Rashid zohid


Download 0.83 Mb.
bet58/100
Sana31.01.2023
Hajmi0.83 Mb.
#1144024
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   100
Bog'liq
QO\'LLANMA

Leksikologiya – tilshunoslikning til lug‘at tarkibi, ya’ni muayyan bir tilning leksikasini o‘rganuvchi bo‘limi. Leksikologiya har bir so‘zni yolg‘iz holda emas, balki boshqa so‘zlar bilan bog‘liq holda o‘rganadi. Leksikologiya tilshunoslikning leksikografiya, frazeologiya, semisologiya yoki semantika, etimologiya, stilistika hamda so‘z yasalishi haqidagi ta’limot kabi sohalari bilan bog‘liq. Leksikologiyaning asosiy muammolaridan biri so‘zning mustaqil til birligi sifatida mavjudligi masalasidir. Leksikologiyada so‘zlarning ma’no jihatdan o‘zaro bog‘langan, ya’ni monosemiya, polisemiya, sinonimiya, antonimiya, so‘z ma’nolarining erkin yoki bog‘liq holda bo‘lishi kabi masalalari ham o‘rganiladi

  • Lingvostatistika – matn va nutqdagi til hodisalarini miqdoriy nisbatda o‘rganish uslublari

  • Los – xom ipakni kalavalash jarayonida hosil bo‘luvchi ipak chiqindisi, u davot ichidagi siyohni o‘ziga shimib olib, uni behuda to‘kilib ketishidan saqlaydi, losni davotga solishdan kuzatilgan yana bir maqsad, u qalam uchini davot tubiga urilib, yaroqsizlanishidan asragan, hamda qalam uchiga hamisha bir xil miqdorda siyoh chiqishini ta’minlagan

  • Madh – asar bag‘ishlangan shaxsning ta’rif-tavsifi

  • Manba – arabcha “oqib chiqmoq”, “boshlanmoq”, “otilib chiqmoq”, “kelib chiqmoq” ma’nolarini anglatuvchi naba’a ( نَبَعَ) fe’lidan “oqib chiqish joyi”, “boshlanish nuqtasi” “buloq”ma’nosidagi manba ( مَنْبَع) so‘zi yasalgan. Har qanday harakat, voqea-hodisaning boshlang‘ich nuqtasi, avvali, boshiga nisbatan qo‘llangan bu so‘z ma’lum soha kishilarining ixtiyoriga binoan “ijod mahsuli” tushunchasida qarorlashdi va “manba” deyilganida muayyan asar (kitob) tushunila boshladi

  • Matbaachilik – matbaachiligimiz tarixi Xiva xoni Muhammad Rahimxon II davriga borib taqaladi (1874y. Xiva); mahalliy matbaachi Otajon Abdalov tomonidan 1876 yilda toshbosma (litografiya) kitoblar chop etila boshlagan. Keyinroq, 1898 yilda Turkiston harbiy okrugi shtabi joylashgan Toshkent shahrida yangi, ancha takomillashtirilgan bosmaxona tashkil etilgan. XX asr boshida matbaa mahsulotlariga bo‘lgan ehtiyojlarning oshib borishi bilan bosmaxona korxonalarining soni ko‘paygan: 1920 yilga kelib Toshkentda 15 ta, Samarqandda 8 ta, Kattaqo‘rg‘on, Qo‘qon, Farg‘ona va boshqa shaharlarda 3 tagacha ibtidoiy bosmaxonalar bo‘lgan

  • Matn – matnshunoslik ilmida o‘rganiladigan “matn” tilshunoslikdagi matn tushunchasidan farqlanadi; tilshunoslikda matnning ko‘rinishi emas, tuzilishi ko‘proq e’tiborga olinadi; matnshunoslikda esa har qanday yozuv matn sanaladi (albatta, bunda matnni tashkil etuvchi muayyan ma’no qatorlarining lisoniy qolipidan tashqaridagi, faqat yozuv va belgi ko‘rinishidagi (masalan, kotibning tasodifiy bir so‘zni tushirib qoldirishi yoki qo‘shib yuborishi yoxud to‘kilgan siyoh izi kabi) beixtiyor sodir etilgan xatolarning qo‘lyozma matniga aloqasi yo‘q)131


  • Download 0.83 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   100




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling