Magnit maydonining tokli o‘tkazgichga ta’siri. Endi magnit maydonining yopiq tokli konturga ta’sirini o‘rganamiz. Bir jinsli magnit maydoniga joylashtirilgan ACDE tokli ramkaga ta’sir etuvchi kuchni hisoblaymiz. Ramka tomonlari AC=DE=a va CD=EA=b undagi tok kuchi I va ramka shunday yo‘nalganki, AC va DE tomonlari magnit induksiya chiziqlariga perpendikulyardir. Ramkaning magnit moment vektori P magnit maydon induksiyasi vektori bilan burchak hosil qiladi (11.2-rasm)
Ramka tomonlariga ta’sir qilayotgan kuchlarni (20) bilan aniqlaymiz. Ramka tomonlariga ta’sir qilayotgan kuchlarning yo‘nalishini hisobga olsak, uning absolyut kattaliklari mos ravishda quyidagiga teng:
FAC= FDE= IaBsin/2=IaB
FCD= IbBsin(/2-)=IbBcos (21)
FEA =IaBsin(/2+)= IbBcos=FCD
Bularning yo‘nalishi 9-rasmda ko‘rsatilgan
9-rasm
Shuni qayd etamizki, yig‘indi kuch nolga teng, chunki kuchlar kattaligi jihatdan teng va yo‘nalishi jihatdan qarama-qarshidir:
FAC+ FDE+ FDC+ FEA=0
Demak, ramkaning massa markazi qo‘zg‘almas bo‘lib qoladi, agar u dastlab qo‘zg‘almas bo‘lgan bo‘lsa. Endi O1 O2 o‘qqa nisbatan kuch momentini hisoblaymiz. (Ramka tomonlari AC va DE ga parallel o‘tgan o‘qqa nisbatan) MAC, MDE, MCD va MEA larning absolyut qiymatlarini M=Fd formulaga asosan hisoblaymiz, bu yerda F-kuchning tekislikka perpendikulyar bo‘lgan o‘qqa proyeksiyasi, d-uning yelkasi. FCD va FEA kuchlar o‘q bo‘ylab yo‘nalgani uchun uning perpendikulyar proyeksiyalari nolga teng bo‘ladi, MCD= MEA=0 va FAC hamda FDE kuchlar o‘qqa perpendikulyar bo‘lgan tekislikda yotadi. Ular bir xil absolyut kattalikka (21) ega bo‘ladi va yelkalari d= bsin/2 (9b-rasm). Shuning uchun MAC=MDE=IaB bsin/2. Bu momentlar bir xil yo‘nalishda ta’sir qiladi (9-rasm, ikkala moment ramkani soat strelkasiga teskari yo‘nalishda aylantiradi). Yig‘indi momentning absolyut qiymati ular momentlar absolyut qiymatlari yig‘indisiga teng:
M=MAC +MDE=2MAC= IabBbsin (22)
a*b=S bo‘lgani uchun, S -ramka yuzasi, I*S=P ramkaning magnit momenti u vaqtda M=PB sin.
Kuch momentini vektor shaklda yozsak:
Do'stlaringiz bilan baham: |