Matn aniqligi – matn tahqiqi jarayonida matnning g‘oyat darajada aniqligini ifodalovchi (ضبط المتن) istilohiy birikmasining turkiy tarjimasi
Matn tarixi – muayyan matnning paydo bo‘lishidan to oxirigi holatigacha davom etgan o‘zgarishlar silsilasi
Matn tahqiqi – qo‘lyozma matndagi har bir so‘z, har bir jumlaning haqiqatda muallif matniga muvofiqligini ilmiy dalillar bilan har tomonlama asoslash
Matnshunoslik – qadim (va zamonaviy) qo‘lyozma adabiy manbalarni asliyat asosida tizimli tadqiq qilish va nashrga tayyorlash qoidalarini o‘rgatadigan fan
Matnshunoslikning bosh masalasi – matn tarixini tiklash konseptini nazariy va amaliy jihatdan anglash
Mir Ali Tabriziy – nasta’liq xatining ixtirochisi (voze’), “Qiblatul kuttob” (kotiblar peshvosi) degan laqab bilan shuhrat qozongan
Mushafi Usmoniy – teriga ishlangan noyob kitoblardan biri; VII asrda xalifa Usmon roziyallohu anhu ko‘rsatmasi bilan bitta muqova ostiga jamlangan; tarixda “Mushafi Usmoniy” nomi bilan mashhur Qur’on
Muhaqqiq - matn tahqiqi jarayoni matndagi har bir so‘z, har bir jumlaning muallif matniga muvofiqligini ilmiy dalillar bilan har tomonlama asoslashni amalga oshiruvchi mutaxassis.
Muhrkash – muhr yasovchi ustalar
Na’t – hamddan so‘ng Payg‘ambarimiz Muhammad alayhissalomni eslab, u zotga solavot aytish ( adabiy matnlardagi bunday bag‘ishlovlarga na’t, sano, durud degan nomlar berilgan)132
Odobi tasnif – kitobning ichki tuzilishi bilan bog‘liq qoida va talablar
Pergament – Miloddan avvalgi II asrda kitob materiali sifatida foydalanilgan teri
Poygir133 – varaqlar ketma-ketligini bildiruvchi so‘zlar (har bir varaqning pastgi chap burchagida keyingi sahifada davom etuvchi matnning avvalgi so‘zi qiyalatib yozilgan)
Do'stlaringiz bilan baham: |