Rashid zohid


Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar


Download 0.83 Mb.
bet15/100
Sana31.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1144024
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   100
Bog'liq
QO\'LLANMA

Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. Qo‘lyozma merosimizning xalqimiz orasida ommalashuvi omillari.
2. Qadim turkiy manbalar qo‘lyozmalari haqida gapiring.
3. “Qutadg‘u bilig”ning turlicha nomlanishlarini asliyat yozuvida yozing.
4. “Hibatul haqoyiq”ning nechta qo‘lyozma nusxasi mavjud?

Mavzu: XIV asr yozma yodgorliklari


Reja:
1. “Chig‘atoy turkchasi” yozma adabiy til sifatida
2. XIV asr adabiy manbalari
3. “Muhabbatnoma”, “Dahnoma”, “Latofatnoma” qo‘lyozmalari


Tayanch ibora va tushunchalar: Chig‘atoy turkchasi, eski anado‘lu turkchasi, eski o‘zbek adabiy tili, “Qisasi Rabg‘uziy”, “Nahjul farodis”, “Muhabbatnoma”, “Dahnoma”, “Latofatnoma”.

Chig‘atoy turkchasi” yozma adabiy til sifatida. Oltin O‘rda davlatining, keyinchalik temuriylar saltanatining yuzaga kelishi turkiy madaniyat, yozma adabiyot va adabiy tilning ravnaqiga keng yo‘l ochdi. Buning ta’sirida XIV asrda qoraxoniylar davri adabiy tilining davomi sifatida ikki ulkan yozma adabiy til yuzaga keldi: “Chig‘atoy turkchasi” va “qipchoq tili”. “Chig‘atoy turkchasi” tarixiy atama bo‘lib, XIII – XVI asrdagi eski o‘zbek adabiy tilining yana bir nomidir. Bu til temuriylar davlatining rasmiy va yozma adabiy tili sifatida yuzaga keldi. Uning ildizlari qoraxoniylar davri yozma adabiy tiliga, u orqali qadimgi turkiy bitiklarning til an’analariga ulanib ketadi. Lutfiy, Atoiy, Sakkokiy, Navoiy, Bobur singari adiblarimizning asarlari shu yozma adabiy tildadir.


O‘rta asrlarda eski o‘zbek tili (“Chig‘atoy turkchasi”) O‘rta Osiyodagi barcha turkiy xalqlar uchun umumiy yozma adabiy til sifatida xizmat qildi. Temuriylar davrida takomillashib. YUksak bosqichga erishgan eski o‘zbek adabiy tilining an’analari O‘rta Osiyo xalqlari orasida uzoq davom etdi. Temuriylar saltanatining Qashqardan tortib Hirot, YAzd yoki Samarqandda yashab ijod etgan adiblarning asarlari o‘zaro tushunarli bo‘lgan ana shu yozma adabiy tilda ifodalandi. Bu davr tili o‘zbek tilining keyingi takomil yo‘lini ham belgiladi. Temuriylar zamonidagi yozma adabiy til an’analari XX asr boshlariga qadar saqlandi.
Qoraxoniylar davri adabiy an’analari ta’sirida XIII asrda saljuqiylar davlatida o‘g‘uz guruhi asosidagi boshqa bir adabiy til ham tarmoq ota boshladi. Bu til ilmiy adabiyotlarda “eski anado‘lu turkchasi” deb nomlanadi. Eski anato‘lu turkchasi asosida keyinchalik “usmoniy turkchasi” nomini olgan yozma adabiy til yuzaga keldi. Usmoniy turkchasi eski o‘zbek adabiy tili bilan bir vaqtda, lekin boshqa saltanat hududida amal qilgan yozma adabiy til edi. Usmoniylar zamonida shakllangan yozma adabiy til eski o‘zbek adabiy tili (Chig‘atoy turkchasi)ga juda yaqin turadi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling