Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


Download 280.99 Kb.
bet1/60
Sana20.11.2023
Hajmi280.99 Kb.
#1788491
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Bog'liq
A. T. Ilyasov Bino va inshootlarni-hozir.org


A. T. Ilyasov Bino va inshootlarni

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


TOSHKENT ARXITEKTURA QURILISH INSTITUTI

N.Bozorboev, X.I. Yusupov, R.A. Narov, A.M. Ilmuradov,



  1. Rasulov, B.T. Xushnazarov, F.N. Bozorboev, A.T.Ilyasov


Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi
    1. qism

Fanidan darslik


Bakalavriaturaning 340000 - “Arxitektura va qurilish” ta’lim sohasi bo‘yicha 5340200 - Bino va inshootlar qurilishi, 5340900 - Ko‘chmas mulk ekspertizasi va
uni boshkarish yunalishlari uchun;
110000 - “Pedagogika” ta’lim sohasi bo‘yicha 5111000 - Kasb ta’limi (Bino va inshootlar qurilishi), yunalishi uchun;
610000 - “Xizmat ko‘rsatish sohasi” ta’lim sohasi bo‘yicha 5610100 - Xizmatlar sohasi (Uy-joy va kommunal, maishiy xizmatlar) yunalishi uchun.
Toshkent -2014

Taqrizchilar:


Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti “Bino va sanoat inshootlari qurilishi” kafedrasi dotsenti, t.f.n., Maxamataliev E. M.; Toshkent arxitektura-quri- lish instituti “Bino va inshootlar “ kafedrasi mudiri, t.f.n., dots. Sayfiddinov S.S.

Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi: Qurilish oliy o‘quv yurtlari uchun darslik (2-qism) /N.Bozorboev,X.I. Yusupov, R.A. Narov, A.M. Ilmuradov,V. Rasulov, B.T. Xushnazarov, F.N. Bozorboev, A.T.Ilyasov va boshqalar. – Toshkent.: (nashriyot),2014y− 150b;


Darslik ikki qismdan iborat bo‘lib, ushbu ikkinchi qismida bino va inshootlarni yig‘ma konstruksiyalardan barpo etish (qolgan qismi); binolarni monolit temirbetondan barpo etish; ishlab chiqarishning tabiiy-noqulay sharoitlarida bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi yoritilgan.

SO‘Z BOSHI

Iqtisodiyotning asosiy tarmoqlaridan biri bo‘lgan qurilish strukturasida muhim o‘zgarishlar bo‘layapti. Bu ishlab chiqarishga mo‘ljallanmagan ob’yektlar miqdori oshishida, bino, inshootlar va shahar mikrorayonlarining rekonstruksiya hajmlarining o‘sishida, hamda ish sifatiga, atrof muhitni himoyasiga, ob’yekt qurilishini investitsion sikli davomiyligiga qo‘yilayotgan talablarda namoyon bo‘layapti. Qurilish ishtirokchilari o‘rtasida yangi munosabatlar va raqobat elementlari paydo bo‘layapti. Narxlar, ish haqi va resurs iste’moli miqyosi keskin o‘zgarayapti.

Quruvchilarni bozor iqtisodiyoti davrida qabul qilgan tashkiliy-texnologik va boshqaruv bo‘yicha qabul qilinayotgan qarorlarining natijasi juda sezilarli bo‘lmoqda. Bo‘layotgan o‘zgarishlar tashkiliy-texnologik tayyorlov, loyihalash, qurilish ob’yektidagi texnologik jarayonlarini shakllanishi va boshqarilishi tizimidagi yangi holatlarni aks ettirishi kerak. Bu o‘zgarishlar qurilish tarmog‘iga mutaxassislar tayyorlashda ham e’tiborga olinishi lozim.
Bu yerda zamonaviy o‘quv-uslubiy adabiyotlarning mavjudligi, uning yangilanishi va mukammallanishi muhim ahamiyatga ega. Darsliklar va o‘quv qo‘llanmalari yaratilishidagi asosiy prinsiplardan biri o‘quv materialini bayon etish va fanning tashkiliy –texnologik siklini urganishda sistemalilik va izchillikdir.
“Bino va inshootlar qurilishi” yunalishi bo‘yicha ta’lim olayotgan bakalavrlar “qurilish texnologiyalari” deb o‘mumiy nomga ega, ketma-ket o‘tiladigan fanlarni o‘rganadilar. Bunga qurilish konstruksiyalarini ishlab chiqarish texnologiyasi, qurilish jarayonlari texnologiyasi, bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi va qurilishni tashkil etish va rejalashtirish fanlari kiradi. Oldin bu qurilish texnologiyasiga mansub o‘tiladigan fanlar yagona majmuaning bosqichlari sifatida ko‘rilmagan va bu o‘tiladigan fanlarda izchillik prinsipiga u qadar amal qilinmagan.
Mualliflar tomonidan yozilgan ushbu darslik “Qurilish texnologiyalari” rubrikasiga kiruvchi kitobdir. Bu kitob nafaqat qurilish yunalishlaridagi bakalavrlarga, shuningdek magistrlarga, quruvchilarga va ilmiy xodimlarga muljallangan.
Mualliflar Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti “Bino va sanoat inshootlari qurilishi” kafedrasi dotsenti, t.f.n., Maxamataliev E. M.; Toshkent arxitektura-qurilish instituti “Bino va inshootlar “ kafedrasi mudiri, t.f.n., dots. Sayfiddinov S.S.ga qo‘lyozmaga taqriz yozganliklari uchun cheksiz minnatdorchiliklarini bildiradilar.
Mualliflar


Download 280.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling