Raqamli qurilmalarni loyixalashga kirish


Download 0.93 Mb.
bet6/8
Sana28.02.2023
Hajmi0.93 Mb.
#1237472
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
3lab

Asinxron hisoblagichlar
Ayiruvchi hisoblagichlar.Ketma-ketli ayiruvchi hisoblagichlar a navbatdagi sanoq impulsi kelishi bilan hisoblagichdagi son bittaga kamayadi. Bu hisoblagichlarda birinchi impuls kelishi bilan maksimal ikkilik son (uchrazryadli hisoblagichda Q1=Q2=Q3=1) yoziladi, keyin har yangi impuls kelishi bilan 0 qiymatgacha kamayib boradi
14.1-rasmda keltirilgan hisoblagich ayiruvchi bo`lib ishlashi mumkin. Buning uchun keyingi triggerlarning C kirishini o`zidan avvalgi triggerning invers chiqishlariga ulash, S asinxron kirishni esa birorboshlang`ich sonni o`rnatish uchun ishlatish kerak.


Ayiruvchi hisoblagichning holatlar jadvali
14.2- jadval

M

Q3

Q2

Q1

0

1

1

1

1

1

1

0

2

1

0

1

3

1

0

0

4

0

1

1

5

0

1

0

6

0

0

1

7

0

0

0

8

1

1

1

Agar trigger 21.2-rasmda keltirilganidek, kirish impulsining kesimi bilan boshqarilsa, ayiruvchi hisoblagich sxemasini tuzishda keyingi keluvchi trigger kirishi avvalgi triggerning to`g`i (noinvers) chiqishi bilan ulanadi.
Ixtiyoriy sanoq moduliga ega bo`lgan ketma-ketli hisoblagichlar.
Umuman olganda, K≠2n bo`lgan hisoblagichlar tuzishda, mos keluvchi ikkilik hisoblagich sxemasiga ortiqcha holatlarni bartaraf etuvchi teskari aloqa kiritiladi. Masalan, sanoq moduli 3 ga teng bo`lgan hisoblagich tuzish uchun ikki razryadli ikkilik hisoblagichni (K= 22=4) qo`llash kerak. Unda ikkilik soni 11 ga teng bolgan bitta ortiqcha holatni (K= 22­­ - 1 = 3) bartaraf etish mumkin, ya’ni triggerlar to`rtinchi emas, uchinchi impuls kelishi bilan nolga o`tishi kerak. Bunday sxemalarni tuzish uchun JK-triggerlar qulay hisoblanadi. Ikkita JK- triggerida bajarilgan, sanoq moduli 3 ga teng bo`lgan hisoblagich sxemasi 21.3-rasmda keltirilgan. Ketma-ketli hisoblagichlarni JK-triggerlarini kiritib turlicha ulash yordamida ixtiyoriy Ksonini hosil qilish mumkin.
Reversiv hisoblagichlar. Hisoblagichlardagi sanoq yo`nalishi (tartibi) razryadlararo aloqalar turini o`zgartirib turlicha bo`lishi mumkin.

14.3-rasm. Sanoq moduli K=3 bo’lgan ketma-ketli hisoblagich sxemasi

Masalan, har bir triggerning sanoq kirishlariga T0=MQK=1MQ amalini bajaruchi, ya’ni multipleksor bo`lgan VA-YOKI-EMAS MElarini kiritib, reversiv hisoblagich hosil qilish mumkin. Dinamik T-triggerda bajarilgan bunday reversiv hisoblagichning sxemasi 21.3- rasmda keltirilgan.


V kirish trigger ishini to`xtatadi va unga yozilgan ma’lumot ancha muddat ichida saqlanishi mumkin. Ketma-ket uzatishli hisoblagichlar ichki tuzilmasining soddaligi bilan ajralib turadi, lekin kichik tezkorlikka ega, chunki triggerning har bir ulanishi, avvalgisi qayta ulangandan so`ng amalga oshadi. Shuning uchun chiqishda ma’lumot o`rnatilishining minimal vaqti quyidagiga teng:
TK1.min =Ntk ,
bu yerda: N — hisoblagich razryadlari soni, tK hisoblagich bir razryadining qayta ulanish vaqti.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling