Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov
Download 280.99 Kb.
|
A. T. Ilyasov Bino va inshootlarni-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- “NOE” firmasining ko‘p maqsadli hajmiy qolipi
Tunnel qolipTunnelli qolipdan tunnel va kollektorlarni pardozlashda, yopiq usulda barpo etiladigan turar-joy va jamoat binolari konstruksiyalarini betonlashda foydalaniladi. Tunnel qolip gorizontal-ko‘chiriladigan qolipdan konstruktiv jihatidan kam farqlanadi. U o‘z ichiga karkasga mahkamlangan panel shchitlarini olgan, qaysikim u qayd qiluvchi va qolipni ajratuvchi qurilmalar hamda qolipni yo‘naltiruvchilar bo‘ylab gorizontal ko‘chishini ta’minlovchi mexanizmlar bilan ta’minlangan.
“NOE” firmasining ko‘p maqsadli hajmiy qolipi“NOE” firmasining tunnel qolipi hajmiy qolip ko‘rinishida bo‘lib, undan binoning devori va orayopmasini bir vaqtda barpo etishda ham to‘plam (komplekt), ham alohida qismlar holatida foydalanish mumkin. (18.5-rasm). Qolip odatda metall qoplamali bo‘lib uzunligi 2,5 va 1,25 m hamda enining moduli 0,3 m bo‘lgan standart elementlardan iborat, shuning evaziga har-xil uzunlikli, enlili va balandlikli inshootlarni betonlash imkoniyati mavjud. Qolip elementlarining yuqori aniqlikda tayyorlanganligi sababli, qolipning barcha elementlarini o‘zaro jips birikishiga va betonlangan sirtning silliq va tekis bo‘lishiga erishiladi. Mavjud mexanizmlar qolipni yangi joyga qisqa vaqtda sifatli o‘rnatish va qayta o‘rnatish imkonini beradi. Betonni qo‘shimcha isitish hisobiga mustahkamligini ta’minlash muddatini qisqartirish va qolipni barvaqt ajratishni ta’minlash mumkin.
18.5-rasm. “NOE” firmasining tunnel qolipi: a – umumiy ko‘rinishi; b – konstruktiv yechimi; 1 – devor qolipi shchitlari; 2 – orayopma shchiti; 3 – tunnelning G-simon elementlarini o‘zaro biriktiruvchi unsuri; 4 – ostki tayanch; 5 – ustki (yuqorigi) tayanch; 6 – diagonal tirgak; 7 – ship tayanch-konsoli; 8 – tutib turuvchi tayanch burchaklik; 9 – yarim tunnelni balandlik bo‘yicha to‘g‘rilovchi elementi; 10 – tunnelni surish g‘ildirakchalari; 11 – tunnelni gorizontal tutashtiruvchi elementi; 12 – harakatlanuvchi qism; 13 – ishchi so‘rilar; 14 – qolipni yangi yarus (pog‘ona)ga o‘rnatish sokoli. Download 280.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling