Rashid zohid


ﻣ د و ﻫ ﻴ ذ ﺑ ﭘ ﺘ ﺠ ﭽ ذ د ز ر ﺴ ﺸ ﻏ ق ﮎ ﮒ


Download 0.83 Mb.
bet28/100
Sana31.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1144024
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   100
Bog'liq
QO\'LLANMA

ﻣ د و ﻫ ﻴ ذ ﺑ ﭘ ﺘ ﺠ ﭽ ذ د ز ر ﺴ ﺸ ﻏ ق ﮎ ﮒ ݢ ل
2. CHo‘zgilarning soni 6 ta bo‘lib, ushbulardir:
ikki ust cho‘zgi: ه - ا
ikki ost cho‘zgi: ﺌ - ﻴ
ikki o‘tru: - و
Mavzu yuzasidan savol va topshiriqlar
1. XI asr turkiy manbalari haqida gapiring.
2. Eski turkiy yozuvning arab yozuvidan farqlanuvchi jihatlari nimadan iborat?
3. “Chig‘atoy gurungi” jamiyatining tashabbuskori kim?
4. Isloh qilingan eski o‘zbek yozuvining xos xususiyatlarini izohlang.
Mavzu: Qo‘lyozma kitob, yozuv ashyolari va yozuv qurollari
Reja:
1. Qo‘lyozma kitob tarixi
2. YOzuv ashyolari haqida ma’lumot
3. YOzuv qurollari

Tayanch ibora va tushunchalar: pergament, o‘rama kitob, Mushafi Usmoniy, Qur’onning jamlanishi, eng qadimiy yozuvlar, epigrafik matn, teri, qog‘oz, ma’dan, qalam, siyoh, davot.
Qo‘lyozma kitob tarixi. Kitobning paydo bo‘lish tarixi yozuvning yaratilishi va shakllanishi jarayoni bilan uzviy bog‘liq. Qadimgi Misr, Rim, YUnoniston va O‘rta Osiyoda kishilar tosh, palma daraxti barglari, sopol kabi materiallarga yozib, fikrlarini izhor etishgan. Har bir kitob o‘nlab shunday materiallardan tayyorlanib, vazni og‘ir bo‘lgan. YOzuv materiali sifatida papirus o‘simligi ishlatilishi (miloddan avvalgi 4–3 ming yilliklarda) bilan o‘rama kitoblar paydo bo‘ldi. Bunday kitoblarning uzunligi o‘rtacha 10 m atrofida bo‘lib, ingichka, yumaloq tayoqlarga o‘ralgan va maxsus charm yoki yog‘och g‘iloflarda saqlangan. SHarq mamlakatlari, Qadimgi Rim va YUnonistondagi ko‘pgina nodir asarlar papirusga bitilgan. Miloddan avvalgi 2-asrga kelib kitob materiali sifatida pergament (teri)dan foydalanish keng rasm bo‘ldi. Dastlab bunday kitob o‘rama holda saqlangan. II – IV asrlardan boshlab Qadimgi Rimda xuddi hozirgi kitoblarning varaqalari singari buklab, tikib tayyorlangan va bir-biriga biriktirilgan, muqovali kitoblar paydo bo‘lgan. Ular dastlab papirus, so‘ng pergamentga yozilgan. VI asrdan boshlab an’anaviy ko‘rinishdagi kitoblar paydo bo‘ldi.
Teriga ishlangan noyob kitoblardan biri VII asrda xalifa Usmon roziyallohu anhu ko‘rsatmasi bilan bitta muqova ostiga jamlangan tarixda “Mushafi Usmoniy” nomi bilan mashhur Qur’ondir. Qur’onni jamlash uning turli sahifalardagi bo‘laklarini to‘plash, so‘ngra suralarni tartib bilan joylashtirib, sahifalarni bitta mushaf (muqova) ostida yig‘ish deganidir. Qur’onni bu tarzda jamlash Muhammad alayhissalom hayotligida voqe bo‘lmadi. U paytda Qur’on to‘laligicha sahobalarning qalblarida hifz qilingan edi. Shuningdek, ba’zan yassi toshlarga, xurmo po‘stloqlariga, hayvonlarning kurak suyaklariga, egarlarga va oshlangan teri parchalariga ham yozilgan.
Abu Bakr Siddiq xalifaligi davrida YAmomada Musaylima qo‘shini bilan bo‘lgan jangda musulmonlardan juda ko‘p(500, ba’zi rivoyatlarga ko‘ra, 700 nafar) Qur’on hofizlari shahid bo‘lishdi. Bu voqeadan Umar ibn Xattob dahshatga tushdi, Qur’onni yod bilgan qorilarning o‘limi tufayli oyatlar unutilib ketishidan qo‘rqdi va Abu Bakr huzuriga kirib, Qur’onni jam qilishga buyurishlarini so‘radi. Abu Bakr Siddiq Bu mas’uliyatli ishga Payg‘ambarning vahiy kotibi Zayd ibn Sobitni boshchi qildi. Zayd ibn Sobit xurmo po‘stloqlariga, toshlarga yozilgan oyatlarni yig‘ib, oyatlarni yod olgan odamlardan eshitib, Qur’onni to‘liq jamladi. Jamlangan bu sahifalar dastlab Abu Bakr Siddiqda, uning vafotidan so‘ng hazrati Umarda, hazrati Umarning qizi Hafsada saqlandi.
Qur’onning ikkinchi marta jamlanishiga sabab bo‘lgan voqea xususida Anas ibn Molik hikoya qiladi: “Huzayfa ibn YAman Usmon ibn Affonning oldiga keldi. U SHom va Iroq ahli bilan Armaniston va Ozarboyjonni fath qilish uchun jang qilar edi. Huzayfani qiroatda(Qur’onning o‘qilishida) paydo bo‘lgan ixtilof xavfga solib qo‘ydi. Bu xususda u Usmon ibn Affonga: “Ey amirul mo‘minin! YAhudiy va nasroniylarning kitob borasida paydo bo‘lgan ixtilofi kabi bir fitna oraga tushmasidan oldin ummatni ogohlantiring”- dedi.
Usmon ibn Affon Xafsa onamizdan Mushafni ko‘chirib olish uchun berib turishlarini so‘rab, elchi yubordi. Xafsa onamiz Mushafni Usmon ibn Affonga jo‘natdi. Xalifa Zayd ibn Sobit, Abdulloh ibn Zubayr, Said ibn Os, Abdurahmon ibn Horis, Ibn Hishomga Mushafdan nusxalar olishni buyurdi. Ular Mushaf nusxalarini ko‘paytira boshladilar. Usmon ibn Affon qurayshlik Abdulloh, Said va Abdurahmonga aytdi: “Agar siz va Zayd ibn Sobit jamlagan Qur’ondagi biror so‘z xususida ixtilofga borsangiz, Zaydga qurayshning tilida yozdringlar, Chunki Qur’on quraysh tilida nozil bo‘lgan”. Ular shu tariqa Mushafdan nusxalar ko‘chirishdi. Keyin Usmon ibn Affon Abu Bakr Siddiq davrida ko‘chirilgan nusxani yana Hafsa onamizga qaytarib berdi. Ko‘chirilgan nusxalarni dunyoning to‘rt tarafiga jo‘natdi va Qur’onning ushbu nusxalaridan boshqa barcha nusxalarini yoqib yuborishni buyurdi”53.
Jami 353 varaq, hajmi 68x53x22 sm bo‘lgan, kufiy xatida yozilgan Qur’oni karimning bu nodir nusxasi Amir Temur tomonidan Samarqandga olib kelingan. Hozirda mazkur nusxa O‘zbekiston musulmonlari idorasi kutubxonasida saqlanadi.

Download 0.83 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   100




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling