Rashid zohid
Download 0.83 Mb.
|
QO\'LLANMA
YOzuv qurollari deganda yozish jarayonida ishlatiladigan qalam, siyoh, bo‘yoq, qalamdon, davot singari vositalar tushuniladi. Qalam arab yozuvining asosiy quroli hisoblanadi. SHunga ko‘ra arab alifbosi asosidagi o‘zbek yozuvi ham faqat qalam bilan bitilgan. Biroq qalam deyilganda hozirgi turli nomlar bilan ataluvchi grafit qalamlarni tushunmaslik lozim. Ilmiy manbalarda aytilishicha, qalam bu qamishdir. Qadim vaktlarda savdogarlar bizning yurtimizga qalam uchun Eron, Arabiston va Hindistonda o‘sadigan ichi hoval qamishlardan ham keltirishgan. Bu qamishlar o‘sgan joylarining nomi bilan “misriy”, “mozandaroniy”, “iroqiy”, “amuiy” deb yuritilgan. Amudaryo havzasida o‘sadigan “amuyi” qamishlari Iroq qamishlaridan keyin, ikkinchi o‘rinda turgan. Bu qamishlarning bizda o‘sadigan qamishlardan farqi ustidagi sirlari qalinroq va etlari mustaqkamroqdir. Lekin bu qamishlarni janubiy o‘lkalarda o‘suvchi g‘arov (bambuk) bilan adashtirmaslik kerak. Chunki g‘arovning poyasi yo‘g‘on bo‘lib, yog‘ochi nihoyatda qattiqdir. Ba’zan jaliy – yirik harflarni yozish maqsadida g‘arovdan ham qalam tayyorlanadi.56
Forscha siyoh so‘zi qora rang ma’nosini anglatadi. Biroq, bu so‘z tilimizda qora rang ma’nosidan ham ko‘ra ko‘proq “yozishda qo‘llanadigan suyuqlik” ma’nosida ishlatiladi. Mumtoz adabiyotimizda siyoh” ma’nosida arabcha “midod” so‘zi ham qo‘llangan. Alisher Navoiyda shunday bayt bor: Xattining vasfin yozarmen kiprigu xoli bila, Xat yozarda chun zaruratdur qalam birla midod. SHoir Munis esa siyohni xush isli narsalar aralashmasidan tayyorlangan xushbo‘y, ammo rangi qora bo‘lmish anbarga tenglab shunday yozadi: Anbardin o‘lub anga murakkab, Kun oltunidin vale muzahhab. SHu tariqa shoirlar madhiga sazovor bo‘lgan siyoh ko‘hna zamonlarda yaratilgan bo‘lib, necha asrlar osha bizning davrimizga etib kelgan. Tarixda siyohning o‘nlab turlari yaratilgan, yuzlab moddalardan siyoh qorilgan. Siyohlarni tayyorlash uchun bir necha jarayonlar ado etilgan va oylab vaqtlar sarf bo‘lgan. O‘tmishda ana shu jarayonlarni mukammal egallagan hunarmandlar siyoh pishirish bilan mashg‘ul bo‘lganlar. Pedagog olim Yo‘ldosh Abdullaev “Eski maktabda xat-savod o‘rgatish”57 nomli kitobida yozadi: “...Toshkent, Ko‘qon, Buxoro, Samarqand kabi shaxarlarda ayrim kishilar siyoh qilish va uni sotish bilan shug‘ullangan. CHunonchi, Toshkentda XIX asrning 90-yillarida Mulla Najmiddinning siyohi juda mashhur bo‘lgan. Kishilar Mulla Najmiddinning siyohini sahhof va attorlardan kidirib topganlar. Mulla Najmiddin domla Beshyog‘och dahasiga tobe Ko‘kmachit mahallasida maktabdorlik qilib, ayni vaqtda muhrli kulcha siyoh bilan savdo qilgan. Xalq uni Mulla Najmiddin Siyohiy deb atagan. Eski maktabda asosan qora siyohda yozilgan. Siyoh hozirlanadigan qolipining nomi bilan “kulcha siyoh”, yoki “naycha siyoh” deb yuritilgan. Xat yozish uchun zarur bo‘lgan yozuv qurollaridan biri davotdir. O‘zbek tilida uning boshqacha nomlari ham bor. Jumladan, Toshkent shahri va viloyatida uni siyohdon deyishsa, ba’zi viloyatlarda esa huqqa deyishadi. Ammo eski maktablarda faqat davot deb yuritishgan. Qadimda davotlar sopol, chinni, shisha, marmar, metal va yog‘och (zaytun)lardan yasalgan. SHakl jihatidan davotlar turli-tuman. Ularning katta-kichikligi xam xar xil. Biroq barchasining vazifasi yagona bo‘lib, ichida siyoh tutib turishdan iboratdir. YOzuv jarayonida ishlatiladigan yana bir narsa losdir. “Los” so‘zi forscha bo‘lib, “past sifatli, tozalanmagan ipak” ma’nosini bildiradi. Kotiblar ishlatadigan “los” esa sof ipak emas, balki, xom ipakni kalavalash jarayonida hosil buluvchi ipak chiqindisidir. Los yozuv ishida shunday ishlatiladi: davotga sig‘adigan mikdorda bir tutam “los” olinib, ho‘llanadi va suvi siqib tashlangach, davotga solinadi. Uni ustiga “kulcha” yoki “naycha” siyohning bir donasini solib, ustidan bir oz suv tomiziladi. Oqibatda, “los”dagi nam siyohni sekin-asta eritadi. Bu jarayonni tezlatish maqsadida “los” ustida ivigan siyoh “sixpar”- (jayra xayvonining “dugi” yoki “nayza”si) bilan eziladi. Losning qimmatli xususiyati shundaki, u davot ichidagi siyohni o‘ziga shimib olib, uni behuda to‘kilib ketishidan saqlaydi. Shuning uchun o‘tmishda talaba va shogirdlar siyohlarini to‘kib-sochmay, davotlarini bemalol ko‘tarib yurganlar. Losning ayni shu xususiyati hunarmandlarga qalamdonlar ichiga xam ixcham davotlar o‘rnatish imkonini bergan. Shuningdek, losni davotga solishdan kuzatilgan yana bir maqsad, u qalam uchini davot tubiga urilib, yaroqsizlanishidan asragan, hamda qalam uchiga hamisha bir xil miqdorda siyoh chiqishini ta’minlagan. Odatda, qalam uchini ohista losga tegizib olishning o‘ziyoq, bir harf yoki harf bo‘lagini yozish uchun etarli bo‘lgan. Qalamni qarsillatib davotga urish esa madaniyatsizlik, omilik hisoblangan. SHuni ham aytish kerakki, davotga bir bor solingan los ikki-uch yilga bemalol etgan.58 Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling