Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov


G‘ishtli devorlarning konstruktiv o‘ziga xosligi


Download 280.99 Kb.
bet16/60
Sana20.11.2023
Hajmi280.99 Kb.
#1788491
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   60
Bog'liq
A. T. Ilyasov Bino va inshootlarni-hozir.org

G‘ishtli devorlarning konstruktiv o‘ziga xosligi. G‘isht terimining mustaxkamligi g‘isht – tosh ishlarini sifatiga, g‘isht – tosh konstruksiyalarni o‘ziga xosligi, ishlash sharoitiga, g‘isht va qorishma xususiyatlariga bog‘liq.
G‘isht va keramik toshlar, plastik va yarim quruq presslangan holatda to‘liq (butun) va ichi kavak qilib chiqariladi. O‘lchami bo‘yicha millimetrda g‘isht maxsulotlari quyidagilarga bo‘linadi: oddiy g‘isht (250 × 120 × 65), qalinlashtirilgan g‘isht (250 × 120 × 88), modul o‘lchamli g‘isht (288×138×138),
tosh (250 × 120 × 138), modul o‘lchamdagi tosh (288 × 138 × 138), yirik tosh (250
× 250 × 138), bo‘shliqlari gorizontal bo‘yicha joylashgan tosh (250 × 250 × 120) va (250 × 200 × 80). G‘isht to‘liq va ichi kavak holda, toshlar esa faqat ichi kavak holda chiqariladi.
Pardozli g‘isht va keramik toshlar terishga va bir vaqtni o‘zida bino devorlarini pardoz qoplamasi uchun mo‘ljallangan bo‘lib, ularning yuz tarafi tekis, bo‘rtma va fakturali bo‘lishi mumkin. G‘isht va keramik toshlar mustaxkamligi bo‘yicha yetti markaga bo‘linadi, kg/sm2 da : 300, 250, 200, 150, 125, 100 va 75.
G‘ishtli konstruksiyalarda quydagi markadagi qorishmalarni qo‘llash nazarda tutilgan, kg/sm2: 4, 10, 25, 50, 75, 100, 150 va 200. Qorishma tayyorlash uchun qo‘llaniladigan bog‘lovchilar, to‘ldirgichlar, qo‘shimchalar va suv me’yoriy xujjat talablariga javob berishi kerak. Qorishmalar asosan avtomatlashtirilgan
qorishma tayyorlaydigan uzellarda qorishmani xamma tashkil etuvchilari aniq o‘lchamlarda tortilishi ta’minlangan holda tayyorlanishi kerak.
Ishlash sharoitiga qarab aloxida elementlarni (ustunlar, devorlar va ora devorlarni) turg‘unligini va yuk ko‘tarish qobiliyatini oshirish uchun armaturalar bilan kuchaytiriladi. Terimda armatura gorizontal choklarda o‘rnatiladi. Aloxida sterjenlar yoki to‘rlar o‘rnatilganda pastdagi va yuqoridagi ximoya qatlami 4 mm kam bo‘lmasligi kerak.
Tashqi devorlar uch asosiy konstruktiv sxema bo‘yicha bajariladi: yirik yoki yaxlit devorni butun qalinligi bo‘yicha g‘isht terish (14.1a- rasm); devor orasiga issiqlikni saqlaydigan materiallar joylab terish (14.1,b-rasm); devor yuzasida issiqni saqlaydigan material bilan terish.

14.1 –rasm. Tashqi g‘isht devorlarning konstruktiv sxemalari: 1− g‘isht terimi; 2 – issiqlik asragich(saqlagich); 3 – so‘voq; 4 – gipsokarton.



Oxirgi yillarda issiqni saqlovchi sifatida, yangi materiallar paydo bo‘lishi munosabati bilan, ikkinchi va uchinchi konstruktiv sxemalar qo‘llanilishi keng rivoj topdi. Ikkinchi sxemada (14.1b - rasm) isitgich devor orasiga joylashtiriladi. Birinchi bosqichda devorni asosiy qismi teriladi (1,5 – 2 g‘ishtli devorlarda). Qorishma chokiga xar ikki qatordan keyin qadami 50 sm da , diametri (5 – 8 mm) va uzunligi issiqlik saqlagich qalinligidan 50 mm uzunroq chiqib turgan zanglamaydigan temirdan yasalgan sterjenlar o‘rnatiladi. SHu sterjenlarga listli issiqni saqlovchi (penopolistirol kabilar) bir standart list balandligida o‘rnatiladi
(kirgiziladi). SHundan so‘ng o‘rnatilgan zanglamaydigan sterjenlarga biriktirilib devorni ikkinchi qismi (0.5 – 1 g‘isht) teriladi.
Uchinchi sxema, issiqni saqlovchi materialni o‘rnatishni ikki imkonini nazarda to‘tadi: g‘ishtli devorni ichkarisidan va tashqarisidan. Tashqaridan issiq saqlagich fasadni pardozlash elementi sifatida qo‘llaniladi, unga pardozlash to‘ri montaj qilinadi, faktura qatlami suvaladi va bo‘yaladi. Fasadlarni tosh, vitraj, dekorativ panellar bilan pardoz qilganda issiq saqlagich osma tashqi konstruksiyalar sistemasining ichki tarafida bo‘ladi. Issiq saqlagich ichkaridan o‘rnatilganda metall karkasga o‘rnatilgan gipsokarton listlari bilan pardozlanadi yoki kamroq hollarda metall setka bo‘ylab suvoqlanadi va bo‘yaladi.

Download 280.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   60




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling