Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


MONTAJ DAVRIDA KARKASNING TURG‘UNLIGINI


Download 280.99 Kb.
bet14/60
Sana20.11.2023
Hajmi280.99 Kb.
#1788491
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   60
Bog'liq
A. T. Ilyasov Bino va inshootlarni-hozir.org

MONTAJ DAVRIDA KARKASNING TURG‘UNLIGINI



TA’MINLASH
Ko‘p qavatli bino konstruksiyalarini montaji quyidagi qoidaga qatiiy rioya qilishni talab qiladi: pastdagi yarus konstruksiyalari to‘g‘rilanib va ishonchli maxkamlanmasdan turib navbatdagi yarus konstruksiyalarni o‘rnatishga kirishish mumkin emas. Bu talab binoni barpo etish davrida mustahkamligi va turg‘unligini ta’minlash uchun qaratilgan.

Karkasni kran bilan 5 ... 6 qavat balandlikka yig‘ish jarayonida, quyidagi talablar bajarilgan bo‘lishi kerak:


  • karkaslarni montaj qilish jarayonida ularni turg‘unligi IBL da tavsiya etilgan ketma-ketlikda tekshiriladi;


  • ora yopmalarni tutashgan joylaridagi beton qorishmasi mustaxkamlikni egallaguncha, ustunlar orasiga vaqtinchalik bog‘lag‘ichlar o‘rnatiladi.


  • vertikal bog‘lagichlar, rigellarni ustunlar bilan ramali birikish tugunlari loyihaviy holatida mahkamlanadi;


  • binoning umumiy turg‘unligini ta’minlovchi bikirli qavatlar ora yopmalarni qurish bajarilgan bo‘lishi kerak;


  • karkasni aloxida elementlari va tugunlarini mustaxkamligi o‘zini-o‘zi ko‘taradigan va karkasga tayanidigan tirkama( bino yoniga o‘rnatilgan) kranlardan tushadigan yukka tekshiriladi.


Binoning po‘lat karkasini montajini yaruslar bo‘yicha bajarish kerak – birinchi navbatda bikirlik yadrosini xamma elementlari montaj qilinadi va to‘g‘riligi sinchiklab tekshiriladi. Ustunlarni montaj qilishdagi vaqtincha maxkamlash konduktorlar yordamida yoki inventar tortqilar yordamida bajariladi. Ular doimiy loyihaviy bog‘lamalar bilan mahkamlagunga qadar ustunlar turg‘unligini ta’minlaydi. Agarda loyixada nazarda tutilgan bog‘lamalar kam bo‘lsa, karkasni turg‘unligini ta’minlash uchun, vaqtinchalik bog‘lamalar o‘rnatiladi. Ustunlarni loyihaviy mahkamlash yacheyka elementlari – rigellar bilan bog‘langan to‘rtta ustunni montaji va to‘g‘rilanganidan so‘ng birdaniga bajariladi.


Navbatdagi yarusni montaj qilishga oldingi yarusni xamma elementlar loyixa bo‘yicha maxkamlangandan so‘ng kirishiladi, agarda zarur bo‘lsa inshootni turg‘unligini ta’minlash uchun vaqtinchalik bog‘lamalar o‘rnatiladi.
Ko‘p qavatli binolarni yig‘ma temirbeton konstruksiyalardan montaj qilishda ishlarni bajarishdagi asosiy talab, faqat inshootning montaj qilingan qismini emas balki aloxida konstruktiv elementlarning mustaxkamligi va turg‘unligini ta’minlanishdir. QMQ ning talablari yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarning tutashuv joylaridagi va tugunlardagi beton mustahkamligini loyihaviy mustahkamlikka erishishni kutish bino karkasini montaj davomiyligini
uzaytirib yuborishi mumkin. Beton talab qilingan mustaxkamlikni egallashini poylamasdan, bu talablarni qisman bajarish va montaj ishlarini davom ettirish uchun quyidagilar zarur:
  • karkasning barcha elementlarida (ustunlar, rigellar, tom yopmalar) qo‘yma detallar nazarda tutilgan bo‘lishi kerak, konstruksiyalar loyixa xolatiga o‘rnatilgandan so‘ng ularni payvandlanishi turg‘unlikni ta’minlaydi va montaj birikmalari monolitlanganga qadar karkasni deformatsiyaga uchrash xavfini kamaytiradi;


  • tugun va ulangan joylardagi beton mustaxkamlikni egallaguncha turg‘unlikni ta’minlash uchun ustunlar orasiga vaqtinchalik vertikal bog‘lamalar yoki chetki oraliqdagi qavatlararo yopmalarga gorizontal bog‘lamalar o‘rnatiladi;


  • o‘zini-o‘zi ko‘taradigan krandan tushadigan yukka u tayanadigan elementlarning va tugunlarning mustaxkamligi tekshiriladi.


  • montaj jarayonida karkasni turg‘unligi IBL da qabul qilingan kranning yig‘ishi va tutashuv joylari va tugunlarini monolitlanishi e’tiborga olgan holda tekshiriladi;


  • bikirlik yadrosini turg‘unligini ta’minlash uchun, bikirlik shaxtasini monolit devorini karkasi va doimiy bog‘lamalarni birga ishlashini ta’minlash kerak.


Unifikatsiyalashgan ko‘p qavatli va baland binolarning karkaslarida tirgovich plitalar bor bo‘lib, ular ustunlar o‘qlari bo‘ylab o‘rnatiladi, ulardagi qo‘yma detallar ikki tutash oraliqdagi plitalarni uzaro birlashishiga imkon beradi. SHuning uchun har bir qavat qavatlararo yopmalar diskini ishga tushishini va karkasning montaj qilingan qismini turg‘unligini ta’minlanishi uchun plitalarning rigelar va ustunlar bilan tutashuv tugunlari , hamda plitalar orasidagi choklar xar bir qavatni (yarusni) montaji tugagandan so‘ng monolitlanishi kerak.





    1. Download 280.99 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling