Rashid zohid


Xattotlik va kitobat san’atining rivojlanishi


Download 0.83 Mb.
bet21/100
Sana31.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1144024
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   100
Bog'liq
QO\'LLANMA

Xattotlik va kitobat san’atining rivojlanishi. Bu davrdagi ilmiy, adabiy-madaniy merosga bo‘lgan munosabat arab yozuvining rivojiga ham katta ta’sir ko‘rsatdi. Tarixda nasta’liq xatining ravnaq topishi va shuhrat qozonishi ayni shu Hirot matnshunoslik maktabining faoliyati bilan bog‘liq.
Ma’lumki, xatning bu turiga nasx xati asos qilib olingan. Avvaliga nasx xati harflarini kichraytirish va kaltalatish yo‘li bilan o‘zgara bordi. Dastlab, (XIV asr) bu xatni ingichka xat turi nomi bilan atab kelishgan. XV asrda bu xat isloh qilinib, o‘zining qat’iy shakliga ega bo‘ldi. Bu xatda tanilgan dastlabki xattot temuriylar davri husnixat san’atining faxri hisoblangan Mir Ali Tabriziy edi. U nasta’liq xatining ixtirochisi (voze’), «Qiblatul kuttob» (kotiblar peshvosi) degan laqab bilan shuhrat qozondi.
Devon, risola va maktublar ta’liq xati bilan ko‘chirilayotgan bir vaqtda Mir Ali nasta’liq xatini ixtiro qiladi hamda ta’liq xatiga nasx xatini kirishtiradi. Shuning uchun ham uning xatiga «nasxi ta’liq» nomi beriladi. Bu xat xattotlar orasida juda tez yoyilib, Tabriziyning shogirdlari doirasi borgan sayin kengaya boradi. SHogirdlari orasida uning o‘z o‘g‘li Mir Abdullo ham bor edi. Uning shogirdlaridan ikki kishi - biri Mavlono Ja’far SHohrux Mirzo zamonida xushxatlikda nom chiqargan. Ikkinchisi, Mir Abulhay kitobat san’atida, insho va tahrirda tengi yo‘q kotib bo‘lib, Sulton Abu Sa’id zamonida inshonavislik shu kishiga topshirilgan edi. SHogirdlaridan (kuyovi) Amir Muhammad Badriddinga ham Mir Ali Tabriziyning hurmati baland bo‘lgan.
Keyinchalik Sulton Husayn Boyqaro huzurida faoliyat ko‘rsatgan Mir Ali Hiraviy va Mullo Ja’far Tabriziylar ham bu xat bilan shuhrat qozonishdi. Ular ham bu xatga islohotlar kiritishdi. Boyqaro saroyida Sulton Muhammad va Sulton Ali Mashhadiylar bu xatni qiyomiga etkazdilar.
Kitobat san’atida temuriy shahzodalarning o‘zlari ham yaxshigina faoliyat ko‘rsatishgan. Xattotlik san’atiga mehri baland Boysunqur Mirzo talaygina kitoblarni qalamdan chiqarish bilan birga Mashhadda qurilgan, onasi Gavharshodbegim nomi bilan atalmish masjid devorlariga suls yozuvida kitobalar bitgan (bu yozuvlar hozir ham qisman saqlanib qolgan). Uning ulug‘ tarixchi Sharafiddin Ali Yazdiyning ta’limini olgan akasi Mirzo Ibrohim (1431 yilda vafot etgan) ham olti xil xatda tengi yo‘q xattot edi. Mashhur xattot yoqut uslubiga taqlid qilib, xat san’atida undan o‘tib ketgan edi. U yozgan xat qoldiqlarining ba’zilari o‘zi hokimlik qilgan SHerozdagi qadimiy binolarda hozir ham qisman saqlanib qolgan. Keyinchalik Shoh Farib Mirzo va va Sulton Husayn Boyqaroning o‘g‘li Badiuzzamon ham xattotlik bilan shug‘ullanishgani ma’lum.
Shohrux davrida uning saroyida asos solingan hamda XV asr davomida dovrug‘ taratgan Hirot matnshunoslik maktabi va u erda fidokorona mehnat qilgan kishilarning xizmatlari tufayli adabiy-madaniy merosga e’tibor kuchaydi, borlari yig‘ilib, nusxalari ko‘paytirildi, tarjima qilindi, yangilari yaratildi, miniatyura san’ati yuksak darajada ravnaq topdi, xat turlari takomillashib, nasta’liq xati yuzaga keldi va keng rasm bo‘ldi, anchagina qo‘lyozma nusxalar silsilasi uzilmay keyingi avlodlarga etib keldi.



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling