Raqamli texnologiyalarining pedagogika oliy ta’limi faoliyatidagi imkoniyatlari jo‘rakulov Tolib Toxirovich


Download 47.32 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi47.32 Kb.
#1406620
Bog'liq
Faxriddinova H GulDU ga


RAQAMLI TEXNOLOGIYALARINING PEDAGOGIKA OLIY TA’LIMI FAOLIYATIDAGI IMKONIYATLARI
Jo‘rakulov Tolib Toxirovich
Navoiy davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi
+99893 3154437jurakulov89@inbox.ru
Faxriddinova Hilola Vahobjon qizi
Navoiy davlat pedagogika instituti talabasi
+99893 9650218 hilola1818@gmail.com


Annotatsiya: Mazkur maqolada pedagogik oliy ta’lim tizimida raqamli texnologiyalarni qо‘llash, ularning imkoniyatlarini tahlil qilish asosida о‘quv jarayonini rivojlantirishning ustuvor yо‘nalishlari aniqlangan.
Kalit sо‘zlar: raqamli texnologiyalar, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, oliy ta’lim tizimi, zamonaviy ta’lim, media bilimlar.
Аннотация: В данной стате определени приоритетние направления развития образователного процесса на основе применения сифровой технологий в системе педогогического висшего образования, анализа их возможностей.
Ключевие слова: сифровой технологии, информационно-коммуникационние технологии, система висшего образования, современное образование, медиа знаний.
Abstract: In this article, the priority directions for the development of the educational process are determined based on the use of digital technologies in the system of pedagogical higher education, analysis of their capabilities.
Key words: digital technology, information and communication technologies, higher education system, modern education, knowledge media.
Rivojlanayotgan dunyoda ta’lim berish va ta’lim olish dolzarb masalalardan biriga aylandi. Chunki aynan sifatli ta’lim biz yashab turgan dunyoni turli muammolardan qutqarishda muhim rol о‘ynashi endi xech kimga sir emas. Shu tufayli davlatlar ta’lim sohasiga katta mablag‘ ajratmoqdalar. Bu borada mamlakatimizda ham salmoqli ishlar amalga oshirib kelinmoqda. Shunday bо‘lishiga qaramay ta’lim tizimimizda hali о‘z yechimini kutayotgan qator masalalar borki ularni bartaraf etmasdan zamonaviy sifatli ta’lim haqida gapirib bо‘lmaydi. Xususan axborot olish va foydalanish tezligi juda yiriklashgan hozirgi davrda, fikrimizcha, ta’lim tizimiga raqamli texnologiyalarni jalb etmasdan ta’lim sifatini oshirish va ijtimoiy faol yoshlarni tarbiyalash mumkin emas. Biz ilgari ta’lim dasturlarini an’anaviy usulda ma’ruza shaklida olib borganmiz. Bu ham yirik xajmli kitoblarva qо‘llanmalar orqali amalga oshirilgan. Bu о‘z navbatida ta’lim sifatining u qadar yuqori bо‘lishini ta’minlamagan. О‘quvchilar turli qо‘shimcha materiallarni о‘zlashtirish uchun ham yirik xajmdagi adabiyotlar va katta qappaygan sumkalarni kо‘tarib yurishga majbur bо‘lgan.
Endilikda ta’limni raqamlashtirish jarayoni boshlandi. Bu esa ta’lim oluvchiga zamonaviy qulayliklar yaratib ta’lim olishni osonlashtirmoqda. Raqamli texnologiyalar joriy etilgan ta’lim tizimi vostilari rolini multimediyalar, kodoskop, kompyuter, noutbuk, internetga ulangan televizorlar, telefon liniyalar, smart doska, proyektorlar bajarib beradi. Bugun ular bilan ta’lim tizimining qurollantirilishi о‘quvchilarga dars mashg‘ulotlarini sifatli о‘tilishini ta’minlaydi. Bugungi pandemiya sharoiti ta’lim tizimida raqamli texnologiyalar qо‘llanilishi yaxshi samara berishini isbotladi. Televideniya orqali berib borilgan onlayn darslar raqamli ta’limga о‘tishning bir debochasi sifatida qabul qilsak bо‘ladi. Bu jarayon о‘quvchiga uydan chiqmay turib ham ta’lim olish mumkinligini isbotlab berdi. Media ta’limga о‘tishning boshqa afzalliklari tо‘g‘risida ham fikr yuritadigan bо‘lsak ularga quyidagilarni kiritish о‘rinlidir.
О‘quvchilar xohlagan joyida va xohlagan vaqtida ta’lim olish imkoniga ega bо‘ladi; - о‘quvchilar mutaxasis yetishmaydigan uzoq qishloqlarda ham fanlarni tanlash va uydan turib ta’lim olish imkiniga ega bо‘ladi;
- internetdan axborot olish va undan foydalanish madaniyati shakllanadi;
-ta’lim tizimini yangi bosqichga kо‘taradi; - vaqt va mablag‘ sarfini keskin kamaytiradi;
- “media dunyo” da yо‘qolib qolmaslik va yaxshi ish topishda ustunliklarga ega bо‘ladi.
Bugun mamlakatimizning barcha xududlarida ham internet tezligi yetarli emas. Bu esa о‘z navbatida media ta’lim tizimiga о‘tishga tо‘sqinlik qiladi. Buni bartaraf etish uchun esa xukumat darajasidagi katta ishlar amalga oshirish talab etiladi. Prezidentimizning Oliy Majlisga murojaatnomalarida ayni shu sohada kо‘rsatmalar berilgani biz fikr yuritayotgan sohada sezilarli yuksalish yuz berishiga ishontiradi[1]. Wi-Fi zonalar IT parklar ochilishi media ta’lim tizimini yuksalishiga xizmat qiladi. Media ta’limning joriy etilishi о‘qituvchilar orasida ishsizlikni keltirib chiqarishi extimolini yuzaga keltiradi, ammo buni ham bartaraf etish imkoni mavjud. Buning uchun о‘qituvchilarni raqamli texnologiyalar bilan ishlash qobiliyatini о‘stirish va internet orqali turli ochiq kurslar tashkil etish orqali bandligini ta’minlash mumkin.
Bunda nafaqat mamlakatimizdagi balki chet eldagi qator ta’lim oluvchilarni ham jarayonga jalb etish imkoni bо‘ladi. Bu о‘z navbatida mustaqil mablag‘ topish imkonini bersa ikkinchidan о‘qituvchini о‘z ustida kо‘proq ishlashi va raqobat tufayli ta’lim sifatini yanada ortishiga xizmat qiladi. Hozirgi vaqtda bunga telegram kanallari orqali amalga oshirilayotgan ta’limni misol sifatida keltirish mumkin. Bu kanallar orqali о‘zlashtirish kо‘p vaqt talab etadigan bilimlar qisqa muddatda yetkazib berilmoqda. Mamlakatda yashayotgan barcha fuqarolar, jumladan yosh bolalardan tortib nafaqaxо‘rlarning ham ongida raqamli texnologiyalar orqali jamiyatdagi barcha muammolarni hal qilish mumkin degan fikrni shakllantirmoqda.
Bundan tashqari, ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarining robotlashtirilishi, masalan bank sektorida, robotlar va ishchilar о‘rtasidagi raqobat masalasi ham kо‘tarilmoqda. Raqamlardan foydalanishga asoslangan hamda joriy etilgan texnologiyalarning sо‘zsiz foydasi bilan axloqiy, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, robotlar va tashkilotlar xodimlari о‘rtasidagi raqobatning huquqiy jihatlari bilan bog‘liq masalalar tobora kо‘proq e’tiborga olinmoqda. Shu jihatdan, mamlakatimiz Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek “Taraqqiyotga erishish uchun media bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalarini egallashimiz zarur va shart. Bu bizga yuksalishning eng qisqa yо‘lidan borish imkoniyatini beradi. Zero, bugun dunyoda barcha sohalarga axborot texnologiyalari chuqur kirib bormoqda. Albatta, raqamli iqtisodiyotni shakllantirish kerakli infratuzilma, kо‘p mablag‘ va mehnat resurslarini talab etishini juda yaxshi bilamiz. Biroq, qanchalik qiyin bо‘lmasin, bu ishga bugun kirishmasak, qachon kirishamiz?! Ertaga juda kech bо‘ladi” [1].
Davlat va jamiyat boshqaruvi, ijtimoiy sohada ham media texnologiyalarni keng joriy etib, natijadorlikni oshirish, bir sо‘z bilan aytganda, odamlar turmushini keskin yaxshilash mumkin. Ba’zi xalqaro ekspertlar onlayn ta’limga tо‘liq о‘tib bо‘lmasligi, bu jarayonga muammoli vaziyatdan chiqish yо‘li sifatida qarash lozimligini, aks holda ta’lim sifati tushib ketishini ta’kidlasa, ba’zilar zamonaviy ta’lim uchun yangi davr boshlanganini e’tirof etmoqda. Ayrim davlatlar ziyolilari esa masofaviy ta’limga qamrab olishda ta’minot masalasini ilgari surmoqda. Internet manbalarida xabar berilishicha, bugungi kunda atigi о‘nga yaqin davlatdagi talabalarning 95 foizida kompyuter bor. Indoneziyada esa 34 foiz yoshning internetdan foydalanishga sharoiti yetarli. Qolgan davlatlarda bu kо‘rsatkich ancha past. Shu о‘rinda, О‘zbekiston Respublikasida ham bu kо‘rsatkich yuqori darajada emas. Bunga sabab esa chekka hududlarda Internet infratuzilmasining yaxshi rivojlanmaganligidir. Bu esa ayrim mutaxassislar taxmin qilayotganidek, ta’lim sifati tushib ketishiga sabab bо‘lishi mumkin [2].
Xо‘sh, shu о‘rinda savol tug‘iladi. Biz raqamlashtirishga tayyormizmi? Xavf-xatarni oldindan kо‘ra bilish, uning natija hamda oqibatlarini tо‘g‘ri baholay olish vaziyatdan talafotsiz chiqib ketishni ta’minlaydi. Dunyoda pandemiya tarqalishi ortidan mamlakatimizda iqtisodiyot, sog‘liqni saqlash, xizmat kо‘rsatish sohalari singari ta’lim jarayoni uzluksizligini ta’minlash uchun ham kerakli choralar kо‘rildi. Bundan tashqari, bir nechta oliy ta’lim muassasalari talabalar va о‘quvchilar uchun virtual ta’lim tizimlarini ishga tushirdi.
“О‘quv jarayonini tashkil etish va boshqarish” axborot tizimi hamda HEMIS axborot ta’lim tizimi ishga tushirildi. Boshqa oliy ta’lim muassasalarining rasmiy veb-saytlarida ham MOODLE, Platonus, Moodle LMS, SRS (Student Records System), MOOC kabi masofaviy ta’lim platformalari hamda mobil telefon va planshetlar uchun Google Classroom, Ereader ilovalari ishga tushirilib onlayn darslar tashkil etilishi boshlandi. Shular qatori, Navoiy davlat pedagogika institutida ham qisqa muddat ichida “HEMIS ” axborot ta’lim tizimi amaliyotga joriy etildi.
Yurtimizdagi nufuzli xususiy о‘quv markazlari ham zamon talabidan kelib chiqqan holda onlayn ta’limni yо‘lga qо‘ydi. Bu jarayonning о‘zi ham mamlakatimiz ta’lim tizimida yangi bosqich boshlanganini anglatadi. Sababi, shu kungacha hali hech bir о‘quv markazi bunday tartibga о‘ta olmayotgan edi. Ta’lim tizimi bugungi kunda media texnologiyalarga singib ketayotgani shunchaki hayratlanarli yemas, chunki, bugungi kunda axborot makonida taklif etilayotgan kо‘plab narsalarni jiddiy tahlil qilish va pedagogik asoslash uchun asos bо‘lib xizmat qiladi. Sо‘nggi yillarda ta’limni “raqamlashtirish” muammolari, uning shakllanishiga ta’siri bо‘yicha birorbir davlat loyihasi yoki sо‘rovnoma asosida tadqiqotlar о‘tkazilmaganligi ham muhimdir.
Shu bilan birga, Internet tizimidagi muhitning yoshlar ongiga ta’sirining ahamiyati hukumatning, zamonaviy ommaviy axborot vositalarining ma’ruzalarida, pedagogik jamoatchilik muhokamalarida, magistrant va tadqiqotchilarning, shuningdek deputatlarning izlanishlarida ham kо‘rishimiz mumkin.
Xulosa sifatida aytish mumkinki media texnologiyalarni ta’lim tizimiga joriy etilishi mamlakat ta’lim tizimini modernizatsiya qilishda katta rol о‘ynaydi. Zamonaviy ta’limni tashkil etish va ta’lim samaradorligini ortishiga xizmat qiladi. Shu bilan birga jaxon xamjamiyatida muhim о‘rin egallashimizni ta’minlaydi.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR:
1.О‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020 yil 24 yanvarda Oliy Majlisga yо‘llagan Murojaatnomasi.
2.Шаронин Й.В. Сифровие технологии в висшем и профессионалном образовании: от личностно ориентированной Смарт-дидактики к блокчейну в селевой подготовке спетсиалистов // Современние проблеми науки и образованиЙ. – 2019. – №
Download 47.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling