Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


Qo‘llaniladigan montaj mexanizmlari


Download 280.99 Kb.
bet11/60
Sana20.11.2023
Hajmi280.99 Kb.
#1788491
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60
Bog'liq
A. T. Ilyasov Bino va inshootlarni-hozir.org

Qo‘llaniladigan montaj mexanizmlari

Tirkama kranlar ilgakini ko‘tarish balandligi 100...150 m gacha bo‘ladi. Kran minorasini bino karkasiga maxkamlovchi, uchburchak va kvadrat qattiq disklar har 15...25 m da o‘rnatiladi.

150 m dan baland binolarda o‘zini-o‘zi ko‘taradigan, barpo etilayotgan bino gabaritining tashqarisiga o‘rnatiladigan kranlar qo‘llaniladi. Bunday kranlar faqat vertikal bo‘yicha joyinii o‘zgartiradi, shuning uchun uning plandagi xolati ularni xarakat radiusi va binoni konfiguratsiyasi bilan aniqlanadi. Odatda o‘zini- o‘zi ko‘taradigan kranlarni soni, qurilayotgan butun binoni ishchi zonalari bilan qamrab olinadigan qilib tanlanadi. Har bir kran turgan joyidan, yarus chegarasidagi (ikki, uch yoki to‘rt qavat) konstruksiyalarni montaj qiladi, so‘ng esa u yangi turar joyiga ko‘tariladi.
O‘zini-o‘zi ko‘taradigan minorali kranlar universal bajarilgan yechimga ega bo‘lib va bino karkasi yacheykalarni birini ichida xarakatlanadi. Kran joylashishini odatdagi yechimida minora pastki qismida xochsimon joylashgan tayanch to‘sinlariga tayanadi. Bu to‘sinlarning chetlarida buriladigan yoki qaytarma konsollari bor; kran shu balkalar orqali yechiladigan xomutlar yordamida bino karkasi rigellariga tayanadi. Kranni ko‘tarish ehtiyoji bo‘lganda, montaj qilingan karkas rigellari orasidan bemalol o‘tishi uchun, konsollar olib qo‘yiladi. Balandlik bo‘yicha kran kran minorasini o‘rab olgan fazoviy konstruksiya − maxsus oboyma- xalqa yordamida suriladi. Minorani tutashuv joylarining
konstruksiyasi xalqani sirpanishiga, pastga va yuqoriga ko‘chishiga imkon yaratadi.
Xalqa o‘zining tayanch to‘sinlari orqali karkasning rigellariga tayanadi. Kranni balandligi bo‘yicha o‘rnini o‘zgartirishda, avval xalqa ko‘tariladi va montaj qilingan karkasning yuqori rigellariga o‘rnatiladi, kran minorasini ko‘taruvchi polispast maxkamlanadi va tortiladi. Tayanch to‘sinlarini konsoli orqaga tashlanib, kran 2...4 qavatdan keyingi to‘rar joyiga ko‘tariladi, boshqatdan tayanch to‘sinini konsollari ochilib kran karkas rigellariga tushiriladi, tayanch maydonini xomutlar bilan maxkamlanadi. Kranni ko‘tarishda halqa yo‘naltiruvchi va minorani vertikal xolatda ushlab turuvchisi bo‘lib xizmat qiladi. Polispast kranni og‘irlik markazidan pastda joylashadi, bu o‘z tavbatida kranni ko‘tarish chog‘ida uni og‘ib ketishiga imkon bermaydi.
Yerda yuradigan kranlar bilan balandligi 70 m gacha bo‘lgan binolarni montaj qilish mumkin, imorat yoniga o‘rnatilgan tirkama kranlar bilan 150 m gacha bo‘lgan binolarni montaj qilish mumkin, o‘zini-o‘zi ko‘taradigan kranlar uchun montaj qilinayotgan bino balandligi chegaralanmagan.
Ko‘p qavatli binolarning karkaslarini po‘lat konstruksiyalarini montaj qilish uchun quyidagi turdagi kranlarni qo‘llash mumkin (13.2-rasm):

  • yerda ustidagi – minorali, gusenitsali (minora-strelali ko‘rinishda yasalgan), temir izda yuradigan, pnevmog‘ildirakli; ular kerakli og‘irlikdagi yukni ko‘taradigan va katta balandlikka uzata bera oladigan bo‘lishi kerak;


  • o‘zini-o‘zi ko‘taradigan bino konturi ichiga o‘rnatilinadigan va montaj qilingan konstruksiyalarga tayanadigan minorali kran (13.3-rasm);


  • statsionar tirkama kranlar bino konturining tashqarisida yerga o‘rnatiladi va kranni yig‘ilishiga qarab o‘stirib boriladi, tirgak- xalqalar bilan bino karkasiga maxkamlanadi;


  • kombinatsiyalashgan yuruvchi-tirkama kranlar, 50...55 m balandlikkacha foydalanilganda, erkin turadigan va kran izlarida yuradigan, 50...55 m dan baland bo‘lganda statsionar tirkama kabi ishlovchi kranlar.




Yaruslar Krannni Qavatlar Qavatlar to‘xtash joyi
13.2- rasm. O‘ta baland binolarni barpo etish sxemalari:
a – yuruvchi va o‘zini –o‘zi ko‘taradigan kranlar bilan; b – tirkama kran bilan; v − o‘zini-o‘zi ko‘taruvchi kran bilan; g − o‘zini-o‘zi ko‘taruvchi ikki kran bilan; 1, 3, 7 – montaj kranlari; 2 – kran harakatini yo‘li; 4 – kranning montaj bog‘lamalari; 5 – bikirlik yadrosi; 6 – po‘lat karkas; Ι...VII ish bosqichlari

13.3- rasm. O‘ta baland binolarni montaj qilishdagi o‘zini-o‘zi ko‘taruvchi kranlarning

sxemasi:
a – gorizontal tekislikda qisilgan UBK turidagi kranlar; b − vertikal tekislikda qisilgan SBK turidagi kranlar; 1 – pastki tayanch; 2 – gorizontal reaktsiyalarni qabul qiluvchi yuqori tayanch; 3 – kranni keyingi to‘rar joyiga o‘zini ko‘taruvchi harakatlanuvchi oboyma-halqa.


    1. Download 280.99 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling