Rashid zohid
Qo‘lyozma kitob muqovasi, kotib, muhrkash, lavvoh, sahhof faoliyati
Download 0.83 Mb.
|
QO\'LLANMA
Qo‘lyozma kitob muqovasi, kotib, muhrkash, lavvoh, sahhof faoliyati. SHarq kitobatchiligida kitob muqovasi ham o‘ziga xos san’at asari darajasiga ko‘tarilgan. Lekin bizgacha etib kelgan qo‘lyozma kitoblarning hammasida ham asl muqova saqlangan emas, ular ta’mir jarayonida kartondan qayta ishlangan. Kitobat tarixini o‘rganishda original muqovalar qadrlidir. Qadimiy kitob muqovalari odatda charm, yog‘och yoki kartondan ishlangan. Ba’zi muqovalar kartondan ishlanib, ustiga charm qoplangan. Ayrimlarining ustiga mato g‘ilof tortilgan. Muqovaning yuziga ishlangan naqshlari bo‘rtma, uyma yoki sidirg‘a yuzli bo‘lgan.
Temuriy shahzoda Boysunqur Mirzo Hirotda asos solgan saroy kutubxonasi muqovasozlik rivojida yangi davrni boshlab bergan. Boysunqur mirzo saroy kutubxonasidagi muqovasozlik ishlari to‘g‘risidagi bir qancha tarixiy manbalarda ma’lumotlar keltirilgan bo‘lib, ulardan eng qimmatlisi, “Arzadosht” sarlavhali tarixiy hujjat hisoblanadi. Ashtarxoniylar saroy kutubxonalarida yaratilgan qo‘lyozmalarning muqovalari oldingilaridan o‘ziga xosligi – avvaldan mavjud badiiy bezatilish yo‘nalishlarni saqlab qolgan holda, temuriylar davri Hirot uslubi va hind uslublarining qorishganligi bilan ajralib turadi.60 XV-XVI asrlarda ishlangan kitoblardagi muqova tamg‘asi ancha yirik bo‘lib, katta sathni egallagan. Ayrim muqovalarda gul va o‘simliklar orasiga qush va hayvonlar tasviri chizilgan. Muqova yuzidagi tamg‘a yo naqshlar ichiga uni tayyorlagan sahhofning nomi ham yozilgan. Kitobning o‘ng va ters qismidagi muqova varaqlari toqa deyiladi (o‘ng toqa va chap toqa). Toqalarni birlashtirib turuvchi kitobning yon qismi tayaki deyiladi. Muqovani urinib qolishdan saqlaydigan kitob burchagida charmdan ishlangan ochqich labaki deyiladi. Sahifa bo‘laklarini birlashtirib turuvchi ipaklik sheroza deb ataladi. Qo‘lyozma kitoblarning bosh va oxirgi betlari hoshiyasida turli muhrlarni uchratish mumkin. Bodomsimon yoki dumaloq shakldagi ushbu muhrlar kitob egasi yoki saqlovchisiga tegishli bo‘lib, muhrda ularning ismi-sharifi yozilgan. O‘tmishda muhr tayyorlash san’at darajasiga ko‘tarilgan. Muhr yasovchi ustalar muhrkash deb nomlangan. Kotib ( Lavvoh ( Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling