Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


Qoliplarning asosiy turlari


Download 280.99 Kb.
bet23/60
Sana20.11.2023
Hajmi280.99 Kb.
#1788491
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   60
Bog'liq
A. T. Ilyasov Bino va inshootlarni-hozir.org

Qoliplarning asosiy turlari

Qoliplar funksional vazifasi bo‘yicha betonlanayotgan konstruksiyalarni turiga qarab quyidagilarga tasniflanadi:





  • devor va ora yopmalarni bir vaqtni o‘zida betonlash uchun;




  • egri chiziqli yuzalarni betonlash uchun (bunda asosan pnevmatik qoliplardan foyda-laniladi).


Devorni betonlash uchun quyidagi ko‘rinishdagi qoliplar qo‘llaniladi: mayda shchitli, yirik shchitli, blok –forma, blokli va sirpanuvchi.


Ora yopmalarni betonlash uchun mayda shchitli o‘shlab turadigan elementlari bilan birgalikdagi qoliplardan va qolip yuzalari yagona qolip blokini tashkil etuvchi, kran bilan to‘liq ko‘chirib o‘rnatiladigan yirik shchitli qolipdan foydalaniladi.
Devor va ora yopmalarni yoki binoning bir qismini bir vaqtning o‘zida betonlash uchun, hajmdor-ko‘chiriladigan qolipdan foydalaniladi. SHu maqsadlar uchun gorizontal ko‘chiriladigan, jumladan vertikal, gorizontal va yotiq yuzalarni betonlash uchun sirpanuvchi qolip qo‘llaniladi.
Ajratib-qayta o‘rnatiladiganmayda shchitli qolip kichik o‘lchovli yuzasi 3 m2 gacha va massasi 50 kg gacha bo‘lgan elementlar to‘plamidan tashkil topadi, bu esa ularni qo‘lda o‘rnatish va qismlarga ajratish imkonini beradi. Qolip elementlardan yirik panellarni va bloklarni yig‘ish mumkin. Ularni qismlarga ajratmay kran yordamida montaj va demontaj qilish mumkin. Qolip unifikatsiyalashgan bo‘lib, turli xil doimiy, o‘zgaruvchan va qaytariluvchi o‘lchovlarga ega monolit konstruksiyalar uchun qo‘llanilishi mumkin. Unifikatsiyalashmagan kichik hajmdagi konstruksiyalarni betonlash uchun bu qolipni ishlatish juda ham maqsadga muvofiqdir.

Download 280.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling