Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov
Download 280.99 Kb.
|
A. T. Ilyasov Bino va inshootlarni-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- G‘ISHT DEVORLI BINOLARNI BARPO ETISH
PARDOZLASH ISHLARI
Pardozlash ishlari karkasning montaji va umumqurilish ishlari bilan qo‘shilib yoki butun bino bo‘yicha montaj ishlari tugagandan so‘ng olib borilishi mumkin. Ishlar qushilib bajarilganda ikkinchi qamrovni 6...10 qavatlarida montajchilar konstruksiyalarni montaj qilish ishlarini boshlaganlarida, birinchi qamrovni birinchi qavatida pardozlash ishlarini boshlaydilar. So‘ng ular to montaj ishlari tugaguncha qamrovlar bilan almashadilar. Pardozlash ishlari pastdan yuqoriga qarab olib boriladi, chakka o‘tishini oldini olish uchun, montaj qilingan tom yopmalarni birida gidroizolyatsiya o‘rnatiladi. Agarda pardozlash ishlari, montaj ishlari tugallangandan so‘ng bajarilsa, unda pardozlash ishlari tepadan pastga qarab olib boriladi, bunda pardozchilarni ish fronti kengayadi, ishlash sharoiti yaxshilanadi. Liftlarni montaj qilish binoni barpo etish bilan birga parallel olib boriladi, ularni tugatish va liftni ishga tushirish bevosita montaj va tom ishlari tugagandan so‘ng amalga oshirish maqsadga muvofiqdir.
bob G‘ISHT DEVORLI BINOLARNI BARPO ETISHUmumiy qoidalarTo‘suvchi devor sifatida sun’iy va tabiiy toshlar keng qo‘llaniladi. Bu xom ashyolar zaxirasini ko‘pligi va tosh konstruksiyalarni bir qator quyidagi ijobiy ekspluatatsion xususiyatlari bilan bog‘liqdir: chidamlilik, mustaxkamlik tavsifi, ob-xavo ta’siriga va olovga chidamliligi, amalda turli ko‘rinishdagi bino va inshootlarni barpo eta olish mumkinligi. G‘ishtli devorlar xonalarning yuqori darajada germetizatsiyasini issiqdan asrash va tovushdan izolyatsiya qilishni ta’minlaydi. G‘isht me’moriy nuqtai nazardan shahar massivlarini umumiy ko‘rinishini yanada ko‘rkamlashtiradi. Bundan tashqari, g‘ishtli uylar issiq, yozda esa eng shinamdir. G‘ishtlar, ichki va tashqi yuk ko‘taruvchi devorlarni va pardevorlarni, lift shaxtalari, ustunlarni, zina xona devorlari va hokazolarni barpo etishda keng foydalaniladi. Ko‘p qavatli karkasli binolarda g‘ishtli tashqi devorlar yuk ko‘taruvchi – ora yopmalardan gorizontal kuchlanishlarni qabul qiladigan; o‘zini-o‘zi ko‘taradigan(to‘suvchi) – temir yoki temirbeton karkasga maxkamlangan va faqat o‘zini massasini ko‘taradigan va osma – o‘rama to‘singa yoki lentali oynalarni ustiga tayanadigan bo‘lishi mumkin. Osma devorlarda g‘isht terimi faqat me’moriy maqsadga ega bo‘lib, original va ko‘rimlili fasad yaratishga qaratilgan. Download 280.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling