Raqamli texnologiylar vazirligi muhammad al-xorazmiy nomidagi toshkent axborot texnologiyalari universiteti


Download 17.84 Kb.
Sana30.01.2024
Hajmi17.84 Kb.
#1817030
Bog'liq
Shavkatov Eldorbek BT (1)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
RAQAMLI TEXNOLOGIYLAR VAZIRLIGI
MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI

Boshqaruv tamoyillari fanidan

TOPSHIRIQ


Mavzu: "Tashkilotning tashkiliy tuzilmalari" mavzusidagi tadbirlar tashkilot qanday tashkil etilganligi va faoliyat yuritishini yaxshiroq tushunishga yordam beradi
Bajardi: Shavkatov Eldorbek
Tekshirdi: Xajiyeva Nazokat
Guruh: MAP002
TOSHKENT – 2023
Topshiriq 1."Tashkilotning tashkiliy tuzilmalari" mavzusidagi tadbirlar tashkilot qanday tashkil etilganligi va faoliyat yuritishini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. (7 ball).

  • Tashkiliy tuzilmani tahlil qilish: tashkilotning mavjud tashkiliy tuzilmasini ko'rib chiqish. Qanday bo'limlar va bo'linmalar mavjudligini, ularning ierarxiyasi va munosabatlarini tasvirlab berish.

  • Tanlagan tashkiliy tuzilmaning afzalliklari va kamchiliklarini solishtiring.

  • Tashkiliy tuzilmani ishlab chiqish: Muayyan tashkilot uchun yangi tashkiliy tuzilmani taklif eting va bu tuzilma nima uchun samaraliroq bo'ladi.


APPLE KOMPANIYASI MISOLIDA

Tashkiliy tuzilma – tashkilotni boshqarishning asosiy elementlaridan biridir. Ushbu tuzilma bo‘linmalar va tashkilotlar orasidagi maqsadlarni va boshqarish masalalarini taqsimlash bilan belgilanadi. Mazmunan, boshqaruv tuzinmasi – boshqaruv qarorlarini qabul qilish va amalga oshirish bo‘yicha mehnatlarni taqsimlashning tashkiliy shaklidir. Shunday qilib, boshqaruvning tashkiliy tuzilmasi deganda, bir – biriga qat’iy bo‘ysunadigan va boshqaruvchi, hamda, boshqariluvchi tizimlararo o‘zaro bog‘liqlikni ta’minlay oladigan boshqariluvchi zvenolar majmuasi tushuniladi. Tashkilot boshqaruv tuzilmasida quyidagi elementlar ajratiladi: zvenolar (bo‘linmalar), boshqaruv daraja (pog‘ona) lari va vertikal, gorizontal aloqalar.


Sizning kollejingizda talabalar xizmati bo’limi yoki moliyaviy yordam ko’rsatish bo’limi mavjudmi, bo’lganmi? Siz bu kursni boshqarish bo’limidan olgan bo’larmidingiz? Ijobiy qaror qabul qilingandan so’ng, kim tomonidan qanday ishlar amalga oshiriladi, ish faoliyati guruhlarga umumlashtirilgan bo’lishi lozim, shu tariqa ish komplekslashtiriladi va boshqariladi.
Ish joylarining guruhlarga umumlashtirilishi departamentlarga ajratish (bo’limlarga umumlashtirish) deb aytiladi. Departamentlarga ajratishning beshta ommaviy tamoyillari qo’llaniladi, lekin korxona o’zining alohida shaxsiy tizimini ishlab chiqishi mumkin. (Masalan, otellarda mehmonxonalarda ish jarayonlarini ro’yxatga olish, sotuv va umumiy ovqatlanish, tozalikni ta’minlash va kir yuvish, texnik xizmat ko’rsatish bo’limlari bo’lishi mumkin).
Aksariyat yirik kompaniyalar ushbu bo’limlarga ajratish kombinatsiyalarini yoki ularning ushbu bo’limlarga ajratish usullaridan foydalanib kelmoqdalar. Masalan Yaponiyaning yirik elektron kompaniyasi o’zining bo’linmalarini funksional tamoyillarga ko’ra, jarayonning ishlab chiqarish birliklariga, sotuvini ettita jo’g’rofik mintaqa va to’rtta gurux mijozlarga moslashtirib tashqillashtiradi.
Apple kompaniyasining tashkiliy tuzilmalari keng qamrovli va samarador faoliyat olib bormoqda.

Uning tashkiliy tuzilmasi quyidagilardan iborat:

1. Ishonchli Bo'limlar: Apple tashkilotida moliyaviy, marketing, rivojlanish, va ishlab chiqarish bo'limlari mavjud. Bu bo'limlar o'zaro hamkorlik qilib, tashkilotning umumiy maqsadlariga yo'naltiriladi.

2. Ierarxiya: Tashkilotning boshqaruv tuzilmasi oson va tushunarli. Bunday ierarxiya faoliyatni tuzatish va rivojlanish uchun samarador.

3. Munosabatlar: Bo'limlar o'zaro hamkorlikda ishlaydi va ma'lumot almashish vositalari orqali bir-biriga ta'sir ko'rsatadi. Bu, innovatsiyani rivojlantirish uchun muhim.



Afzalliklar:

- Innovatsiya: Tashkilot yangi texnologiyalarni o'rganish va ularni joriy etishda samaradorlik ko'rsatadi.

- Global Marketing: Apple dunyo bo'ylab keng tarqalgan bozorlarga yetkazib berishda muvaffaqiyatli bo'lib, markasini ommaviy darajada tanishtiradi.

-Dunyodagi eng yaxshi mahsulotlar ishlab chiqaradi

-Apple kompaniyasidan butun dunyo mamnun

Kamchiliklar:

- Mahsulot narxlarining yuqori bo'lishi: Ba’zi kamchiliklar, masalan, mahsulotlarining narxlarining yuqori bo'lishi, mijozlar uchun muammo bo'lishi mumkin.

-Mahsulotlarini rasmiy ravishda barcha davlatlar uchun ishlab chiqarmasligi va mahsulotlarida dasturiy ta’minotida barcha tillar ishtirok etmasligi

Tashkilot uchun yangi tashkiliy tuzilma:

- SmartHome Bo'limi: SmartHome bo'limi, nutq, axborot texnologiyalari va IT sohalarida innovatsiyani rivojlantirish uchun yaratilgan. Bu bo'lim, yangi mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqishda rivojlanish imkoniyatlarini oshiradi.



-Kompaniya deyarli har bir davlat uchun yaratiladigan mahsulotlarini shu davlatga savdosini yo’lga qo’yish va ishlab chiqarishni yillik hajmini oshirish
Download 17.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling