Rasulov, B. T. Xushnazarov, F. N. Bozorboev, A. T. Ilyasov
Yog‘ingarchilik va havoning namligi
Download 280.99 Kb.
|
A. T. Ilyasov Bino va inshootlarni-hozir.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- Shamol tarzi (rejimi) va chang to‘zon.
Yog‘ingarchilik va havoning namligi. Quruq-issiq iqlim sharoitda uzoq muddat yog‘ingarchilik bo‘lmasligi natijasida gruntning ustki qatlamini qotib qolishi, yorilishi, changlarning paydo bo‘lishiga va ko‘payishiga olib kelib, yog‘ingarchilikning haddan tashqari ko‘p bo‘lishi natijasida gruntning namligi, deformatsiyasi (cho‘kishi, ko‘pchishi) ortadi.
Yog‘ingarchilikning ziyod bo‘lishi qurilish ishlarini ochiq havoda olib borishga to‘sqinlik qilib, nol sikldagi ishlarni bajarishni qiyinlashtiradi. Qor qoplami qurilish maydonini,ish o‘rnini hamda materiallar va konstruksiyalarni qordan tozalash kabi qo‘shimcha ishlarni yuzaga keltiradi. Havo namligining past (quruq) bo‘lishi qurilish materiallari, konstruksiyalaridagi namlikni tez va notekis yo‘qolishiga olib kelib, bu ularda darzlar va tob tashlashlar paydo qiladi. SHu sababdan beton, suvoq, g‘isht terish va bo‘yoq kabi xo‘l ishlarni bajarish murakkablashadi. Havo namligining ortishi natijasida g‘ovak material va konstruksiyalarning teplotexnik xususiyatlari o‘zgaradi, ularda shishish va qayishish holatlari yuz beradi; metallarda zanglash tezlashadi. CHangsimon materiallarni saqlash qiyinlashadi. Havoning yuqori namligida sutkadagi haroratning keskin o‘zgarishi konstruksiya yuzasida va uning ichki qismida kondensat (terlash) hosil bo‘lishiga olib kelib, ularda namlikning ortishi natijasida, ularni quritish sarflari ortadi. Havo namligining sovuq xaroratda ortishi kondensatning muzlashga olib kelib, bu konstruksiyalarda ichki zo‘riqishlar hosil qiladi, bu esa konstruksiyalarning buzilishini tezlashtiradi. Quruq va o‘ta nam havo odamga noxush ta’sir etib – ortiqcha terlash, chanqash va charchash kabi holatlar ro‘y berib, bu odamning ish qobiliyatini 7- 40% ga pasaytirishi mumkin. Shamol tarzi (rejimi) va chang to‘zon. Nam iqlimli xududlarda shamol konstruksiyalarning qurishini tezlashtiradi. Qurg‘oqchil xududlarda shamol gruntning ustki qatlamlarini yemirib, grunt zarrachalarni ko‘chirib chang-to‘zon ko‘taradi. SHamol ta’siridan ko‘tarilgan chang, grunt zarralari, qor qurilish maydonini, konstruksiyalar yuzasini, mashina uzellari, detallarini qoplaydi. Grunt, qor ko‘chkilarini oldini olishga, konstruksiyalar, transport kommunikatsiyasi yuzalarini tozalashga qo‘shimcha sarflar qilishga to‘g‘ri keladi. Kuchli shamollar qurilish mashinalaridan foydalanishni, ochiq havoda ishlarni bajarishni qiyinlashtiradi, konstruksiyalarni qo‘shimcha maxkamlashni talab etadi. Download 280.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling