Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


“UTINOR” FIRMASINING TUNNYeL QOLIPI


Download 280.99 Kb.
bet38/60
Sana20.11.2023
Hajmi280.99 Kb.
#1788491
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   60
Bog'liq
A. T. Ilyasov Bino va inshootlarni-hozir.org

“UTINOR” FIRMASINING TUNNYeL QOLIPI

Tunnel qolip devor va orayopmalarni bir vaqtda betonlash imkonini beradi, bu esa konstruksiyaning yaxlitiligini, bir butunligini va ishonchliligini oshiradi. Qolip seksiya deb ataladigan uzunligi 2,5 m bo‘lgan bir necha elementlardan tashkil topgan. Seksiya to‘g‘riburchakli kesimga ega va balandligi betonlanadigan


devorning balandligiga teng ikkita vertikal shchitlaridan, shuningdek, eni orayopma eniga teng bo‘lgan bitta gorizontal shchitdan iboratdir. Har bir seksiya gorizontal shchitning bo‘ylama o‘qi bo‘yicha tutashtiruvchi choklari bilan ikkita yarim seksiyaga ajratilishi mumkin. Bunday tunnel ikki seksiyali deyiladi. Agar tunnel yasalgan yoki yig‘ma holatda foydalanilsa, u bir seksiyali deb ataladi.

Rasm 18.6. “Utinor” firmasining tunnel qolipi:

1 – vertikal panel; 2 – magnit qulfli bushliq hosil qiluvchilar; 3 –gorizontal panel; 4 – sokolni betonlash uchun qolip; 5 – qolipni to‘sib turuvchi devorini yon qismi; 6 – rolikli g‘ildirak; 7 – rostlovchi domkrat; 8 – markaziy tayanch ustun-tirgak; 9 – orqa panel; 10 – tirgak.

Ikki seksiyali tunnel standart shchitli qolip “Utinor” asosida yaratilgan (18.6-rasm). Vertikal panellar xuddi devor qoliplaridagidek, 3 mm qalinlikdagi metall list konstruksiyalariga ega. 1,25 va 2,5 m uzunlikdagi har bir standart panel balandlik bo‘yicha sathga ko‘tarib qo‘yish uchun ikkita vintli domkratlar va ikkita rolikli g‘ildiraklar bilan jihozlangan. Alohida tunnellar biriktirilib, uzunligi 3,75 dan 12,5 m gacha bo‘lgan bitta element holatiga keltirilishi mumkin, bunda qolipni ko‘chirish esa yirik modullab amalga oshiriladi. Vertikal panel beton qorishmasi bosimini qabul qiladigan fermaga ega emas, shuning uchun tunnelning uchta sathida qadami 1,25 m dan iborat bo‘lgan vintli tortqilar yordamida mahkamlash ko‘zda tutilgan.


“Yuzma-yuz” o‘rnatiladigan qo‘shni tunnellarning vertikal panellarida shchitlarni uchinchi (shchitlarni yuqorigi va past qismidagi ikkitadan tashqari) biriktiruvchi vintli tortqilar bilan tortib qo‘yish uchun tuynuk nazarda tutilgan. Tunnelning standart balandligi 2,43 m ga teng, bu esa betonlash balandligi bo‘yicha balandligi 2,52 m bo‘lgan devor shchitlariga mos keladi.
3 mm qalinlikdagi metall listlardan tayyorlangan gorizontal panellar bikirlik elementlari bilan kuchlantirilgan. Ikki vertikal va gorizontal panellar o‘zaro tirqishlari orqali tutashtirilib, boltlar yordamida tortib qo‘yiladi. Tutashtiruvchi qulf, bu ikkita (bittasi yonlama yoriqli) qator qilib parmalab teshilgan shtampovkalangan po‘lat plastinadir. Boltlar bilan tortilib qisilgan plastina ikkita yarim tunnellarni bir butun qilib, ikkita elementni to‘g‘ri tutashtirlishini hamda qolipni ko‘chirish uchun zarur oraliq masofani ta’minlaydi.
Suriladigan tirgaklar balandligi bo‘yicha joyi o‘zgartiriladigan tishli vintli tortqilar bilan rostlanadi, bu esa panelni to‘g‘ri burchak ostida chiqarib olish va qavariqlik strelasini rostlash imkonini beradi. Har bir yarim seksiya rolikli g‘ildirakli hassalar bilan jihozlangan, qaysikim ostki sharnirli tyaga va rolik g‘ildirakli vertikal shchitlar bilan birgalikda qolipni ko‘chirish g‘ildirakli aravachasini hosil qilib, shuningdek, bir vaqtning o‘zida birinchi yarim tunnelni qolipini ajratish paytida paytida plitaning tirgak-ustun vazifasini ham o‘taydi. (18.7-rasm). Qolipni o‘rnatish va betonlash jarayonida sharnirli mahkamlangan kostil qolipning vertikal paneli tomon qayriladi.
Tunnel hosil qiladigan panel aniq o‘lchamlarga ega bo‘lib, bu esa devor sokolini yuqori aniqlikdagi holatda quyilishini ta’minlaydi. Sokol qolipdan avval pastki orayopmada foydalaniladi, keyin yo‘naltiruvchi shablon yordamida tunnelni vertikal paneliga o‘rnatiladi, shunday qilib, sokol betonlanadigan devorning davomi vazifasini bajaradi. Sokol orayopma plitasi bilan bir vaqtda betonlanadi, bu keyingi qavat devorlari o‘lchamlarini qo‘shimcha to‘g‘rilashlarsiz aniq belgilaydi.

18.7-rasm. “Utinor” firmasi yarim tunnelining konstruktiv yechimi:


1 – vertikal panel; 2 – gorizontal panel; 3 – yordamchi-qo‘shicha panel; 4 – suriladigan panel; 5 – sharnirli tirgak; 6 – burchakli tirgovich; 7 – yarim tunnelni chiqarma konsolga surish rolikli g‘ildiragi.

Tunnelni oralig‘i gorizontal panellar orasiga qo‘shimcha qo‘yiladigan elementlar hisobiga kengaytirilishi mumkin. Bu qo‘shimcha qo‘yiladigan elementlar rostlanadigan stabilizator bilan jihozlanadi va u yarim tunnelga montaj qilingan holda qoldiriladi.


Ayrim hollarda uzun tor oraliqlarni betonlashda qolip ko‘chirilganda yig‘ilgan ko‘rinishda qoladigan tunnel qoliplardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun tunnel yarim seksiyalari shatun va tortqi bilan jihozlanadi. Qolipni ko‘chirish tirgak va tortqilarni qisqartirish evaziga amalga oshiriladi, shu bilan birgalikda yon devor qoliplari markaz tomon tortiladi. Bitta yarim seksiya yonidagisiga nisbatan pastga tushiriladi va uni ichkari tomonga bir
necha santimetrga burab qo‘yiladi. Vertikal shchitlarni bunday yaqinlashtirish va
gorizontal shchitni domkratlar yordamida tushirish natijasida tunnel qolipning butun perimetri bo‘ylab tirqish paydo bo‘ladi, bu esa tunnelni oraliq bo‘ylamasi bo‘yicha siljishiga yetarli bo‘ladi.
Ba’zan ichki ko‘nadalang devorlarni ham bir vaqtda betonlash zarur, bunday holatda tunnel qolipning yon tomonida orqa panel montaj qilinadi. U o‘yiq joyi (paz)da birlashtirilgan, tutashtiruvchi qulf yordamida tunnel qolipga mahkamlangan ikkita elementlardan yig‘iladi. Bu panellar sathga ko‘tarib o‘rnatuvchi domkratlar va rolikli g‘ildiraklar bilan jihozlangan. Tunnelning vertikal panellari bilan birlashtirilishi, xuddi devor qoliplarini burchaklik birlashtirishdek amalga oshiriladi. SHunday qilib devor qolipining bir tomoni shakllanadi. Devor qolipining ikkinchi tomoni esa mayda shchitli qolip elementlaridan yig‘iladi. Bu ikki panel qoliplarini o‘zaro tutashtirish vintli tortqilar bilan bajariladi.
Yarim seksiyalarni qolipdan ajratish tayanch domkratlarni pastga tushirish yo‘li bilan bajariladi, bunda, ya’ni domkrat tirgaklarini tushirish natijasida gorizontal panellar betonlangan orayopmadan ajraladi. Tunnel seksiyalarni ko‘chirish navbatma-navbat yarim seksiyalarni g‘ildiratish yo‘li bilan qolipdan ajratib so‘ri maydonchaga keltirish bilan amalga oshiriladi (18.8-rasm), bunda bitta yarim seksiya demontaj qilingach, ikkinchi yarim seksiyani demontajidan avval orayopmani yarim seksiyalarini biriktirish o‘qlari bo‘yicha oraliqning markazida tayanch ustunga tirab qo‘yiladi, holbuki, beton zarur mustahkamligini olishi kerak. So‘ri-maydonchada ajratilgan qolipni vertikal sirtiga moy surkaladi, keyin yarim tunnel yangi qamrov (ish o‘rni)ga qayta o‘rnatiladi. Ajratilgan qolipni so‘ri- maydonchasi qolipni tozalash va moylashga qulay sharoit yaratish uchun mo‘ljallangan hamda ishchilarning erkin va xavf-xatarsiz harakatini ta’minlaydi, shuning uchun ham himoya to‘rlari bilan jihozlangan.
Betonlangan yacheykadan tunnel qolipni chiqarib olishda g‘ildirab chiqatiladigan platformadan foydalaniladi. Ularni pol va orayopma orasiga o‘rnatiladi, qurilish ishlarining jadalligiga qarab yangi joyda kran yordamida
montaj qilinadi va qayta montaj qilinadi. Binoning bir tomonidan tunnelni chiqarib olinsa, qarama-qarshi tomonida ishchilarni bir yacheykadan boshqasiga xavf- xatarsiz xarakatlanishini ta’minlash uchun so‘ri-maydonchani montaj qilinadi.
Tunnel qoliplari o‘lchamlarining yuqori aniqlikdaligi betonlangan va qolipi ko‘chirilgan yuzalarni pardozlashni mexanizatsiyalashtirish imkonini beradi. Ikki seksiyali qolip bilan ishlash uchun juda oz ishchilar talab qilinadi. Bir xildagi operatsiyalarning takrorlanishi evaziga texnologik jarayonlarni oson o‘rganish mumkin, buning ustiga og‘ir qo‘l mehnatining hissasi ham oz.
18.8-rasm. “Utinor” firmasining teleskopik oyoqli qolipni ajratish so‘ri-maydonchasi:

1 – betonlangan orayopma; 2 – ikkita blokdan tashkil topgan tunnel qolip bog‘lovchi; 3



  • uchburchakli montaj traversasi; 4 – himoya to‘sig‘i; 5 – qolipni ajratish so‘ri-maydonchasi; 6 – vaqtinchalik oraliq tirgak-ustun.





Download 280.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling