Rashid zohid


Download 0.83 Mb.
bet16/100
Sana31.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1144024
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   100
Bog'liq
QO\'LLANMA

XIV asr adabiy manbalari. XIV asr turkiy adabiyotning muhim manbalaridan biri “Qisasi Rabg‘uziy”dir. Rabg‘uziy Xorazmdagi Rabot o‘g‘uz degan joyning qozisi edi, Bu xususda asar muqaddimasida shunday deyiladi:


بو كتابنى توزگان طاعة يولينده تيزگان معصية يابانين كيزگان از آزوقليغ كوپ يازوقليغ رباط اوغوزينينك قاضيسى برهان اوغلى ناصر الدين اوروغى...انداغ ايتور...
Muqaddimada Rabg‘uziy asar yozilishining sabablarini bayon qiladi:
تأرخ يوز ايللي نينك اول يده قاصد بيتيلدى كيم پيغمبرلار قصه لارينكه غاية رغبتيم بار. تيكمه يرده تيكمه كيم ايرسه ده بولينور بعضي سى مستقم بار بعضى سى نامستقم. بير آزينك سوزلارى كيسوك بار بير آزينك مقصودلارى اوكسوك. ايمدى سينك ذمنكدين چیقغان قلمنكدين آقغان كتابت مه سينك ابارت مه سينك بولوپ بيزگا قصص الانبياء بولسه اوقوماق قه كيرك ليغ اوگرنمك كا ياراغليغ بولغاى ايردى تيپ التماس يانكليغ اشارت بولدى ايرسه نيچه مه اوزيمنى اول ايشكه لائق اول عملغا موافق ايرمه سين بياميش ايركان اوزومنى اغيرلپ نفس ساقلمیش بولوپ اغور بولسون تيپ بو اغیر ایشکه اوغردميز...
“Qisasi Rabg‘uziy”ning turli davrlarda ko‘chirilgan qo‘lyozmalari bizgacha etib kelgan. Mavjud qo‘lyozmalarning eng eskisi XV asrga oid bo‘lib, Britaniya muzeyida saqlanadi. Taxminan XV-XVI asrlarda ko‘chirilgan yana bir qadimiy nusxasi Sankt-Peterburgda Rossiya FA SHarq qo‘lyozmalari institutida S-245 raqami ostida qayd etilgan. XIX-XX asr boshlarida Toshkent, Qozon matbaalarida ham bir necha bor chop etilgan.
XIV asrga oid turkiy adabiyotning qimmatli yodgorliklaridan biri Qutbning “Xusrav va SHirin” asaridir. Asar Nizomiyning ayni nomdagi masnaviysiga nazira tarzida yozilgan. “Xusrav va SHirin”ning yagona qo‘lyozmasi 1383 yili Misrda ko‘chirilgan bo‘lib, Parijdagi Milliy kutubxonada saqlanadi. 280 bet hajmida, 90 bobdan iborat masnaviy Oltin O‘rda xonlaridan Tanibekka bag‘ishlangan.
XIV asr turkiy nasri namunalaridan biri Mahmud ibn Aliy ibn Saroiyning “Nahjul farodis” asaridir. Kitob so‘ngida aytiladi:

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling