Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov
Download 280.99 Kb.
|
A. T. Ilyasov Bino va inshootlarni-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Murakkab grunt sharoitidagi ob’yektlarda qurilish ishlarini
Tashkiliy omillar. Ish faoliyati to‘xtatilmagan, hamda bino va inshootlarni rekonstruksiyalashda o‘lchamlari cheklangan tor qurilish maydonlarida ish olib borilganda qurilish mashinalarini ishlatishda, qurilish materiallari va konstruksiyalarni joylashtirish, taxlashda va xavfsizlik texnikasi talablarini bajarishda hamda transport va qurilish maydonini tayyorlash jarayonlarida murakkabliklar va qiyinchiliklar tug‘iladi.
Xo‘jalik faoliyati yaxshi yo‘lga qo‘yilmagan xududlarda qurilish ishlarini bajarganda ish tizimini o‘zgartirishga to‘g‘ri keladi. Qurilish maydonidagi injenerlik tayyorgarlik va boshqa ishlarda qiyinchiliklar tug‘iladi va transport ishlariga sarflar ortadi. Ekstremal sharoitlardagi ob’yektlarda qurilish ishlari tuzilgan tashkiliy, texnik va texnologik xujjatlarga jiddiy yondoshish asosida olib borilishi lozim. Ekstremal sharoitlardagi xududlarda va ob’yektlarda qurilish ishlab chiqarish texnologiyasinining tashkiliy, texnik va texnologik masalalarini hal etishda ularni to‘liq tavsiflovchi barcha omillar tabiiy iqlimiy, geofizik, tashkiliy chuqur taxlil etilishi kerak. Bu esa qurilish ishlari tizimini, odamlar va mashinalarning ishlash sharoitini belgilash, tashqi muhit omillarining noxush ta’sirini kamaytirish tadbirlarini ishlab chiqish imkoniyatini yaratadi. Murakkab grunt sharoitidagi ob’yektlarda qurilish ishlarinibajarish. Murakkab grunt sharoiti – bu qurilish maydonida strukturasi o‘zgaruvchan gruntlarning mavjudligi, ayrim sharoitlarda ularning tabiiy strukturasi jiddiy buziladi. Bunday gruntlarga cho‘kuvchan, ko‘pchuvchi, sho‘r, to‘kilgan, o‘ta siqiluvchi gruntlar, hamda yumshatilgan qumlar, cho‘kindi va o‘zgaruvchan gruntlar kiradi. Strukturasi o‘zgaruvchan gruntlardan asos sifatida foydalanilganda, dastavval ularning fizik-mexanik tavsiflarini yaxshilashga, chuqur joylashgan poydevorlarni qurishga, hamda yer osti va chuqurlashtirilgan bino va inshootlarni qurishda alohida usullarni talab etadi. Strukturasi o‘zgaruvchan gruntlarning xususiyatlarini dastavval yaxshilash, bu ularning deformatsiyasini kamaytirish yoki yo‘q qilish, zichligini, mustaxkamligini, suvga chidamligini kuchaytirish (oshirish)ni ko‘zda tutadi. Buning uchun gruntlar zichlanadi yoki mustaxkamlanadi, yangi gruntdan to‘shama barpo etiladi. bundan tashqari bino va inshootlarni qurish jarayonida cho‘kuvchan, ko‘pchuvchi, sho‘r gruntlarning namlanib qolishini oldini olish chora tadbirlari amalga oshiriladi. Bunday ishlarga qurilish maydonini tekislash, suv o‘tkazmaydigan gorizontal va vertikal ekranlarni hosil qilish, o‘z vaqtida kotlovan bo‘shliqlarini sifatli to‘ldirish va otmostka qurish, truboprovodlar yotqizilishi va suv iste’moli nazoratini kuchaytirish. CHuqurlashtirilgan yoki yer osti bino va inshootlarini strukturasi o‘zgaruvchan gruntlarda barpo etishda tavsiyaga muvofiq qurilish montaj ishlarini ancha yengillashtiruvchi “grunt ichidagi devor” yoki “tushiriladigan quduq” usullari qo‘llash zarur. Gruntlarning fizik-mexanik tavsiflarini yaxshilovchi, hamda bino va inshootlarni “gruntdagi ichidagi devor” va “tushiriladigan quduq” usulida barpo etish ishlari ishlab chiqilgan loyiha va texnologik kartalarga muvofiq grunt muzlamagan holatda amalga oshirilishi lozom. Download 280.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling