Rashid zohid


Download 0.83 Mb.
bet60/100
Sana31.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1144024
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   100
Bog'liq
QO\'LLANMA

Sababi ta’lif – odobi tasnif qoidalaridan biri bo‘lib, hamd va na’tdan so‘ng kitobning yozilish sababini bayon qilish

  • Siyoh – yozishda qo‘llanadigan suyuqlik

  • Tabdil – o‘zgartirish, almashtirish; matnshunoslik istilohida bir imlodan boshqa imloga o‘zgartirish tushuniladi

  • Tavsif – sifatlash, xarakterlash; matnshunoslik istilohida qo‘lyozmaning tashqi va ichki jihatlari haqidagi ma’lumot berish tushuniladi

  • Tadqiq – masalani nozik yo‘l bilan dalillab isbotlash134; aniq va ishonchli dalillar bilan muayyan ilmiy maqsadga yo‘naltirilgan tizimda ish olib borish

  • Tajribaga asoslangan bashorat (ilmiy prognoz) ­­– ilmiy tekshiruvdan o‘tgan, tajribada sinalgan aniq natija va dalillarga suyanib ilgari surilgan ilmiy faraz

  • Tasnif (klassifikatsiya) saralash, tartibga solish; inson faoliyatining biror sohasiga oid tushuncha, hodisalar tizimini o‘xshash va farqli xususiyatlariga ko‘ra turlarga ajratish

  • Tayanch nusxa – ko‘p nusxali matnlarni o‘zaro qiyoslab saralash, saralangan nusxalarni o‘xshash va farqli jihatlariga ko‘ra guruhlash, guruhlardagi etakchi qo‘lyozmalar asosida ilmiy-tanqidiy matnga asos bo‘luvchi nusxani tanlash (ilmiy-tanqidiy matn tayanch qo‘lyozmaning izmiga imkon qadar bo‘ysundiriladi, o‘rni kelganda tayanch nusxaga ham tanqidiy nazar bilan yondashiladi; bunday holatda mazmun taqozo etgan boshqa nusxalar tayanch nusxadan afzal sanaladi)

  • Ta’sirlar zanjiri ­­– mutolaa qilingan kitob o‘z o‘quvchilarida turli xil o‘xshash va farqli fikrlarni uyg‘otadi, fikrlarning o‘xshashligi qarashlarni, farqliligi yondashuvlarni yuzaga keltiradi; bu jarayon bamisoli kitobdan kitoblar otilib chiqayotgan, asardan asarlar tarmoqlanib, toshib oqayotgan oqimga o‘xshaydi; fikr, qarash, yondashuvlarning o‘zaro kelishuvi, shartlashuvi ostida sodir bo‘ladigan bu jarayon ixtiyoriy tarzda kechadi; ma’lum adabiy asar bo‘yicha tadqiqot olib borayotgan manbashunos o‘zi o‘rganayotgan ob’ektning yaxlit butunlik sifatida yuzaga kelishiga sabab bo‘lgan “ta’sirlar zanjiri”ni tiklaydi, tadqiq etilayotgan asarning bu silsiladagi o‘rnini belgilaydi, xalqalar orasidagi munosabatlarning umumiy qonuniyatlarini aniqlaydi; manbashunoslik tadqiqi mana shu uzluksiz jarayon ichida kechadi

  • Tahrir – muallifning o‘ziga xos uslubini saqlagan holda mazmun va shaklda mukammallikka erishish maqsadiga qaratilgan ijodiy jarayon bo‘lib, mazmun ustidagi tahrir – ilmiy va siyosiy matnlarda, matnning qurilishi, tuzilishi, uslubi ustidagi tahrir – adabiy matnlarda, matnning badiiy bezaklari – texnik tahrirda kuzatiladi


  • Download 0.83 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   100




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling