Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


MONOLIT TEMIRBETONDAN BINOLARNI BARPO ETISH TEXNOLOGIYASI


Download 280.99 Kb.
bet21/60
Sana20.11.2023
Hajmi280.99 Kb.
#1788491
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   60
Bog'liq
A. T. Ilyasov Bino va inshootlarni-hozir.org

MONOLIT TEMIRBETONDAN BINOLARNI BARPO ETISH TEXNOLOGIYASI

Binolarni beton va temirbeton monolit konstruksiyalardan barpo etish o‘ziga xosligi bilan, binolarni g‘ishtdan, yig‘ma temirbetondan, yog‘och, metall konstruksiyalardan barpo etishdan farq qiladi. Monolit betondan bino barpo etishda, “ho‘l jarayonlarni” mavjudligi, konstruksiyalarni mustaxkamligini egallashi uchun ma’lum vaqt zarurlili bilan farqlanadi va ishlab chiqarishni o‘ziga xosligini belgilaydi.


Betonlash zonalarini qamrovlarga, yaruslarga bo‘lish, brigada va zvenolarni komplektlash (jamlash), kompleks beton ishlarini oqim usulida tashkil etishga e’tibor qaratilgan.
Beton ishlarida ishlatiladigan to‘rtta asosiy guruhga bo‘lingan: ko‘chirib- qayta o‘rnatiladigan, gorizontal va vertikal ko‘chiriladigan va maxsus qoliplar (pnevmatik, ko‘chirilmas, isitadigan) deb atalmish turli xil qoliplarning qo‘llanilish o‘ziga xosligi ko‘rib chiqilgan.


      1. bob



    1. MONOLIT BETONDAN BINOLARNI BARPO ETISHNING QURILISHKONSTRUKTIV O‘ZIGA XOSLIGI
    2. Qolipning vazifasi

Monolit beton va temirbeton hajmining katta qismi nolinchi sikl konstruksiyalarini barpo etish uchun qo‘llaniladi, faqat 20...25% bino va inshootlarning yer usti qismini barpo etish uchun sarflanadi. Monolit konstruksiyalarning eng katta samarasi sanoat bino va inshootlarini qayta qurishda, hamda turarjoy-kommunal ob’yektlarini barpo etishda namoyon bo‘ladi. Monolit betonni qo‘llash temir sarfini 7... 20% ga, betonni sarfini 12% gacha kamaytirish

imkonini beradi. Lekin shu bilan birga ayniqsa qish sharoitida energiya sarfi ortadi, qurilish maydonidagi mexnat sarfi ko‘payadi. Qurilish maydonida monolit temirbetondan bino barpo etishdagi mehnat sarfi yirik panelli binoni barpo etishdagidan 1.65 marta ortiq. Monolit betondan bino qurilishida asosiy ish hajmi qurilish maydonida bajariladi. Yirik panelli o‘y-joy qurilishiga nisbatan beton sarfining 17...19% ga oshishi , yetarli darajada yengil beton ishlatilmasligi , zamonaviy plitali issiq saqlagichlardan foydalan-maslik, va sementni past markalari ishlatilishi bilan bog‘liqdir.
Monolit temirbetondan binolarni barpo etish ularning konstruktiv yechimlarini ma’qulini tanlash imkonini, bo‘linmaydigan-uzluksiz fazoviy sistemalarga o‘tishini, elementlarni birga ishlashini e’tiborga olish va shuni hisobiga kesim yuzasini kamaytirish imkonlarini beradi. Monolit konstruksiyalarda tutashuv joylarini muammosi osonroq yechiladi, issiqlik texnik va izolyatsion xususiyatlari oshadi, ekspluatatsion xarajatlar kamayadi.
Monolit konstruksiyalarni barpo etishdagi majmuali jarayonlarga quyidagilar kiradi:

  • tayyorlash jarayonlari – qolip, armatura karkaslarni, armatura- qolip bloklarini tayyorlash va tovar beton qorishmasini tayyorlash. Bu jarayonlar asosan zavodda bajariladi.


  • qurilish maydonidagi jarayonlar –qolip va armaturani o‘rnatish, beton qorishmasini tashish va joylashtirish, betonni parvarishlash, qolipni ko‘chirish.




Qolip sistemasi – bu tushunchaga qolip va uni mustaxkamligi va turg‘unligini ta’minlovchi elementlar, maxkamlovchi elementlar va ushlab turuvchi konstruksiyalar, havozalar kiradi.
Qolip va qoliplar sistemasi ayrim elementlarining turlari va vazifasi:

1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling