Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


ICHKI DЕVOR PANЕLLARINI O‘RNATISH


Download 280.99 Kb.
bet5/60
Sana20.11.2023
Hajmi280.99 Kb.
#1788491
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60
Bog'liq
A. T. Ilyasov Bino va inshootlarni-hozir.org

ICHKI DЕVOR PANЕLLARINI O‘RNATISH

Xuddi tashqi panellar kabi har qaysi ichki devor panellarining ostiga ham 2 tadan marka-qistirma joylashtiriladi, hamda marka sathidan 3…5 mm balandlikda

. qurilish qorishmasi to‘shaladi. Stroplar tarang holatda panel tushiriladi, shablon bilan asosga to‘g‘ri o‘rnatilganligi tekshiriladi, chetga chiqishlar bo‘lsa lom bilan
to‘g‘rilanadi. Panelni vertikalligi reyka-shovun va tirgakni siquvchi muftasi bilan to‘g‘rilanadi. Paneldan stroplar yechilib, uning ostiga qorishma bostirilib (chekanka), hamma tarafdan zichlanadi. Ko‘p hollarda ichki va tashqi tutashuvchi panellar orasida tortuvchi ko‘rinishdagi strubsinali tortqilar burchak bog‘lamasi sifatida o‘rnatilib mahkamlanadi (strubnitsa ichki panelda mahkamlanadi, tashqi panelda montaj ilmog‘iga ilintiriladi).
Montaj ishlarini tezlashtirish uchun ichki panellarni aniq berilgan o‘qlar bo‘yicha o‘rnatish uchun oldindan qo‘yma-quyilma detallarga payvandlanadigan yoki orayopma panellariga o‘rnatiladigan fiksator-tutqichlar qo‘llaniladi. Ular maxsus fazoviy profil shaklida tayyorlanadi yoki qurilish maydonida diametri 10…12 mm, balandligi 100 mm li armaturadan tayyorlanadi, fiksatorlar orasi panelni qalinligidan 3 mm ga kengroqdir.
Yirik panelli karkassiz binolar konstruksiyasi barcha elementlarni fazoviy birga ishlashini, devor konstruksiyalarida ham yuk ko‘taruvchi ham to‘suvchi funksiyalarini birlashtiradi. Har bir yangi o‘rnatilgan element loyihaviy holatiga mustahkam qilib o‘rnatilishi kerak. Buning uchun oldingi o‘rnatilgan konstruksiyalar – zinapoya katagi , sanitar-texnika kabinalar va boshqalardan foydalaniladi. Bo‘lmagan holatda urnatiladigan konstruksiya qiya tirgovich yordamida mahkamlanadi.
Orayopma panellarini montaj qilishni zinapoya katagi yonidagi yacheykadan boshlanadi. Oldin krandan eng uzoqdagi orayopma panellar, keyin yaqinlari o‘rnatiladi. Montaj zinapoya xonasining ikki yon tomonidan boshlanib ketma-ket olib boriladi. Birinchi plita so‘ridan turib, keyingilari montaj qilingan plitalar ustida turib montaj qilinadi.
Har qanday montaj qilish sxemasida ham qavatlararo plitalarni bitta qamrov chegarasida o‘rnatishdan oldin devor panellari va pardadevorlar, ventilyatsiya bloklari, sanitar-texnik kabinalar va boshqalar o‘rnatilib, pol ostiga qadar ishlar qilingan bo‘lishi kerak. Pastki qavat orayopmasiga
qavatdagi ishlarni davom ettirish uchun kerakli materiallar va mahsulotlar bilan yuklangan bo‘lishi kerak.


    1. Download 280.99 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling