Rashid zohid
Download 0.83 Mb.
|
QO\'LLANMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Interpolyasiya
- Kon’ektura
- Labagi
Imlo transformatsiyasi – turli tarixiy bosqichlarda yozuvning o‘zgarib borishi
Innovatsiya – jarayonlar va mahsulotlarning sifatli o‘sish samaradorligini ta’minlash uchun joriy etilgan yangilik, inson intellektual faoliyati, uning fantaziyasi, ijodiy jarayoni, kashfiyotlari, ixtirolari va ratsionalizatorligining yakuniy natijasi Interpolyasiya – matnning buzilish turlaridan bo‘lib, asl matnda bo‘lmagan so‘z yoki jumlalarning matnga aralashib qolishi Ixtisoslik malakasi – tanlangan kasbiy faoliyatning qobiliyatga muvofiq kelishi Yig‘ma matn – muhim xususiyatlariga ko‘ra tanlangan tayanch qo‘lyozma manbani mavjud boshqa nusxalari bilan solishtirib, tushib qolgan o‘rinlarni shu nusxalarga suyanib tiklash va shu asosda matnning yangi ilmiy nashrini tayyorlash Kolofon – qo‘lyozmaning xotima qismi (eng so‘nggi sahifada matn tugaganidan so‘ng uchburchak shaklida ifodalangan xotimada kotibning ismi, qo‘lyozmaning ko‘chirilish sanasi hamda matnni ko‘chiruvchi kotibning o‘z haqqiga so‘rgan xayrli duosi aks etadi) Kon’ektura – qo‘lyozmalarda xato yozilgan yoki o‘chib ketgan so‘z va jumlalarni umummatn mazmunidan kelib chiqib, mantiqiy dalillar bilan tuzatish, tiklash Kotib – matnni bituvchi (ko‘chiruvchi) Kreativ yondashuv layoqati – yangilikka moyillik, qolip sifatida o‘rnatilgan tartiblarni o‘zgartirish mumkin ekanligiga qat’iy ishonib, muammoga ijodkorona, ayni paytda noodatiy yondashuvga qobillik129 Labagi – muqovani urinib qolishdan saqlaydigan kitob burchagida charmdan ishlangan ochqich Lavha – qo‘lyozma kitobning ikki betiga o‘zaro simmetrik qilib ishlangan nafis bezak Lavvoh – kitob betlariga lavha ishlovchi Leksikografiya – lug‘atlar tuzish, amaliy lug‘atchilik. Amaliy lug‘atchilik vazifalari: o‘z va o‘zga tillarni o‘rganish; ona tilini tavsiflash va me’yorlashtirish (izohli, imlo va boshqa turdagi lug‘atlar yordamida); tillararo aloqa-munosabatni ta’minlash (ikki va ko‘p tilli lug‘atlar, so‘zlashgichlar); muayyan til leksikasini ilmiy o‘rganish (etimologik, tarixiy lug‘atlar); leksikografiya ham amaliy, ham nazariy soha sifatida leksikologiya, uslubshunoslik, fonetikaga hamda til tarixi, tilning grammatik qurilishi haqidagi ta’limotga suyangan holda ish ko‘radi; o‘zbek leksikografiyasi tarixi Mahmud Koshg‘ariyning “Devonu lug‘otit turk” asaridan boshlangan deb aytish mumkin; ushbu lug‘at faqat so‘zlar va ularning ma’nolarini tavsiflab qolmasdan, turkiy xalqlar tarixi, urf-odatlari, geografik joylashuvi kabi keng ma’lumotlar manbai hisoblanadi; shu bilan birga u dastlabki ikki tilli (turkiycha-arabcha) lug‘atlardandir; Mahmud Zamaxshariy o‘zining “Asosul balog‘a”, “Muqaddimatul adab” asarlari bilan ham amaliy, ham nazariy Leksikografiyaning rivojiga ulkan hissa qo‘shdi. Alisher Navoiy ijodiga bo‘lgan katta qiziqish 15-a. dan keyingi davrda bir qancha lug‘atlarning yaratilishiga sabab bo‘ldi: “Abushqa” (16-a., Turkiya) izohli lug‘ati, Tole Imoni Hiraviyning “Badoeul lug‘at”, Muhammad Rizo Xoksorning “Muntaxabul lug‘ot”, Mirzo Mahdiyxonning “Sangloh”, Shuningdek, Muhammad YOqub CHingiyning “Kelurnoma”, Sulaymon Buxoriyning “Lug‘ati Chig‘atoiy va turki usmoniy” (“Chig‘atoycha-turkcha lug‘at”), Ishoqxon Ibratning “Lug‘ati sittas sina” (“Olti tilli lug‘at”) kabi lug‘atlarini ko‘rsatish mumkin130 Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling