GLOSSARIY
(qo‘llanmaning tushunchaviy apparati)
Abjad – qadimgi arab alifbosi tarkibidagi harflardan tuzilgan va har qaysi harfning son qiymatini eslab qolish uchun yasalgan sakkizta so‘zning birinchisi va shartli umumiy nomi. Bu so‘zlar:
abjad – (4) د (3) ج (2) ب (1) ا
havvaz – (7)ز (6)و (5) ه
hutti – (10)ى (9) ط (8) ح
kalaman – (50)ن (40) م (30)ل (20)ك
sa’ufas – (90)ص (80)ف (70)ع (60)س
qarashat – (400)ت (300)ش (200)ر (100)ق
saxxaz – (700)ذ (600)خ (500)ث
zazag‘ – (1000)غ (900)ظ (800)ض
Adabiy manbashunoslik – filologiyaning ibtidosini boshlab beruvchi asosiy qism bo‘lib, adabiyot tarixining turli davrlarida bitilgan yozma manbalarni, shoir va ijodkorlarning yoxud muallifi noma’lum bo‘lgan asarlarning yozilgan davridan boshlab, to hozirgacha ko‘chirilgan qo‘lyozmalarini, bosma nashrlarini tanqidiy o‘rganuvchi, Shuningdek, adabiy manbalarning o‘zaro ta’siri, genezisini aniqlovchi fandir
Adabiy manbalar reesteri – mamlakatimizda mavjud qadimiy qo‘lyozma kitoblar fondlaridagi adabiy manbalarning markazlashtirilgan ro‘yxati
Adabiy manbalar to‘la katalogi – fondlarda mavjud adabiy manbalarning tizimli tartibda shakllantirilgan ilmiy tavsiflar jamlanmasi
Arxitep nusxa – manbaning keyin ko‘chirilgan nusxalariga asos bo‘lgan asl nusxa127
Do'stlaringiz bilan baham: |