Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


Binolarni montaj qilish usullari


Download 280.99 Kb.
bet12/60
Sana20.11.2023
Hajmi280.99 Kb.
#1788491
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   60
Bog'liq
A. T. Ilyasov Bino va inshootlarni-hozir.org

Binolarni montaj qilish usullari


    1. TEMIRBETON KARKASLI BINOLARNI MONTAJ QILISH

Qurilish muddatini qisqartirish va ishlarni tezlashtirish uchun, bino qamrovlar va ishchi uchastkalarga bo‘linadi. Binoni barpo etish bir yoki ikki qamrovli sistema bo‘yicha amalga oshiriladi. Odatda qamrovlar xarorat choki, bilan chegaralanadi, xar qaysi qamrov ikki uchastkaga bo‘linadi. Agarda birinchi uchastkada montaj ishlari olib borilsa, ikkinchisida shu vaqtni o‘zida avval montaj qilingan elementlarni tutashgan joylari oxirigacha payvandlanadi va betonlanadi va choklarga beton qorishmasi joylanadi. Qavat bo‘ylab montajda, ishlar vertikal oqim usulida, yoki yaruslar ketma-ketligi bo‘yicha usuli bilan butun yarusni balandligi bo‘yicha tashkil etiladi. Odatda yaruslar balandligi bo‘yicha 2 ... 4 qavatni tashkil etadi va binodagi konstruksiyalarni o‘ziga xosligiga va qabul qilingan ustunlar balandligiga bog‘liq. Ba’zida qirqilmagan birdaniga 6 qavatga

mo‘ljallangan ustunlar qo‘llaniladi, bunda montaj yarusining balandligi 6 qavatni tashkil etadi. Bir qavatga mos qirqimli ustunlardan kam hollarda foydalaniladi, odatda, karkasda ramali temir beton elementlar bo‘lganda qo‘llaniladi.
Konstruktiv yechimiga qarab –binolarning quyidagi turlari eng ko‘p tarqalgan:

  • Yig‘ma karkasli va o‘zini-o‘zi ko‘taradigan devorlar bilan. Bunday binolarni karkasi ko‘ndalang yo‘nalishda bikir ramalardan tuziladi. Bo‘ylama yo‘nalishda ustunlar gorizontal kuchlarni devorga uzatuvchi bikir disk- yopma bilan bog‘lanadi;


  • Yig‘ma karkasli va osma panel bilan. Bunday yechimda, ramali konstruksiyalarni karkasi ikki yo‘nalishda bajariladi, rama mavjud bo‘lganda faqat bir tekislikda, boshqasida esa bog‘lamalar o‘rnatiladi;


  • Ramali konstruksiya to‘sinsiz yopma bilan. Karkasni asosiy elementlariga ulanishlari xar 2 qavatdan keyin bo‘lgan ustunlar, rigellar, qavatlararo yopmalar va devor panellari kiradi.


Baland binolarni barpo etish, quyidagi bosqichlarga bo‘linadi:



etish;



  • pardadevorlarni montaj qilish;


  • pardozlash ishlari.


Karkas konstruksiyalarini montajiga konstruksiyalarni loyixa xolatiga



o‘rnatish, ularni to‘g‘rilash, tutashuv birikmalarini payvandlash, korroziyaga qarshi ximoyalash, tutashuv joylari va choklarni bekitishlar kiradi. Yuqoridagi jarayonlar odatda o‘zaro bog‘langan ikki oqimda bajariladi.


  1. Karkas elementlari o‘rnatiladi, konstruksiyalar payvandlanadi va korroziyaga qarshi ximoyalanadi;


  1. montaj tutashuv joylari, tugunlar monolitlanadi, tom yopma choklariga qorishma qo‘yiladi va karkasni monolit uchastkalari betonlanadi.


Bino karkasini montaj qilish ustunlarni o‘rnatishdan boshlanadi. Montaj qilingan barcha konstruksiyalarni sifati ko‘p miqdorda ustunlarni plandagi holati va balandligi bo‘yicha aniq o‘rnatilganligiga bog‘liq, shuning uchun ularni to‘g‘ri o‘rnatilganligiga katta e’tibor berish kerak.


Birinchi yarusdagi ustunlar poydevor stakaniga o‘rnatiladi, keyingi yaruslarda ustunlar vaqtincha konduktor bilan mahkamlanadi. Bir, ikki va to‘rtta ustunga muljallangan konduktorlar qo‘llaniladi. To‘rt ustunga muljallangan guruhli konduktor qo‘llanilganda ishda kamida bir vaqtni o‘zida o‘ch qushni yacheykalarni montaj qiladigan ikkita konduktor bo‘lishi kerak.
Rigel va yopmalarni o‘rnatishda konduktordan so‘ri sifatida foydalaniladi. Yacheykadagi barcha tutashuv joylaridagi payvand ishlari bajarilgandan so‘ng konduktor boshqa turar joyiga ko‘chiriladi.
Konduktorlar qo‘llanilganda har bir ustunni o‘qlar bo‘yicha to‘g‘rilash ustunlarni majburiy to‘g‘rilanishi va vaqtinchalik mahkamlanishini ta’minlovchi konduktorning vintli qurilmalari yordamida amalga oshiriladi. Bu ishlar shuningdek inventar tortqilar yoki oldin o‘rnatilgan konstruksiyalarni ilmog‘iga ilintiriladigan vintli muftaga ega bikir tirgaklar yordamida ham bajarilishi mumkin.
Ikkinchi oqimdagi ishlar bevosita aloxida montaj uchastkasi va qamrovning har bir yarusidagi konstruksiyalar o‘rnatilib va to‘g‘rilanganidan so‘ng amalga oshiriladi.
Karkas elementlari karkasni tutashgan yacheykalarini yaratilishi va montaj qilingan konstruksiyalarni turg‘unligini ta’minlovchi ketma-ketlikda o‘rnatiladi. O‘zini-o‘zi ko‘taruvchi kranlar yordamida oldin kranga yaqin bo‘lgan yacheykalarni konstruksiyalari , keyin o‘zoqdagilarniki o‘rnatiladi.
Temirbetonli karkaslarni bikirligi va turg‘unligi nafaqat konstruksiyalarning mustahkamligi bilan, shuningdek ustunlarni tutashuv joylarini, karkas elementlarini barcha qolgan tutashuv joylarini mustahkamligi bilan ta’minlanadi. Keyingi qavat konstruksiyalarini montajiga kirishish oldingi qavat tutashuv joylari va tugunlarining payvandli birikmalari mahkamlamaguncha taqiqlanadi.
Bikirlik diafragmasi tekis vertikal bo‘lgan temirbetonli karkasning har bir yarusi (qavati) konstruksiyalarini montaji qo‘yidagi ketma-ketlikda bajariladi:
  1. ustunlar, bikirlik diafragmasi, rigellar;


  2. tashqi devor panellari, qolgan ichki panellar va pardadevorlar;


  3. zina maydonchalari va marshi, qavatlararo yopmalar.


Devor panellari va to‘siqlarni boshqa elementlarini montaji uchun tom kranlaridan foydalanish keng tarqalgan. Ularni bikirlik yadrosini balandligi 6 qavatgacha bo‘lgan yuqori yaruslarini betonlashda, yuqoridagi qabul maydonchalariga beton, qorishma, mayda donali va sochiluvchan materiallarni, sanitar-texnik jihozlarni, duradgorlik mahsulotlari va boshqalarni uzatishda qo‘llaniladi.


Devor panellarini montaji karkas montaji bilan qo‘shib va paralell olib boriladi, yoki ular karkas barpo etilgandan so‘ng, butun bino balandligi bo‘yicha osib o‘rnatiladi. Ikkinchi xolatda devor panellarini montaj qilish uchun tomga o‘rnatilgan kran ishga solinishi mumkin.
Temirbeton karkas elementlari shunday ketma-ketlikda o‘rnatiladikim, unda karkasning berk yacheykalari bo‘lishi ta’minlanishi kerak. Xamma yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarni va bog‘lovchilarni, har bir yacheykadagi elementlar to‘g‘rilangandan so‘ng shu zaxoti maxkamlanishi kerak. Ustunlarni planda to‘g‘ri o‘rnatilganligiga va ularni vertikalligini ta’minlashga aloxida ahamiyat berish kerak. Buning uchun ustunlar aloxida, guruxli konduktorlar va RSHI yordamida, tirgovichlar va egiluvchan tortqilar qo‘llab o‘rnatiladi.
Ustunlararo plita–tirgaklar rigellardan keyin darrov o‘rnatiladi, ular rigellarning tayanch qirralarida joylashgan va bikirlik devorini elementlaridagi qo‘yma detallarga payvandlanadi. Oddiy plitalar qo‘yma detallarga o‘ch tugunda payvandlanishi shart. Har bir plitani payvandlanish sifati qushni plita o‘rnatilganga qadar nazorat qilinishi kerak.

    1. Download 280.99 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling