Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


Download 280.99 Kb.
bet40/60
Sana20.11.2023
Hajmi280.99 Kb.
#1788491
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   60
Bog'liq
A. T. Ilyasov Bino va inshootlarni-hozir.org

Modulli tunnel qolip. Ikki seksiyali bunday turdagi tunnel qoliplarni qo‘llash, galma-gal keladigan har-xil o‘lchamli oraliqlarni betonlash mumkin bo‘lgan qurilish maydonlarida maqsadga muvofiq bo‘ladi. Qolipning gorizontal panellari gidravlik qurilmalar yordamida suriladi va unga qo‘lda o‘rnatiladigan qo‘shimcha ulanmalar qo‘shiladi. Tunnel yarim seksiyalarining turg‘unligi rolikli
g‘ildirakli qiya tirgovichlardan foydalanish hisobiga bo‘lib , qolip bo‘yicha surilishida, betonlashda va beton qorishmasini zichlashda yetarli mustahkamlik va bikirlikni ta’minlashga imkon yaratadi.
Tunnel qolipdan yil davomida, ob-havosi og‘ir sharoitlar va tashqi harorat - 300S bo‘lganda ham, muvaffaqiyatli foydalanish mumkin. Metall qolipni ikkala ko‘ndalang yon tomonini maxsus issiqlikni himoyalovchi to‘siq (parda)cha yopib yoki tunnelni izolyatsiyalab ichini issiqlik generatorlari bilan isitish mumkin, qaysikim qolipning metalli a’lo darajada issiqlikni o‘tkazadi. Solyar moyidan qish sharoitida betonni isitish va yozda betonning jadal ravishda qotishi uchun foydalanish elektr energiya sarfini tejaydi va beton strukturasini yaxshilaydi.


  1. bob

BINOLARNI VERTIKAL KO‘CHIRILADIGAN QOLIPLARDA



BARPO ETISH

    1. Ko‘tarma-qayta o‘rnatiladigan qolip (KQO‘Q)

Bunday qoliplar balandligi bo‘yicha ko‘ndalang kesimi o‘zgarmas va o‘zgaruvchan bo‘lgan maxsus inshootlarni, ko‘proq balandlashgan sari konussimon yo‘nalishga ega bo‘lgan mo‘rilar, gradirnyalar, silos minoralari kabi inshootlarni barpo etishda qo‘llaniladi. Qolip yangi yarus (pog‘ona)ga o‘rnatishda betondan ajratiladigan tashqi va ichki shchitlardan tarkib topgan bo‘lib, shuningdek, mahkamlash elementlari va tutib turuvchi qurilmalar, ishchi to‘shama va ko‘tarish moslamalaridan iborat. (19.1-rasm).

Tashqi qolip to‘g‘riburchakli va trapetsiyasimon shakldagi panellardan yig‘ilgan bo‘lib, qalinligi 2 mm bo‘lgan po‘lat listdan va metall karkasga o‘rnatilgan metall burchakliklar va qalinligi 20…22 mm bo‘lgan nambardosh fanera bilan qoplangan bo‘lib tayyorlanadi. To‘g‘riburchakli panelning o‘lchami 2700×850 mm, balandligi 2700 mm, yuqorisi bo‘yicha eni 818 mm, pastki qismi
bo‘yicha eni 850 mm ga teng. Panellar tortuvchi elementlar va mahkamlash moslamalari yordamida tutashtiriladi.
19.1-rasm. Ko‘tarma-qayta o‘rnatiladigan qolip:

1 – betonlanadigan devor; 2 – qolipning tashqi shchitlari; 3 –qolipning ichki shchitlari; 4 – ko‘taruvchi qurilma; 5 –tayanch-ko‘tarma qurilmasining shaxtasi; 6 – osma ilmoq; 7 – ish maydonchasi; 8 – tayanch to‘sinlari; 9, 10 – tashqi va ichki osma so‘rilar.

Ichki qoliplar ikki yarusli o‘lchamlari kichikroq 1250×550 mm li shchitlardan yig‘iladi. Qolipni ko‘tarish uchun shaxta ko‘targichiga tayangan ko‘tarma boshmoq(kallak) ko‘zda tutilgan. Qolipni ko‘tarishda kallak ko‘targichdan 2,5 m balandlikka ko‘tariladi, shuning bilan navbatdagi yarusni barpo etish ish bosqichi tugaydi, qolip qayta o‘rnatiladi, ko‘targichning qo‘shimcha bo‘g‘inlari o‘stiriladi.


    1. Download 280.99 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling