Raqamli iqtisodiyot


Sun’iy intellektning rivojlanish tarixi


Download 0.74 Mb.
bet2/4
Sana17.09.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1680144
1   2   3   4
Bog'liq
Raqamli iqtisodiyot Hamdullayev Shohboz iks 122

Kirish

1. Sun’iy intellektning rivojlanish tarixi


Sun’iy intellekt haqidagi tasavvur va bu sohadagi izlanishlar — «aqliy mashinalar» ishlab chiqarishga ilmiy yondoshish birinchi bo‘lib Stanford universitetining (AQSH) professori Djon Makkarti tashabbusi asosida 1956 yili tashkil topgan ilmiy tugarakda paydo bo‘ldi. «Intellekt» so‘zi lotincha «intellectus» so‘zidan kelib chikkan bo‘lib, u bilish (aniqlash), tushunish yoki faxmlash (aql) ma’nosini beradi.Ingliz tilida “artificial intelligence” atamasi “mantiqiy mulohaza qilish qobiliyati” yoki “sun’iy aql” tushunchasida qo‘llaniladi. Sun'iy intellekt tarixi XX asrning 40yillarda elektron hisoblash mashinalar (EHM) yaratilishi bilan boshlanadi.
«Intellekt» so‘zi lotincha «intellectus» so‘zidan kelib chikkan bo‘lib, u bilish (aniqlash), tushunish yoki faxmlash (aql) ma’nosini beradi.Ingliz tilida “artificial intelligence” atamasi “mantiqiy mulohaza qilish qobiliyati” yoki “sun’iy aql” tushunchasida qo‘llaniladi. .
Sun'iy intellekt asoschisi Jon Makkarti sun'iy intellektga quyidagi ta'rifni beradi.
Sun'iy intellekt- an'anaviy ravishda insonning noyobligi hisoblanadigan ijod, yaratish  funktsiyalarni bajaradigan aqlli tizimlarning xususiyatlari; aqlli mashinalarni, ayniqsa, aqlli kompyuter dasturlarini yaratish fani va texnologiyasi.
Sun'iy intellekt –axbototlashtirishning bir yo’nalishi bo’lib, dasturlashni bilmaydigan foydalanuvchilarga apparat - dasturlash vositalarini ishlab chiqish orqali EHMlar (Elektron Hisoblash Mashinalarni) yordamida an’anaviy, aqliy masalalarni qo’yish va bartaraf etish imkonini yaratadi. Sun'iy intellekt - bu ilmiy sohadir, uning doirasida an'anaviy ravishda intellektual deb hisoblanadigan ushbu turdagi faoliyatni apparat yoki dasturiy modellashtirish vazifalari qo'yiladi va hal qilinadi . Sun'iy intellekt - bu axborotlashtirishning sohasi bo’lib, aqliy kompyuter tizimlarni ishlab chiqish bilan shug’ullanadi, ya'ni an'anaviy ravishda inson ongi bilan bog'lash qobiliyatiga ega bo'lgan tillarni o'rganish, o’qish, mulohaza qilish va muammolarni hal qilish qobiliyatiga ega tizimlardir .
2. Sun'iy intellektning maqsadi, vazifalari va tuzilishi
Sun’iy intellekt maqsadi inson miyaning asosiy funktsiyasi hisoblanadigan mazmunli ma’lumotni qayta ishlashni talab qiluvchi harakatlarni bajara oladigan va hisob-kitobni talab qilmaydigan masalalarni hal qila oladigan texnik tizimlarni yaratish. Bu masalalarga teoremalarni isbotlash masalalri, o'yinli masala (masalan, shaxmat), bitta tildan boshqa tilga ugurish, musiqa yozish, ijtimoiy amaliyotning va fanning murakkab ijodiy muammolarni bartaraf etish. Sun’iy intellektning muhim vazifalardan biriinson belgilab qo’yadigan maqsadlarga erishish boyicha mustaqil bajara oladigan lli robotlar yaratish hisoblanadi va ularning harakatlarida o'zgarishlarkiritish. Bugungi kunda "sun'iy intellekt" deganda murakkab matematik algoritmlar va ilgari inson ishtirokini talab qiladigan vazifalarni bajarishi mumkin bo'lgan kompyuter tizimlari tushuniladi: o'qitish, vizual, eshitish qobiliyatini aniqlash, tasvir va videoga ishlov berish va boshqalar. Ehtimol, sun'iy intellekt va o‘z-o‘zini o‘rganish algoritmlariga asoslangan boshqa tizimlar o'rtasidagi asosiy farqi bu mustaqil ravishda qaror qabul qilish va odamlar bilan aloqa qilish qobiliyatidir.

Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling