Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov
YIRIK PANELLI BINOLARNI BARPO ETISH
Download 280.99 Kb.
|
A. T. Ilyasov Bino va inshootlarni-hozir.org
12 bob
YIRIK PANELLI BINOLARNI BARPO ETISHIshlarning asosiy sikllari va montaj ishlarini geodezik ta’minlashYirik panelli binolarni barpo etishda qurilish jarayonlarini uch xil sikllarga tegishli bo‘lgan texnologiyasi qo‘llaniladi: nolinchi sikl texnologiyasi, ya’ni kotlovan, transheya qazish, poydevor bloklari va yerto‘la devorlarini montaji, yerto‘la orayopmalarini montaji, yer osti kommunikatsiyalarini yotqizish va binoga ulash; binoni yer usti qismini barpo etish texnologiyasi – devor va pardadevorlarni barpo etish, deraza va eshik o‘rinlarini to‘ldirish, zinapoyalar, orayopma plitalar, tom panellari montaji, tomqoplamalarini qurish, ichki sanitar- texnika va elektromontaj kommunikatsiyalarini joyiga qurish, lift uskunalarini montaji, duradgorlik mahsulotlarini (deraza va eshiklarni) montaji, suvoqchilik ishlari, pol asosini tayyorlash; bino ichidagi va fasadlardagi pardozlash ishlari texnologiyasi – qoplash va bo‘yoqchilik ishlari, pollarni va ichkariga qurilgan uskunalarni barpo etish ishlari, sanitar-texnika va elektromontaj armaturasi va konstruksiyalarini o‘rnatish va tarmoqlarga ulash. Montaj ishlarini geodezik ta’minlash. Ko‘p qavatli yirik paneli binolarning montaj qilish konstruksiyalarni yuqori aniqlikda o‘rnatish talab qilinishi bilan ajralib turadi. Ruxsat etilgan joiz o‘lcham-qo‘yimlarga rioya qilmaslik va xatoliklarni yig‘ilishi montaj ishlarini qiyinlashiga, eng muhimi ayrim elementlarning xattoki butun binoning mustahkamligini va turg‘unligini kamayishiga olib kelishi mumkin. Binoning konstruksiyalarini to‘g‘ri va aniq montaj qilishni quyidagi kompleks geodezik rejalash ishlarini bajarish orqali ta’minlash mumkin: yuqori qavatlarga o‘tkazish imkonini saqlagan holda o‘qlarni binoda mahkamlash, ya’ni geodezik rejalash planini tuzish. Buning uchun binoni yerdan yuqori qismini barpo etishdan oldin sokolda va yerto‘laning orayopmalarida o‘q belgilari qo‘yib chiqiladi; vertikal bo‘yicha asosiy o‘qlarni har bir qavat orayopmasiga, ya’ni yangi montaj gorizontiga ko‘chirish. O‘tkaziladigan asosiy o‘qlar soni binoning konstruktiv xususiyatlariga bog‘liq. Yirik panelli binolar uchun qamrov chegaralarida ikkita ko‘ndalang o‘qlarni va bitta krandan eng uzoqdagi chetki bo‘ylama o‘q ko‘chiriladi; har bir montaj qilinayotgan qavatda oraliq va yordamchi o‘qlarni rejalash. Bunda o‘qlarni qavatlarga o‘tkazish uchun tayanch nuqtalar binoning asosiy o‘qlarida emas, balki parallel siljitilgan bo‘ylama va ko‘ndalang chiziqlarlarda (tashqi devorlarni ichki tekisliklari holatini aniqlovchi chiziqlar) ammo ichki yuk kutaruvchi devorlar o‘qida bo‘ladi. Ishlayotganda montajchilarga asosiy o‘qlar emas, balki yordamchi o‘qlar kerak bo‘ladi. elementlarni montaji sharoiti uchun kerakli bo‘lgan o‘rnatuvchi o‘q belgilarini (chiziq) o‘rnini qo‘yib chiqish. Montaj qilingan qavat orayopma plitasida hamma ichki va tashqi devor panellarini loyihaviy holati o‘lchov lentasi bilan belgilab chiqiladi. Har bir elementni aniq loyihaviy holati (holatni belgilash) uch tekislikdagi belgilari bo‘yicha aniqlanadi, har bir panelni bo‘ylama yo‘nalishda tashqi devorlar o‘qiga nisbatan o‘rnatuvchi o‘q belgilarini va panelni shu o‘qqa nisbatan holatini belgilovchi ko‘ndalang o‘q belgisi; qavatda montaj gorizontini aniqlash. U har bir qavatda nivelir yordamida aniqlanadi. Yirik panelli binolarda o‘rnatilgan tashqi va ichki devor panellarini tutashuv joyidagi qavatlararo panellarni yuzasi nivelirlanadi. Eng yuqori no‘qtani belgisi montaj gorizonti sifatida qabul qilinadi. Montaj gorizontini sathi mayaklar yasash bilan tayyorlanadi. qavatlar bo‘yicha ishlarni bajarish (ijro etish) tasvirini tuzish. Montaj ishlarining har bir bosqichida geodezik ijro etish tasviri ishlari bajariladi, unda har bir montaj qilingan konstruksiyaning rejalash o‘qlariga nisbatan holati hujjatli qayd qilinadi. Bu xatolarni to‘planishini hisobga olishga va keyingi qavatlarni montajida konstruksiyalar holatini korrektirovka qilinishga imkoniyat yaratadi. Download 280.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling