17 bob
Ajratib-qayta o‘rnatiladigan qoliplar ikki turli bo‘ladi: kichik shchitli va yirik shchitli. Kichik shchitlarni qo‘l bilan bilan o‘rnatish mumkin, yirik shchitli qoliplarni o‘rnatishda montaj krani talab etiladi. Zamonaviy qolip sistemalari poydevorlar, ustunlar, rigellar, devorlar, ora yopmalar va binolarning boshqa konstruktiv elementlarini betonlash uchun qo‘llanilishi mumkin
Devor va ustunlarning qoliplari
Kichik shchitli qoliplar po‘lat, fanera yoki kombinatsiyalashgan materiallardan yasalgan katta o‘lchovga ega bo‘lmagan bir necha turdagi shchitlardan, hamda mahkamlovchi elementlar va ko‘tarib turuvchi moslamalardan iborat. SHchitlar 3 m2 katta bo‘lmagan yuzaga ega, bir elementni massasi 50 kg dan oshmasligi kerak, bu esa o‘z navbatida qoliplarni o‘rnatish va ko‘chirishni qo‘lda bajarish imkonini beradi. Mexanizmlardan foydalanish va mehnat sarfini kamaytirish maqsadida qolip shchitlaridan oldindan tekis qolip panellari yoki fazoviy bloklar yig‘ish mumkin va ularni o‘rnatishda va ko‘chirishda kranlardan foydalanish mumkin.
Kichik shchitli qoliplar yuqori universalligi bilan ajralib turadi, va ularni turli xil konstruksiyalarni – poydevorlarni,ustunlarni, devorlarni, to‘sinlarni, ora yopmalarni barpo etishda qullash mumkin.Fanera palubalari yuzasini puxta tayerlash ulardan 200 siklgacha foydalanish imkonini beradi. Qolip shchitlarini karkasga mahkamlanishini oddiyligi, eskirib ishdan chiqqan palubani tez almashtirish imkonini beradi.
Qolip sistemalarini montaj va demontajini texnologikligi birinchi navbatda bog‘lovchi elementlarni konstruksiyasi bilan bog‘liq.O‘zimizda ishlatiladigan
qoliplarda mufta shaklidagi qulfli yoki chekali metall sterjenlar va boltli birlashtirish qo‘llaniladi. Bunday qulfli birlashtirishni qismlarga ajratganda, ayniqsa pona qoqilganda katta kuch va mehnat sarfi talab qilinadi. Yiriklashtirib yig‘ishda ko‘pincha ma’naviy eskirgan boltli birlashtirish qo‘llaniladi. CHet el tajribasida asosan boltli birikmalar qo‘llaniladi.
Mayda shchitli qoliplarni muhim kamchiliklaridan bu qolipni o‘rnatish va yechish uchun katta mehnat sarfi, bu jarayonlarning juda past darajada mexanizatsiyalashganligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |