Rashid zohid


Download 0.83 Mb.
bet24/100
Sana31.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1144024
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   100
Bog'liq
QO\'LLANMA

Mavlona Sakkokiy devonining ikki qo‘lyozmasi ma’lum. Biri – Britaniya muzeyida42, ikkinchisi – Toshkentda O‘zRFA SHI fondida saqlanmoqda.43 Bu qo‘lyozmalardan Britaniya muzeyidagi nusxaning ko‘chirilgan yili qadimiyroq.
Alisher Navoiy “Majolisun nafois”da aytadi: “Mavlono Sakkokiy Movarounnahrdindur. Samarqand ahli anga ko‘p mu’taqiddurlar va bag‘oyat ta’rifin qilurlar. Ammo faqir Samarqandda erkanda muarriflaridin har necha tafahhus qildimkim, aning natoiji tab’idin biror nima anglayin, ta’rif qilg‘onlaricha nima zohir bo‘lmadi...”44
Alisher Navoiy ilmiy-adabiy merosi tasnifi. Alisher Navoiy asarlarini turlarga ajratib guruhlash masalasi olimlar tomonidan turlicha taqdim etilgan. Biz quyidagi tasnifda matnshunos, tilshunos olim Q.Sodiqov varianti45ni asos sifatida oldik va asarlarning xususiyatidan kelib chiqib, ayrim o‘rinlarga qo‘shimcha va izohlar kiritdik. Demak Alisher Navoiy ilmiy-adabiy merosini shunday turkumlash mumkin:


I – Devonlar

  1. Ilk devon (1465-1466 yillar)

  2. Badoe’ul bidoya (1465-1481 yillar)

  3. Navodirun nihoya (1480 yil)

  4. Xazoyinul ma’oniy (1492-1499 yillar):

- G‘aroyibus sig‘or;
- Navodirush shabob;
- Badoe’ul vasat;
- Favoyidul kibor
5. Devoni Foniy (1496 yil)


II – Masnaviy yo‘lida bitilgan manzumalar

  1. Xamsa:

  • Hayratul abror (1483 yil);

  • Layli va Majnun (1484 yil);

  • Farhod va SHirin (1484 yil);

  • Sab’ai sayyor (1485 yil);

  • Saddi Iskandariy (1485 yil).

  1. Lisonut tayr (1498-1499 yillar)

  2. Masnaviy

  3. Soqiynoma



Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling