Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


qolip – monolit konstruksiyalar uchun shakl-forma; shchit


Download 280.99 Kb.
bet22/60
Sana20.11.2023
Hajmi280.99 Kb.
#1788491
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   60
Bog'liq
A. T. Ilyasov Bino va inshootlarni-hozir.org

qolip – monolit konstruksiyalar uchun shakl-forma;


  • shchit – qolipning karkas va palubadan iborat bo‘lib, shakl hosil qiluvchi elementi;


  • paluba – shchitning shakl hosil qiluvchi ishchi yuzasini tashkil etuvchi elementi;


    • qolip panel – qolipning shakl-forma hosil etuvchi tekis elementi bo‘lib, bir nechta tutash shchitlardan iborat va uzaro bog‘lovchi tugunlar va elementlar yordamida bog‘langan bo‘lib aniq tekis yuzani qoliplashga muljallangan;

    Qolip uchun material sifatida alyumin qotishmalari, namga chidamli fanera va yog‘och plitalar, po‘lat, stekloplastik va katta zichlikli to‘ldirgichga ega polipropilen xizmat qiladi. Qoliplarni ushlab turuvchi elementlari odatda po‘latdan, alyumin qotishmalaridan yasaladi, bu esa o‘z navbatida ularni qayta ishlatish imkonini beradi.


    Qolipning kombinatsiyalashgan konstruksiyalari eng samaralidir. Ular materiallarning o‘ziga xos xarakteristikalaridan yuqori darajada to‘liq foydalanish imkonini beradi. Fanera va plastikdan yasalgan qolipning qayta ishlatilishi 50 marta va undan ortiqga teng, shu bilan birga material va betonni kam adgeziyasi hisobiga konstruksiya yuza sifati ancha oshadi. Po‘latli qolip yasashda, qalinligi 2...6 mm tunuka qo‘llaniladi, bu o‘z navbatida qolipni ancha og‘irlashtiradi. Yog‘och materiallardan yasalgan qolip yuzalari sintetik qoplamalar bilan himoyalanadi. Xozirgi paytda qalinligi 18...22 mm, namga chidamli faneradan yasalgan qoliplar eng keng tarqalgandir. Qoplama qatlam sifatida stekloplastik , qatlamli plastik, viniplast ishlatiladi.
    Ayniqsa shishatola bilan armaturalangan plastmassa qoliplar ham qo‘llanilayapti. Ular statik yuklanishda yuqori mustahkamlikka ega va beton bilan ximik mosdir. Polimerdan yasalgan qoliplar boshqa qoliplardan yengilligi, shaklini
    o‘zgarmasligi va korroziyaga chidamliligi bilan ajralib turadi. Plastmassa qoliplarning kamchiligi – termoishlov berilgandagi harorat 60°S gacha bo‘lganda ularning yuk ko‘taruvchanlik qobiliyati keskin kamayadi.
    Metall palubasiga listli polipropilen qoplangan kombinatsiyalashgan qoliplar paydo bo‘ldi. Tok o‘tkazuvchi to‘ldirgichli kompozitlarni qo‘llash betonga issiqlik ta’sirini boshqaradigan isituvchi qoplama olish imkonini beradi.

      1. Download 280.99 Kb.

        Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   60




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling