Rashid zohid
Maxsus kitobat guruhining tashkil etilishi
Download 0.83 Mb.
|
QO\'LLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Boysunqur Mirzoning manbashunoslik faoliyati.
Maxsus kitobat guruhining tashkil etilishi. YOsh Boysunqur Mirzo saroyda vazirlik vazifasini ado etish bilan birgalikda ilmga tashnaligi tufayli kitoblarga alohida e’tibor berdi. Saroyning Humoyun kutubxonasidagi kitoblar sonini keskin ko‘paytirib, uning qoshida maxsus kitobat guruhi tashkil etdi. Zamona tarixchilarining xabar berishlaricha, bu mehnat jamoasi 40 nafar atrofida bo‘lib, u erda mashhur xattotlar, naqqosh va musavvirlar, sahhof va muzahhiblar ilmiy va ijodiy ish olib bordilar. O‘g‘illarining bu ishini SHohrux ham, Gavharshodbegim ham juda ma’qullab turdilar. Shohruhning o‘zi ham Mavlono Ma’ruf kabi xattotlarni SHerozdan Hirotga ko‘chirib kelib, bu kutubxonada kitoblar ko‘chirish vazifasiga tayinladi. Sulton Boysunqur Mirzo kutubxonasining xattotlari qo‘lyozma kitoblarda hurmat bilan tilga olinadi.
Ulardan biri bo‘lgan Ahmad Rumiy ko‘p fozil kishilar bilan suhbatlashishga moyil bo‘lgan. Ularning ilmu ma’rifat haqidagi bu suhbatlari doimo kitoblarga borib taqalardi. Boysunqur Mirzo kutubxonasining xattot va mirzolaridan boshqa biri Hoji Maqsud har bir qalamda (xat turida) shuhrat qozongan edi. Sulton Boysunqur Mirzo kitobat guruhiga mansub bo‘lgan boshqa bir xattot SHams Boysunqoriyga shoirlar o‘z devonlarini yoqutona xat bilan ko‘chirishni buyurar edilar. Sultonning bu xattotga hurmati baland edi.34 Boysunqur Mirzoning manbashunoslik faoliyati. Boysunqur Mirzo bu sohada sidqidildan mehnat qildi. 1420 yil Eron Ozarbayjoniga, 1431 yil Astrobodga hokim qilib yuborilgan bo‘lsa-da, bu yo‘nalishdagi faoliyatini to‘xtatmadi. 1425-26 yillar uning sa’y-harakati va so‘z boshisi bilan «SHohnoma»ning 40 ga yaqin qo‘lyozma nusxalari muqoyasa qilingan mukammal nusxasi (hozirgi mezon bilan aytganda—ilmiy tanqidiy matni) yuzaga keldi. Jozibali suratlar bilan bezatilgan bu nusxalardan biri hozir Tehron muzeyida saqlanadi. Bu nusxa bir necha asrlardan beri «SHohnoma»ning yangi nusxalarini yaratish va tarjimalar qilish uchun eng ishonchli manba sifatida tan olib kelinganini keyingi asrlarda ko‘chirilgan nusxalar ko‘rsatib turibdi. “SHohnoma”ning tarjimalari ustida ish olib borgan tadqiqotchilar tarixda mashhur bo‘lgan turkiy tarjimalardan 1781 yilda amalga oshirilgan Xomushiy tarjimasini mana shu nusxadan qilingan deb hisoblaydilar. Bundan tashqari o‘sha davrlargacha tarqoq holda bo‘lgan Amir Xusrav Dehlaviyning ulkan poetik merosini jamlashda Boysunqurning jonbozlik ko‘rsatganini, natijada 120 mingdan ziyodroq bayt hajmida she’rlari to‘planganini Davlatshoh Samarqandiy mamnuniyat bilan tilga oladi35. Eron adabiyotshunos olimi Bahor ham “Sabkshunosi” asarida Boysunqur Mirzo tuzgan matnshunoslar guruhi xizmatlariga yuqori baho bergan: “Sa’diydan keyin “Guliston” kabi asarlar ham omma uchun tarjima qilinib, fors tilining hammabop darsliklaridan biriga aylandi. Boysunqurning VIII—IX asr (hijriy) temuriylar davrida Hirot va Xurosonning husnixat ustalari guruhi “Guliston”ni ko‘chirish bilan ko‘p mashg‘ul bo‘lganlar. Boysunqur Mirzo zamonida xattotlar “Guliston” ni bir qancha nusxada Sa’diy zamonidagi mashhur xattot YOqut Mustasmiy nomi bilan ko‘chirganlar va shunday nusxalardan bizgacha etib kelganlari mavjud”. Bu jumlalardan ko‘rinib turibdiki, mazkur guruh kitob ko‘chirish uchun nusxa tanlashda iloji boricha muallif zamonasidagi nusxalarni tanlashga harakat qilishgan. Boysunqur Mirzoning buyrug‘i bilan yana “Faraj ba’da shiddat”ning tarjimasi, “Nusxatul arvoh” kitoblari ko‘chirilgani haqida ham ma’lumotlar bor. Bu davrda yuzaga kelgan Boysunqur Mirzo yoki uning guruhi qalamiga mansub kitoblar juda ko‘p mamlakatlarga yoyildi va ularning ko‘pchiligini hozirgi paytda ko‘pgina SHarq mamlakatlari qo‘lyozma fondlarida (Istambul, Tehron va h.k.) uchratish mumkin. Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling