KIRISH
Jamiyat taraqqiyotida qurilish asosiy ishlab chiqarish sohalaridan biridir. Qurilish ishlab chiqarishining natijasida, tugallangan qurilish mahsuloti − funksional mo‘ljalga ega bo‘lgan bino va inshootlar yaratiladi. Bino va inshootlar konstruksiyalarining xilma-xilligi keng miqyosda qurilish texnologiyalarining yaratilishi va qo‘llanilishini taqoza qiladi.Har bir qurilish texnologiyasining yetakchi elementi bu − qurilish jarayonidir.
Qurilish jarayonlarining nazariy va amaliy asoslari “Qurilish jarayonlari texnologiyasi“ fanida o‘rganiladi. Qurilish texnologiyalarining tarkibi va strukturasi “ Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi” fanida ko‘rib chiqiladi. Bu fanni o‘rganish qurilish materiallari va buyumlari, bino va inshootlarning arxitektura-rejaviy yechimlari, konstruktiv tizimlari, qurilishni tashkil etish va boshqarish, qurilish mashinalari, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi sohalarida o‘rganilgan ilmlarga asoslanadi.
“Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi” fanida o‘rganiladigan qurilish texnologiyalari o‘z ichiga bino va inshootlarni yig‘ma, monolit, yig‘ma- monolit va g‘isht konstruksiyalardan barpo etishdagi texnologiyalarini oladi. Qurilish ishlab chiqarish texnologiyalarining soni ko‘p, ular doimo yangilanib, taraqqiylashib rivojlanmoqda. Qurilish texnologiyalari mukammallanishining asosiy yo‘nalishlari resurstejamkorlik, qurilish texnologiyalarini moslashuvchanlik darajasini oshirish, ularning xavfsizligi, sifati, atrof-tabiat va ijtimoiy muhitga bo‘ladigan ta’sirlarni kamaytirishdan iboratdir
Bu darslikning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri, unda zamonaviy bino va inshootlarni barpo etishning keng ko‘lamdagi sharoitlari ko‘rib chiqilgan. SHuningdek, zamonaviy qolip turlari va sistemalarining qo‘llanilishiga keng e’tibor qaratilgan.
Ushbu darslikda “Bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi” o‘quv kursining asosiy beshta bo‘limi ketma-ket ko‘rib chiqilgan: qurilish
texnologiyalarining asosiy qoidalari; bino va inshootlarni yer osti qismini barpo etishning o‘ziga xos xususiyatlari; bino va inshootlarni yig‘ma konstruksiyalardan barpo etish; binolarni monolit temirbetondan barpo etish; ishlab chiqarishning tabiiy-noqulay sharoitlarida bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi.
Darslik ikki qismdan iborat bo‘lib, ushbu ikkinchi qismida bino va inshootlarni yig‘ma konstruksiyalardan barpo etish (қолган қисми); binolarni monolit temirbetondan barpo etish; ishlab chiqarishning tabiiy-noqulay sharoitlarida bino va inshootlarni barpo etish texnologiyasi yoritilgan;
Do'stlaringiz bilan baham: |