Basmala – “mehribon va rahmli Ollohning nomi bilan boshlayman” degan mazmundagi (بسم الله الرحمن الرحيم) arabcha kalimaning qisqartma nomlanishi
Bibliografik resurs – soha doirasida to‘plangan va doimiy ravishda boyitilib boriladigan adabiyotlar zahirasi
Birlamchi manba – tadqiqotga sabab bo‘lgan ob’ektlarning eng avvalida turuvchi manba
Germenevtika – XVIII-XIX asrlarda g‘arbda, nemis olimlari tomonidan o‘rganilgan matnni tushunish va tushuntirish nazariyasi, metodologiyasi haqidagi ta’limot128
Glossariy – muayyan soha mavzulariga oid maxsus istiloh va tushunchalarni izohlash maqsadida tuzilgan tor ixtisosli lug‘at
Davot – ichida siyoh saqlanadigan idish, siyohdon
YOrdamchi nusxa – qo‘lyozmaning ilmiy-tanqidiy yoki yig‘ma matnini tayyorlashda tayanch manbadan keyingi maqomda turuvchi qo‘lyozma nusxasi
Jadval – qo‘lyozma kitoblarda matn atrofiga chizilgan to‘g‘ri burchakli ramka (bir chiziqli, ikki, uch chiziqli, oddiy yoki zarhal jadvallar matnni ajratish bilan birga, sahifaning chiroyini ham ta’minlaydi)
Zarvaraq – qo‘lyozma birinchi betining to‘la zarhal rangda bezatilishi (mazkur bezak ikki bet yuzini to‘ldirgan bo‘lsa, qo‘shzarvaraq deyiladi)
Ilmiy yondashuv metodikasi – ilmiy muammoni tizimli o‘rganish usuli
Ilmi tajvid – Qur’oni karimni to‘g‘ri o‘qish qoidalarini o‘rgatuvchi ilm
Ilmiy-tanqidiy matn – qo‘lyozma manba nusxalarining o‘zaro qiyoslab saralangan, o‘xshash va farqli jihatlariga ko‘ra guruhlangan, guruhlardagi etakchi qo‘lyozmalar asosida tayanch nusxasi tanlangan va shu asosda boy ilmiy apparat bilan ta’minlangan asliyat yozuvidagi ishonchli matn
Ilmiy istifodaga kiritish – qadimiy (yoki zamonaviy) qo‘lyozma matn nusxalarini aniqlash, nusxalar o‘rtasida qiyosiy tadqiq olib borish, natijalarni faksimil yoki boy ilmiy apparat bilan ta’minlangan yig‘ma-qiyosiy, ilmiy-tanqidiy matn shaklida taqdim qilish
Do'stlaringiz bilan baham: |