Raqamli iqtisodiyot” fakulteti “Iqtisodiyotda matematik metodlar” kafedrasi


I-BOB.IQTISODIYOTDA TRANSPORT MASALASINI SAMARALI QO’LLASH


Download 0.98 Mb.
bet2/8
Sana06.04.2023
Hajmi0.98 Mb.
#1277482
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
12. Qosimova IIM (2) Янги

I-BOB.IQTISODIYOTDA TRANSPORT MASALASINI SAMARALI QO’LLASH
1.1 IQTISODIYOTDA TRANSPORT MASALASIGA KELTIRILADIGAN MASALALAR
Chiziqli programmalash masalalaridan bir turi “transport masalasi” nomi bilan ma'lum bo'lgan matematik masalalarga keltiriladigan iqtisodiy masalalardan iborat bo'ladi. Ma'lumki, ishlab chiqaruvchi bilan iste'molchi orasidagi mol almashinuvi ya'ni ishlab chiqarilgan mahsulot yoki tayyrolangan homashyoni korxonalarga yetkazib berish transport vositalari va ularga sarflanadigan moliyaviy harajatlar bilan bog'liq. Bu harajatlarni minimallashtiruvchi variantlarni tanlash transport masalasining asosiy muammosi hisoblanadi.
Transport masalasining matematik modelini ifodalashda umumiyatni cheklamagan holda sxematik tarzda quyidagi muammoni tahlil qilamiz. Faraz qilaylik ma'lum homashyo turi zaxiralari saqlanuvchi yoki tayyorlanuvchi n ta punkt bo'lsin. Bu punktlardagi homashyo miqdorlari mos ravishda b1 , b2 , …, bn birliklardan iborat bo'lsin. Bu yerda homashyo turiga ko'ra ma'lum bir o'lchov birligi (tonna, metr, …) tanlangan bo'ladi. Shuningdek, keltirilgan homashyo asosida ishlaydigan m ta korxona bo'lib, bu korxonalarning shu homashyoga bo'lgan extiyojlari mos ravishda d1 , d2 , … dm birliklardan iborat bo'lsin. Shuningdek homashyo punktlari hamda korxonalar orasidagi yo'l sifati va masofasiga ko'ra homashyoni yetkazish uchun ketadigan yo'l harajatlari koeffisintlari ma'lum bo'lsin. Ularni , ; matritsa ko'rinishida ifodalaymiz. Bunda matritsaning har bir elementi mos ravishda - korxonaga punktdan bir birlik homashyo yetkazish uchun ketadigan transport harajatlarini ifodalaydi. Aksariyat hollarda ishlab chiqarish korxonalari va homashyo yetkazib beruvchi punktlar muqobil, ya'ni moslashtirilgan holda ishlaydi deb hisoblanadi. Homashyo zaxiralari va korxonalarning bu homashyoga bo'lgan ehtiyojlari bir-biriga to'la mos keladi. Avvalo, transport masalasining iqtisodiy mohiyatidan kelib chiqqan holda faraz qilaylikki, bir necha ishlab chiqarish korxonalarida bir xil mahsulot zaxiralari mavjud. Ularni iste’molchilarga yetkazib berish zarur. Har bir ishlab chiqarish korxonasi taklif qiladigan mahsulotlar hajmi, iste’molchilarning talablari hajmi, har bir ishlab chiqaruvchidan har bir iste’molchiga bir-birlik mahsulot tashish uchun sarflanadigan transport xarajatlari ma’lum.
Ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar orasida shunday optimal xo’jalik aloqalarni aniqlash kerakki, natijada iste’molchilarning mahsulotlarga bo’lgan talabi, ishlab chiqaruvchilarning imkoniyatiga qarab to’liq qondirilsin va mahsulotlarni tashishga sarflanadigan umumiy transport xarajatlari eng kam bo’lsin.
Yuqoridagi masalani yechilishida transport modelidan foydalaniladi. Transport modeli mahsulot turiga ko’ra bir mahsulotli va ko’p mahsulotli transport modellariga bo’linadi.
Ko’p mahsulotli transport modeli o’z o’rnida o’zaro almashinuvchi va o’zaro almashishi mumkin bo’lmagan mahsulotlar uchun alohida tuziladi. Agar tovarlar o’zaro almashinuvchi bo’lsa, bu holda ularni shartli mahsulotga keltirib, oddiy, bir mahsulotli transport masalasi usullari bilan yechish mumkin. Masalan sut, sut mahsulotlarni tashish bo’yicha.
Mahsulotlarni iste’molchilarga yetkazib berishdan avval, qayta ishlash jarayonidan o’tishi zarur bo’lsa, bu holda ko’p bosqichli transport masalasi hosil bo’ladi va xususiy usullar bilan yechiladi. O’rganilayotgan davrga ko’ra statik va dinamik transport masalalari mavjud. Dinamik transport masalasini matritsaviy modeli blok shaklida tuzilib, vaqt omilini e’tiborga oladi.
Ba’zi masalalarda transport xarajatlaridan tashqari ishlab chiqarish xarajatlari ham e’tiborga olinadi. Bu holda ishlab chiqarish transport masalasi hosil bo’ladi.
Iqtisodiyotda iste’molchilarni ishlab chiqaruvchilar bilan optimal biriktirishning asosiy matematik modeli bo’lib, chiziqli dasturlashning transport masalasi hisoblanadi va umumiy holda quyidagicha ta’riflanadi: ta ishlab chiqarish punktlarida miqdorda bir xildagi mahsulotlar ishlab chiqarish tashkil etilgan. Bu mahsulotlarni ta punktlarda joylashgan iste’molchilarga miqdorda yetkazib berish kerak. Ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o’rtasida mahsulotni tashish xarajatlari – ma’lum deb qabul qilinadi va transport xarajatlari matritsasi tashkil qilinadi.
Masalaning maqsadi – iste’molchilarni ishlab chiqaruvchilarga shunday biriktirish rejasini tuzish kerakki, natijada ishlab chiqaruvchi punktlarda taklif qilinayotgan mahsulotlar iste’mol punktlaridagi iste’molchilar talablariga mos ravishda tashilsin va bunda umumiy transport xarajatlari miqdori minimal bo’lsin.

1.2 TRANSPORT MASALASINI IQTISODIY QO’YILISHI VA KRITERIY BO’YICHA TURLARI


Faraz qilaylik, bir necha ishlab chiqarish korxonalarda bir xil mahsulot zaxiralari mavjud. Ularni iste’molchilarga yetkazib berish zarur. Har bir ishlab chiqarish korxonasi taklif qiladigan mahsulotlarni hajmi, iste’molchilarning talablari hajmi, har bir ishlab chiqaruvchidan har bir iste’molchiga bir birlik mahsulot tashish uchun sarflanadigan transport xarajatlari ma’lum.




Download 0.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling