelgan, uning koʻplab yirik mevali va serhosil navlari yaratilgan.. Bodom magʻzi oʻziga xos taʼmga ega boʻlib, oziq - oaqat sanoatida muhim ahamiyatga ega. Bodom magʻzidan yuqori sifatli moy olinadi. Danak poʻchogʻi qaynatmasi ateroskleroz kasalini oldini olishda samaralidir. Bundan tashqari shirin bodom oʻrmon melioratsiyasida ham keng foydalaniladi, eroziyaga uchragan yerlarda bodomzorlar plantatsiya usulida barpo etilmoqda.. Tabiatda 4-10 m balandlikkacha oʻsadi novdalari qizil –jigarrang, barglari toʻplam koʻrinishida, barglari lansetsimon tor elementik shaklda. Shirin bodom boshqa mevali daraxt turlariga qaraganda birinchi gullaydi (mart oyida), shu sababli koʻp hollarda bahorgi sovuqlardan zararlanib turadi. Mevalari quruq danak, choʻzinchoq tuxumsimon 3-4 sm uzunlikda. Oʻrtacha gullagandan soʻng 4-5 oydan keyin pishib yetiladi.Bodom ekilgandan soʻng 5- 6 yiliga hosilga kiradi, 10-12 yoshlarida maksimal hosil beradi. 100-yilgacha yashaydi. 32-rasm. Madaniy bodomzorlar Ildiz sistemasi chuqur (6 metrgacha) rivojlanadi,qurgʻoqchilikka chidamli, lalmikor yerlarda bodomzorlar barpo etish maqsadga muvofiqdir. Oddiy bodom asosida koʻplab yirik mevali serhosil, mevalarni sifati, xajmi, va shakliga koʻra bir biridan farqlanuvchi turli navlar yaratilgan. Asosan payvand qilish yoʻli bilan koʻpaytiriladi. Download 1.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling