Rashid zohid


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar


Download 0.83 Mb.
bet22/100
Sana31.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1144024
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   100
Bog'liq
QO\'LLANMA

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Hirot matnshunosligi maktabida shaxs roli.
2. Maxsus kitobat guruhi deganda nimani tushunasiz?
3. Mir Ali Tabriziyning eng buyuk xizmati?
4. Xattotlik bilan shug‘ullangan shahzodalarni sanang.
Mavzu: XIV asr oxiri va XV asr adabiy manbalari
Reja:
1.Haydar Xorazmiyning “Maxzanul asror” qo‘lyozmalari
2. Lutfiy, Atoiy, Sakkokiy devonlari qo‘lyozmalari
3. Alisher Navoiy ilmiy-adabiy merosi tasnifi.


Tayanch ibora va tushunchalar: “Maxzanul asror”, Sulaymoniya kutubxonasi, “Gul va Navro‘z”, Lutfiy asarlari qo‘lyozmalari katalogi, Ismoil ota, SHayxzoda Atoyi, Sakkokiy devoni, Navoiy asarlari tasnifi.


Haydar Xorazmiyning “Maxzanul asror” qo‘lyozmalari. Haydar Xorazmiy XIV asrning ikkinchi yarmi XV asrning birinchi yarmida yashab ijod etgan. Haydar Xorazmiyning “Maxzanul asror” asari hamd, na’t, maqolot, mav’iza va hikoyatlardan tashkil topgan. SHoir ushbu asarini Temuriy shahzodalardan Iskandar Mirzoga tortiq qilgan. Asar muqaddimasida unga bag‘ishlangan qasida keltirilgan. “Maxzanul asror” muqaddima, to‘qqiz maqolot va xotimadan iborat bo‘lib, 619 baytni tashkil qiladi. “So‘z ta’rifining bayoni”dan baytlar keltiramiz:
عمر چو قطع ايتتى عدم منزلين سوزگا رقم اوردى آدم ننك تيلى
سوز گهرى بيلگوچى سرفراز بولدى بيليگ نعتيده منصوبة باز...
مخزن اسرار بو رمز ايردى بيل ناطقة بو كوزگودين اوگرندى تيل
مندين اولاشيلدى مرطب تمام صفر صفى اوشبو دورور و السلام
عاقل مونى علوم ادم ديدى برچه اولوق اسم دين اعظم ديدى
عاقل اگر سوز بيله سوزنى ياپار عارف اوشول سوزده اوزينى تاپار
اول كه بيلور سوز گوهرى قيمتين سوزده تاپارسوزلاگوچی ننک آتين...
“Maxzanul asror”ning uyg‘ur xatida uchta qo‘lyozmasi mavjud. 1444 yili Samarqandda Zaynul Obidin tomonidan ko‘chirilgan nusxa noqis bo‘lib, 33 bayti saqlangan.36 “Maxzanul asror”ning uyg‘ur yozuvidagi yana bir nusxasi Istanbuldagi Sulaymoniya kutubxonasining Ayosofiya bo‘limida saqlanayotgan 4757 raqamli majmua tarkibidan joy olgan bo‘lib, “Hibatul haqoyiq” asaridan keyin kelgan. Abdurazzoq kotib 1480 yil Istanbulda ko‘chirgan. Asarning arab yozuvidagi boshqa nusxalari ham dunyoning turli qo‘lyozma fondlarida saqlanmoqda.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling